Reja: Ish haqining mohiyati va uning shakllanishi


Download 35.11 Kb.
bet1/11
Sana20.09.2023
Hajmi35.11 Kb.
#1681801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-Mavzu. Ish haqini tashkil etish va uni isloh qilish

13-Mavzu. Ish haqini tashkil etish va uni isloh qilish


Reja:
1. Ish haqining mohiyati va uning shakllanishi.
2. Tadbirkor uchun ish haqi va ularni rag‘batlantirishni bozor qonunlari asosida tashkil etish mexanizmi.
3. Ish haqini tashkil etish va uni isloh qilishni rejalashtirish.


1.Ish haqining mohiyati va uning shakllanishi.
Ish haqi mehnatkashlarning aksariyat ko‘pchiligi uchun asosiy daromad manbai sifatida istiqbolda ham unumdorlikni oshirishning qudratli rag‘batlantiruvchi kuchi bo‘lib qolaveradi.
Biobarin O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabdragi “O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 798-sonli qonuni bilan tasdiaqlangan O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi 15-bobi mehnatga haq to‘lash to‘g‘risida bo‘lib, mehnatga haq to‘lash va ish haqi to‘g‘risida batafsil yoritib berilgan. Jumladan:
1-§. Mehnatga haq to‘lashning umumiy shartlari
243-modda. Mehnatga haq to‘lash va ish haqi tushunchalari
Mehnatga haq to‘lash ish beruvchi tomonidan xodimga uning mehnati uchun to‘lovlar belgilash va ularni amalga oshirish yuzasidan mehnat shartnomasi taraflari o‘rtasidagi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar va mehnat shartnomasi bilan tartibga solingan munosabatlar tizimidir.
Ish beruvchi tomonidan xodimning malakasiga, bajaradigan ishining murakkabligiga, miqdoriga, sifati va sharoitlariga qarab to‘lanadigan mehnat uchun mukofot summasi, shuningdek kompensatsiya xususiyatiga ega to‘lovlar (kompensatsiya xususiyatiga ega qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar, shu jumladan normal ish sharoitlaridan chetga chiqadigan sharoitlarda ishlaganlik, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun shunday qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar hamda kompensatsiya xususiyatiga ega boshqa to‘lovlar) va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar (rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega qo‘shimcha to‘lovlar hamda ustamalar, mukofotlar va taqdirlovchi to‘lovlar) ish haqidir.
Normal ish sharoitlarida oddiy ishlarni bajarish chog‘ida ish vaqtining normasini to‘liq ishlab bergan xodimning malaka talab etmaydigan mehnati uchun qonunchilikda kafolatlangan, Yagona tarif setkasining birinchi razryadiga muvofiq bo‘lgan oylik ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridir.

Download 35.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling