Reja Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar


Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar


Download 29.82 Kb.
bet20/29
Sana05.01.2022
Hajmi29.82 Kb.
#215838
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
mustaqil ish

1.1. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar.
Ishlab chiqarish jarayoni zagotovkadan yoki chala mahsulotdan tayyor mahsulot olish
uchun bajariladigan barcha jarayonlar (ishlar) yig’indisidan iborat.
Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina asosiy jarayonlar: mashina detallariga mexanik
ishlov berish, ularni yig’ish kirmasdan, balki yordamchi turdagi jarayonlar: detallarni tashish,
nazorat qilish, kesuvchi asboblar va moslamalarni tayyorlash kabi jarayonlar ham kiradi.
Texnologik jarayon material yoki zagotovkadan tayyor mahsulot olish maqsadida
ularning shaklini, o’lchamlarini va xususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma-ket
o’zgartirishdan iborat.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir.
Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi davrlardan iborat bo’ladi:
1) zagotovka tayyorlash – quyish, bolg’alash, shtamplash yoki
prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish;
2) mashina detallarini yakuniy shakl va o’lchamlarga keltirish uchun
metall kesish dastgohlarida ishlov berish;
3) yig’ma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlarni hosil qilish;
4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig’ish;
5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash;
6) mashina yoki mahsulotni bo’yash va ularni konservatsiya qilish.
Ishlab chiqarishda bajariladigan texnologik jarayonlarning barcha operatsiyalarida texnik
nazorat o’tkaziladi. Texnik nazorat o’tkazishdan maqsad mahsulotni talab qilingan texnik
shartlarga javob bera olishini tekshirishdan iborat.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni kam material va mehnat resurslarini sarflagan
holda talab etilgan texnik shartlar asosida tayyor mahsulot yaratishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Texnologik jarayonlar GOST 1.109-73 asosida loyihali, ishchi, donaviy, namunaviy,
standart, vaqtli, taraqqiy xarakterdagi (kelgusida qo’llaniluvchi), marshrutli, operatsiya uchun va
marshrutli-operatsiyali bo’lishi mumkin.

Download 29.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling