Reja: Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari


Download 202.5 Kb.
bet1/4
Sana08.05.2023
Hajmi202.5 Kb.
#1446200
  1   2   3   4
Bog'liq
Optimal ishlab chiqarish hajmlarinin aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash


www.arxiv.uz

Optimal ishlab chiqarish hajmlarinin aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash


Reja:

1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari
2. Korxona daromadlari va foydasi
3. Daromadlarning o`sishida mehnat unumdorligining roli

Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari
Har qanday iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, xususan, tovar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko`rsatish muayyan iqtisodiy resurslar (asbob-uskuna, xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, ishchi kuchi va hokazo) sotib olishni taqozo etadi. Agar firma yangi tashkil etilayotgan bo`lsa, u yer ham sotib oladi yoki uni ijaraga oladi. Bunga ham firma muayyan sarf-xarajatlar qiladi. Agar firma o`zining pul mablag`lari kam bo`lgani uchun bankdan ssuda (qarz) olgan bo`lsa, uning uchun foizlar to`laydi. Bundan tashqari u o`z faoliyatini tashkil qilish uchun elektr energiyasi sotib oladi, transport, aloqa xizmatlari uchun pul to`laydi. Sug`urta uchun to`lovlar, reklama xarajatlari, amortizatsiya xarajatlari, turli xil soliqlar va hokazolar uchun ham firma muayyan sarf-xarajatlar qiladi.
Ko`rinib turibdiki, xo`jalikni yuritish va buning natijasida muayyan foyda olish o`z-o`zidan bo`lmaydi, balki talaygina sarf-xarajatlar evaziga amalga oshadi. Ana shunday sarf-xarajatlarni, ya`ni ishlab chiqarish jarayonida sarflanadigan xarajatlarni ishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalik yurituvchi har qanday sub`yektning asosiy maqsadi foyda olishdir. Biroq bu maqsadga erishish, birinchidan, iqtisodiy resurslar sotib olishga sarflangan xarajatlar bilan belgilansa, ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotga bo`lgan talab bilan chegaralanadi. Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foyda miqdorini belgilab beruvchi omil bo`lib qolmay, taklif hajmiga ham bevosita ta`sir etadi. Shuning uchun bu xarajatlarni rejalashtirish, hisobga olish va doimo tahlil qilib borish firma (korxona)ni oqilona boshqarish va uning moliya-xo`jalik faoliyati samaradorligini oshirishning muhim omili bo`lib xizmat qiladi.
Har qanday ishlab chiqarish firma (korxona)si oldida turadigan muhim vazifa, bu – umuman ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish emas, balki mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishdan iboratdir.
Firmaning bir oyda (yoki yilda) oladigan foydasini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
F q D – X
Bu erda: D - daromadlar;
X - xarajatlar.
Agar firma ma`lum vaqt ichida 10 mln. so`mlik sarf-xarajatlar qilgan holda ishlab chiqargan mahsulotini 12 mln. so`mga sotgan, ya`ni shuncha daromad olgan bo`lsa, uning olgan foydasi 2 mln. so`mni tashkil etadi. Muayyan tadbirlarni amalga oshirib, mahsulot birligiga sarflanayotgan xarajatlarni 1 mln. so`mga kamaytirsa, uning oladigan foydasi endi 2 mln. (ya`ni 12-10) emas, balki 3 mln. (ya`ni 12-9) so`mni tashkil etadi. Endi shu misolimizni boshqacharoq qilib ko`ramiz. Firma o`sha tadbirlar natijasi o`laroq 10 mln. so`mlik sarf-xarajatlar qilib, 12 mln. so`mlik emas, balki 13 mln. so`mlik mahsulot ishlab chiqardi va sotdi deylik. Bu holda uning foydasi 3 mln. so`mni tashkil etadi.
Ko`rinib turibdiki, mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish ikki yo`l bilan hal etilishi mumkin:
-muayyan miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish;
-muayyan miqdordagi sarf-xarajatlar bilan ko`proq mahsulot ishlab chiqarish.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo`ladigan xarajatlarni bevosita va bilvosita turlarga ajratish m umkin.
Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar bo`lib, ular shu mahsulot tannarxiga to`g`ridan-to`g`ri kiritiladi. Xomashyo va asosiy materiallar, yoqilg`i, elektr energiyasi, boshqa korxonalardan sotib olinadigan yarim fabrikatlar, ishchilarning ish haqi va shunga o`xshash xarajatlar bevosita xarajatlarni tashkil etadi.
Bilvosita xarajatlar deb ishlab chiqarishni tayyorlash va o`zlashtirish, dastgohlarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, tsex, umumkorxona va ishlab chiqarishdan tashqaridagi xarajatlarga aytiladi.
Ishlab chiqarishni tayyorlash va o`zlashtirish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
-yangi ishga tushirilgan korxonalarni o`zlashtirish va foydasini ta`minlash bilan bog`liq xarajatlar;
-yangi turdagi mahsulot, ilg`or texnologik jarayonlarni tayyorlash va o`zlashtirish uchun sarflangan xarajatlar;
-yangi, unumli texnikani yaratganligi uchun mukofot fondi ajratmalari va boshqalar.
Dastgohlarni saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlariga dastgohlarni joriy sozlash, tsex transporti, ish joylarining amortizatsiyasi, tsex instrumentlarini tiklash va moslash bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar kiradi.
Sex xarajatlari deyilganda, tsexni boshqaruvchi xodimlarning ish haqi fondi va ijtimoiy muhofaza uchun ajratmalar, uni isitish, yoritish, suv va kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta`minlash, ilmiy tadqiqotlar o`tkazish va hokazolar bilan bog`liq xarajatlar tushuniladi.
Umumkorxona xarajatlari korxonani boshqarish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar yig`indisidan iborat bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
-boshqarish xarajatlari;
-umumxo`jalik xarajatlari;
-to`lov va ajratmalar.
Boshqarish xarajatlari quyidagilardan iboratdir:
-zavod boshqarmasi, bo`limlar xodimlarining tasdiqlangan shtat ro`yxatiga muvofiq mansab maoshlarining yig`indisi;
-xodimlarning xizmat safari xarajatlari;
-soqchi xodimlarning ish haqi, ularga beriladigan maxsus kiyimlar, o`t o`chiruvchi mashinalarga sarf qilinadigan yoqilg`i qiymati, mashinalarni sozlash uchun zarur materiallar va boshqa xarajatlar;
-zavod boshqarmasi binosi, umumkorxona yo`llari, omborlari, tibbiyot punktiga ajratilgan xona, oshxona, bufet va klublarning amortizatsiya ajratmalari va ularni joriy sozlash, yoritish, isitish va suv bilan ta`minlash xarajatlari;
-kadrlar tayyorlash, oliy va o`rta maxsus maktablaridan kelgan talabalar bilan o`tkaziladigan ishlab chiqarish amaliyotlariga sarflanadigan xarajatlar.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog`liq bo`lgan xarajatlar mahsulot miqdoriga qarab to`g`ri mutanosiblikda o`zgarib (ko`payib yoki ozayib) turadi. Shuning uchun ularni o`zgaruvchan xarajatlar deb yuritiladi.
Bilvosita xarajatlar firma (korxona)da ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga qarab o`zgarmaslik xususiyatiga ega. Shuning uchun ularni doimiy yoki o`zgarmas xarajatlar deb aytiladi.
Shuni ham aytib o`tish kerakki, bir qancha xarajatlar ishlab chiqarishda to`g`ridan-to`g`ri qatnashmaydi. Shuning uchun ularni “ishlab chiqarishdan tashqaridagi” xarajatlar deb ataladi. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
-mahsulotni o`rash bilan bog`liq xarajatlar;
-mahsulotni jo`natiladigan joylarga tashib borish, vagonlarga yuklash xarajatlari.
Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy ravishda kamaytira borish firma (korxona) rahbarlari, menejeri va muhandis-texnik xodimlaridan birinchi navbatda tejamkorlik bilan ish yuritishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda fan-texnika yutuqlaridan oqilona foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xomashyo materiallaridan, yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, yangi texnologik jarayonlarning yaratilishi va ularning joriy etilishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va firma (korxona) moliya-xo`jalik faoliyati samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi

Download 202.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling