Reja: Ishqalanish
Download 49.03 Kb.
|
Ishqalanish kuchi. Dumalab ishqalanish, sirpanib ishqalanis
Dumalash ishqalanishi.
Agar bir jism ikkinchi jism ustida sirpanmasdan dumalasa,bunda hosil bo’lgan ishqalanish dumalash ishqalanishi deyiladi. Masalan,velosiped yoki avtomobil g’ildiraklari g’ildiraganda , bochka yoki g’o’lalar dumalatilganda dumalash ishqalanishi namoyon bo’ladi. Dumalash ishqalanishi hosil bo’lishining asosiy sababi g’ildirak tegib turgan sirtda og’irlik kuchining ta’sirida hosil bo’lgan deformatsiyasidir.Dumalash natijasida g’ildirakda va u g’ildirayotgan sirtda chuqurlik paydo bo’ladi.Chuqurlik g’ildirakning aynishiga to’sqinlik qiladi.G’ildirak sirti va u dumalayotgan sirt qanchalik qattiq bo’lsa , g’ildirak dumalayotganda shuncha kam deformatsiyalanadi va dumalash ishqalanish kuchi Fi(d) shuncha kichik bo’ladi. Dumalash ishqalanishi kuchini o’lchash mumkin.G’o’lachalar ustiga qo’yilgan taxtacha dinamometr bilan tortiladi.Bunda dumalash ishqalanishi kuchi Fi(d) ning qiymati dinamometr ko’rsatgan F kuchning qiymatiga teng bo’ladi. Dumalash ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchidan ko’p marta kichik bo’ladi.Shuning uchun ham qadimdan odamalr og’ir yuklarni bir joydan boshqa joyga ko’chirishda g’o’lalardan foydalanganlar. Tajribalar shuni ko’rsatadiki,dumalash ishqalanish kuchi Fi(d) jismga ta’sir etuvchi reaksiya kuchi N ga to’g’ri proportsional,dumalayotgan jism radiusi R ga teskari proportsional bo’ladi ,ya’ni: Fi(d)= µd F/R. Bunda µd – dumalanish ishqalanish koeffitsienti.Uning qiymati bir-biriga ishqalanuvchi jismlarning materialiga,sirtlarining silliqligiga bog’liq. µd ning taqribiy qiymati po’lat uchun 0,2 mm ga, avtomobil g’ildiragi rezinasi bilan asvalt uchun 2 mm ga teng. Download 49.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling