Reja: Islom dinining paydo bo‘lishi va ma’naviy hayotning yangilanishi


Download 61.38 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi61.38 Kb.
#1573199
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-mavzu

Sunniylik-bu islomda izchil, sobitqadam yo‘nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda ko‘pchilik qismi-92,5 foizi sunniylikka e’tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizini shialar, ibodiylar va xorijiylar tashkil qiladilar. Sunna arabcha odat, an’ana, xatti-harakat tarzi degan ma’nolarni bildiradi. Sunniylik degan so‘z arabcha «Sunna»-«muqaddas rivoyat», ya’ni Muhammad to‘g‘risidagi rivoyatlar va uning hadislari to‘plami degan tushunchadan olingan. Yana Sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo‘lgan ko‘rsatmalar, amallaridir.
Sunniylar ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifalarning oliy hokimiyatga bo‘lgan huquqini tan olganlar. Sunniylikda Sunna Qur’ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar to‘plami deb qaraladi. U VII asr o‘rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalikdagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidagi kurash o‘z ifodasini topgan. Uni to‘plash, sharhlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom at-Termiziy asosiy rol o‘ynaganlar.
Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, Yaman, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bo‘yi, Sibir, O‘rol, Kichik Osiyo, Misr va Shimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning muqaddas shaharlari Makka va Madinadir. Unda to‘rtta shariat maktabi-hanafiylar, molikiylar, shofi’iylar, hanbaliylar mazhablari bor.

  1. Hanafiya (Imomi A’zam) mazhabi. Bunga Abu Hanifa taxallusi Imomi A’zam-buyuk imom-(699-767) asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri bo‘lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini (manbalar asosida chiqarish mumkin bo‘lgan xulosa yoki hukmlardan musulmonlar jamoasi uchun maqbulrog‘ini qabul qilib) ishlab chiqqan, mahalliy xalq huquq-qoidalarini-odatni shariat bilan keltirib qo‘llanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan.

Istihson (arab.-yaxshilash, ma’qullash) shariatning chalkash, murakkab masalalariga qiyosini qo‘llanishning yo‘li bilan musulmon jamoasi yoki davlati uchun mumkin qadar yaxshiroq, foydaliroq, ma’qulrog‘ini qo‘llash tarzi hisoblanadi. Bu ikki yoki undan ortiqroq imkoniyati mavjud bo‘lgan mantiqiy xulosalardan foydalirog‘i, ma’qullarini ajratib olishdir.
Hanafiylar mahalliy zodagon va hukmdorlar qabul qilgan nizom va qonunlar, mahalliy urf-odatlarga tayangan odatiy an’analar hamda mahalliy elatlarning urf-odati asosida kelib chiqqan odat maqomiga keng tayanishlari islomning ko‘chmanchilari orasida ham tez tarqalishga olib kelgan. Chunki bular o‘zlarining ibtidoiy urf-odatlarini hisobga olgan islomni, xususan hanafiya mazhabini o‘zlariga ma’qul topganlar. Abu Hanafiya fiqhning asoschisi va ulug‘sifat ilohiyot mutaxassisi bo‘lgan. «Agar diniy e’tiqod Zuhrogacha yiroqlashib ketsa ham, uni imom Abu Hanifa yerga qaytarib keladi»2, deyishardi. Uning «Al-Fiqh al-Akbar» asari boshqa mazhab muxlislari orasida ham mashhur bo‘lgan. Olimning yozishicha, u huquqiy masalalalrga oid 500 mingdan ortiq misollar yaratgan va diniy ibodat hamda huquq masalalariga oid 64 fatvo nashr etgan. Abu Hanifa zo‘r taqvodor kishi bo‘lib, zohidlikda yashagan. U haqda maxsus rivoyatlar yaratilgan.
Mujtahid imom Shofi’iy aytganidek, agar Imom A’zam biror narsani oltin deb atashni xohlasa, uni isbot etish uchun uning mahorati ham, iste’dodi ham yetardi. Umuman hanafiya boshqa shariat mazhablariga qaraganda xristian va yahudiylarga nisbatan mo‘tadillik nuqtai nazarida turgan.
Hanafiya mazhabi qonunlari Abu Yusuf Yoqub (vaf. 795), ash-Shayboniy (vaf. 804), Qodiriy (vaf. 1036) asarlarida ham ishlab chiqilgan. Hamyurtimiz Marg‘inoniy ar-Rishton (vaf. 1157)ning fiqhga oid asarlaridan eng mashhuri «Hidoya fi-l-furur-Shariat sohalari bo‘yicha qo‘llanma» hanafiya mazhablari tomonidan qonunlar majmuasi (kodeks) sifatida foydalanilgan. Marg‘inoniyning «Hidoya»si fors, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan bo‘lib, hozir ham Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Turkiya va b.) hanafiya mazhabi shariat sohasidagi asosiy qo‘llanma hisoblanadi.
Hanafiya mazhabi sunniylik yo‘nalishiga mansub bo‘lgan musulmonlarning 47 foizini o‘z ichiga oladi. Hozir ham respublika tuprog‘idagi sunniylarning oila, nikoh, taloq va boshqa masalalarida shu mazhabga tayanadilar.

Download 61.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling