Reja: Islomdan oldin Arabistonda ijtimoiy-siyosiy holat
Download 42.14 Kb.
|
Dinshunoslik
Darhaqiqat, an’analar, urf-odatlar marosim va bayramlar xalqning, millatning ma’naviyati, qadriyatlarining ajralmas qismidir.
Musulmonlarning diniy marosimlari. Diniy marosim deganda fuqarolarning diniy ta’limotlaridan, ularning qonun-qoidalari va aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari tushuniladi. Diniy marosim har qaysi din vakillarining o‘z diniy ta’limotlari asosidan kelib chiqqan. Aqiqa marosimi. Chaqaloq uyiga kelgandan keyin ma’lum muddat o‘tgach har bir oilada aqiqa marosimi o‘tkaziladi. Bu marosim Payg‘ambarimiz(s.a.v.) davrlaridan beri o‘tkazilib kelinadi. Bu sunnat marosimlardan biri hisoblanadi. “Aqiqa - har bir chaqaloqning ona qornidalik vaqtida chiqqan sochi bo‘lib, u chaqaloq tug‘ilganiga bir hafta bo‘lgan kuni olib tashlanadi. Shu munosabat bilan qurbonlik qilinadigan jonliq ham “aqiqa” deb ataladi”.1 Aqiqa - arab tilidan tarjima qilinganda, “chaqaloq sochini olish, qurbonlik so‘yish” ma’nolarini bildiradi. Musulmon oilalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ism qo‘yish va “qorin sochi” (bolaning tug‘ilgan sochi)ga qaychi urish bilan bog‘liq odat. Johiliyat davridagi turli ma’bud va ma’budalarga atab qilinadigan qurbonliklar o‘rniga musulmon oilasida farzand tug‘ilganligining shukronasi sifatida bir qo‘y so‘yib aqiqa marosimini o‘tkazish joriy qilingan. Islom an’anasida aqiqani chaqaloq tug‘ilgan kunining 7 yoki 14, yoki 21 kunlari o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu kunlarda aqiqa o‘tkazilmay qolinsa, so‘ng qaysi kunda, qachon amalga oshirilsa ham vazifa bajarilgan hisoblanadi.2 Bu marosim xonadonda yangi chaqaloq dunyoga kelishi munosabati bilan ona va bolaning sog‘-salomat qolganiga shukrona uchun, chaqaloqning turli ofat-balolardan omonda bo‘lishi uchun va o‘g‘il bolani xatna qildirib qo‘yish uchun qilinadigan ehsondir. Bu marosimda qorin sochiga qaychi tekkiziladi, bolaning qulog‘iga azon aytiladi, tanglayi yaxshi niyat qilib, biror-bir shirinlik bilan ko‘tarish udumi bajariladi, ism qo‘yiladi va xatna qilinadi. Ammo, bolaga ism qo‘yish, azon aytish va tanglay ko‘tarish amallari ilgariroq bajariladi. Shundan ham ko‘rinib turibdiki, bu marosimni ixtiyoriy muddatda o‘tkazilishi urfga aylangan va bunga diniy jihatdan ham hech qanday mone’lik yo‘qdir. Sunnat to‘yi yoki Xatna to‘yi. Bu marosim Islom dini paydo bo‘lmasidan oldin Axuramazda-Avesto davrida Eron va Turonda, keyinchalik esa yahudiylar dini yahudiylikda ham mavjud edi. Qadimgi yahudiylar o‘z xudolarining ko‘rsatmasiga binoan, o‘g‘il bola tug‘ilgan kundan boshalb 12 kunigacha “qo‘li halollangan”. O‘rta Osiyo mintaqasida bu udum islomdan avval ham bo‘lgan bo‘lsada, islom dini kirib kelishi bilan bu yanada mustahkamlandi. Musulmonchilikning bosh omillariga aylandi. Nikoh to‘yi. Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning ham bu haqdagi hadisi shariflarida shunday deyiladi: “Nikoh bilan turmush qurib ko‘payinglar. Zero, men qiyomat kuni boshqa ummatlarim oldida sizlarning ko‘pligingiz bilan faxrlanaman”.3 Ko‘rinib turibdiki, nikoh qurish ham farz, ham sunnat bo‘lgan amallardan hisoblanadi. Lekin nikohdan avval bir qancha marosimlar ham mavjuddir: sovchilik, qiz va kuyov tanlash, sinov udumlari, unashish, fotiha berish, qiz bazmi, nikohdan o‘tish, to‘y marosimi, kelin salom, yuz ochdi, kelin ko‘rdi, kelin charlar, kuyov chaqiriq va yana bir qancha marosilardan iborat. Ta’ziya. Ma’lumki, har bir musulmonning ikkinchi musulmon birodariga nisbatan ma’lum haq-huquqlari borligi haqida hadisi sharifda shunday deyiladi: “Har bir musulmonning zimmasida ikkinchi musulmon birodariga nisbatan oltita burchi bordir: uchrashganda salom berish, mehmonga chaqirsa borish, maslahat so‘rasa yaxshi maslahat berish, aksirib hamd aytsa unga duo bilan javob qaytarish, betob bo‘lib qolsa ko‘rgani borish va vafot etsa janoza va dafnida qatnashish”. Demak, shu huquqlardan biri tanishlaridan biri vafot etsa, uning janozasida qatnashishidir. So‘ngra mayitning qarindoshlariga ta’ziya bildirib, Allohning hukmiga rozi bo‘lish, musibatga sabr qilishlari haqida nasihatlar aytish va marhumning haqqiga rahmat va mag‘firat so‘rab duo qilishdir. Diniy bayramlarning kelib chiqishi tarixi . Dunyodagi barcha dinlar o‘ziga xos marosim va bayramlarga ega. Har bir dinning keng tarmoq otib, rivojlanib borishida marosim va bayramlarning ahamiyati beqiyos. Shu o‘rinda diniy marosim va bayramlar ham insoniyat hayotida alohida o‘rin egallaydi. “Avesto”, “Bibliya” kabi diniy manbalarda hamda Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarda diniy marosim va bayramlar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berilgan. Ma’lumki, islomda asosan ikkita rasmiy diniy bayram Ro‘za hayiti (arabcha nomi “iyd al-fitr”, “iyd as-sag‘ir”) hijriy Shavval oyining 1—3-kunlarida va Qurbon hayiti (arabcha nomi — “iyd al-adho”, “iyd al kabir”) uch kun — Zu-l-hijja oyining 10—13-kunlarida musulmon dunyosida keng nishonlanib kelinmoqda. “Hayit” — arabcha “iyd, ya’ni bayram demakdir. Ramazon—hijriy yil hisobining 9-chi oyi bo‘lib, islom aqidalari bo‘yicha bu oyda Alloh Muhammad(s.a.v.)ga Qur’onni vahy qilgan ekan. Shuning uchun ham islom dunyosida Ramazon muqaddas hisoblanib, bu oyda musulmonlar ro‘za tutishadi. Bu borada Qur’oni karimning “Baqara” surasidagi 183—185 oyatlarida bunday deyilgan: “Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilinadi, shoyad taqvoli bo‘lsangiz... Sizlardan kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, sanog‘i boshqa kunlardandir. Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir. Kimki ixtiyoriy ravishda ziyoda xayr qilsa (lozim bo‘zgandan ortiq fidya bersa) o‘ziga yaxshi. Download 42.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling