Reja: Islomdan oldin Arabistonda ijtimoiy-siyosiy holat
Download 42.14 Kb.
|
Dinshunoslik
Ramazon oyi –odamlar uchun hidoyat (manbai) va to‘g‘ri yo‘l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur’on nozil qilingan oydir”4.
Qurbon hayiti Zulhijja oyining 10-kunida boshlanadi. Bu bayramning ro‘za hayitihayitidan 70 kun o‘tgandan keyin nishonlanishi Muhammad payg‘ambar tomonidan belgilangan. Mazkur hayitda ham Ro‘za hayitidagidek musulmonlar jome’ masjidida quyosh chiqqandan taxminan 15 minut o‘tgach, 2 rakat nomoz o‘qishi kerak. Islomda “Qurbon” so‘zi biror jonliq so‘yib, uni Alloxning yo‘liga bag‘ishlash ma’nosini bildiradi. Payg‘ambarimiz Ibroxim (a.s.) Alloxning sinovi bilan o‘z o‘g‘illari Ismoilni xudo yo‘liga qurbonlik qilishga kirishgan paytida tangri taolo bir qo‘chqor yuborib, uni o‘g‘li o‘rniga qurbonlik qilishga buyurgan. Shu bois hajga borganlar va boy-badavlat musulmonlar zimmasiga Qurbon hayiti kunlari jonliq so‘yib qurbonlik qilishlari lozimligi belgilangan. Qurbonlik go‘shtidan taom tayyorlagan kishi o‘zi, oila a’zolari va qarindosh-urug‘lari bilan yeyishi, so‘ng uni qo‘shnilariga ham berishi lozimdir. Milliy va diniy an’analarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligi. Diniy va milliy an’analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi va sayqallanadi. Davr talabiga javob bergan an’analar unutilmaydi, avlodlarga meros bo‘lib qoladi, xalq hayotining tarkibiy qismiga aylanadi. Har bir el, millat yoki xalq o‘z an’analarini rivojlantiradi, asrab-avaylaydi. An’analarda xalq dahosi, turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi aks etadi. Unda milliy ong va milliy qiyofa gavdalanadi. An’analarni mensimaslik, ular mansub xalq yoki millatni hurmat qilmaslikdir. An’analar yoshlarni tarbiyalash, ularga keksa avlodning tajribalarini o‘zlashtirish vositasi hamdir. Diniy va milliy an’analarni ijtimoiy hayotning quyidagi ma’naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin: a) diniy va milliy an’analarning avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishi; b) milliy an’analar umuminsoniy an’analarning tarkibiy qismi; v) diniy va milliy an’analar millatni birlashtirish, hamjihatligini ta’minlash vositasi; g) urf-odat va an’analarga ehtirom ko‘rsatish. O‘zbekiston Respublikasida diniy marosim va bayramlarni erkin nishonlash uchun barcha shart-sharoitlar qonuniy asosda yaratildi. Diniy marosimda qatnashish fuqarolarning xususiy ishidir va hech qanday huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. Diniy marosim ibodatxonalarda, diniy tashkilot muassasalarida, ziyoratgohlarda, qabristonlarda, fuqarolarning xonadonlari va uylarida o‘tkaziladi. Maxsus binolardan tashqarida diniy marosim yoki ommaviy ibodatlar o‘tkaziladigan holatlarda bu hakda mahalliy hokimiyat ogoxlantirib qo‘yilishi va bunday tadbirlar qat’iy tartibga rioya qilingan holda tashkil etilishi lozim. Milliy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas hodisa emas. Millat taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o‘zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Har bir qadriyat ma’lum konkret davr, sharoit va ehtiyojlarning mahsuligina emas, balki uning ko‘zgusi hamdir. Shu nuqtai nazardan qadriyatlarga baho berishdan oldin ulardan foydalanishda ikki omilga alohida e’tibor berish kerak. Ularning birinchisi - qaysi bir qadriyatlarning yuzaga kelishidagi aniq tarixiy sharoitlar, ikkinchisi o‘sha davrlarga xos bo‘lgan imkoniyat va ehtiyojlarni hisobga olish, shuningdek, umumbashariy demokratik qadriyatlarning qanday zamin asosida vujudga kelganiligini, ular o‘rtasidagi uyg‘unlikni, vorisiylik masalalarini ham o‘rganish zarur. Qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan, hozirgi kunda va kelajakda ham ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir etadigan kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Qachonki milliy va diniy an’analar umuminsoniy demokratik qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirilsa, shundagina jamiyat taraqqiyotining rivojlanishida uning o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Jamiyat odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay turib, o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Madaniy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimiz ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, o‘zbek xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Download 42.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling