Reja: Islomning paydo bo‘lishi va keng yoyilishi Islom ta’limoti asoslari. Kalom ilmi. Moturidiylik va ash’ariylik. Islomda imon masalasi. Tayanch
Download 388.94 Kb.
|
7-mavzu (1)
«Ular: «Holimizga voy! Kim bizlarni uxlayotgan joyimizdan uyg‘otdi?»
– deganlarida, (ularga aytilur): «Mana shu Rahmon va’da qilgan va payg‘ambarlar so‘zlagan rost narsa (qiyomat)dir» (Yasin, 52). Qiyomat tik turish ma’nosini bildiradi. O‘sha kunda hamma qabridan tik turib tirilishiga shu nom berilgan. Qiyomat – hisob kuni, oxirat kuni, mahshar kuni kabi bir qancha nomlar bilan ham yuritiladi. Qiyomat masalasi qachon bo‘lishi masalasi qadimdan dolzarb masala bo‘lib kelgan. Islom ta’limoti bo‘yicha uning qachon bo‘lishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Hatto payg‘ambar va farishtalar ham. Faqat uning alomlatlari bildirilgan. Islom ta’limotiga ko‘ra qiyomatda insonlar savol-javobdan o‘tadigan joy – mahsharga yig‘iladilar. Mahsharda savol-javobdan keyin insonlarga do‘zax ustidagi sirot nomli ko‘prikdan o‘tishlari aytiladi. Qiyomatdan o‘tgan inson jannat (bog‘, bo‘ston) yoki do‘zaxdagi joyiga boradi. Alloh jannatni ham, do‘zaxni ham yaratib qo‘ygan. Ular inson etib boradigan so‘ngi manzil hisoblanadi. Diniy aqida bo‘yicha, jannat imon keltirgan, taqvodor, yaxshi insonlar uchun tayyorlab qo‘yilgan. Ular u erda rohat va farog‘atda yashaydilar. Qiyinchilik, kasal, qarilik va o‘lim yo‘q. Istagan narslari muhayyo bo‘ladi. Bularning barchasi bu dunyoda qilib o‘tgan amallari tufayli beriladi. U erdagi narsalar tugamaydi, insonlarga man qilib qo‘yilmaydi. Jannatdagi eng oliy ne’mat, bu Allohning diydorini ko‘rishlik hisoblanadi. Do‘zax esa, jannatning aksi kofir, munofiq va gunohkor – diniy talablarni bajarmaganlar uchun tayyorlab qo‘yilgan va ularga turli azob- uqubat beriladigan jazolash joyi. U erda azob uchun olov, qaynab turgan buloq bo‘ladi. Eydigan va ichadigan narsalari ham ularni azoblash uchun bo‘ladi. Do‘zax ham abadiy qoluvchi hisoblanadi. Ulardagi azoblar engillatilmas va vaqtinchalik bo‘lmaydi. U bir necha tabaqa chuqurlikdan iborat, gunohlari darajasiga qarab jazolanadilar. Jannatdagi rohatlar va do‘zaxdagi uqubatlar ham jasad va ham ruh uchun bo‘ladi. Qiyomat, jannat va do‘zaxning vasfi haqida Qur’onning ko‘p oyatlarida ma’lumotlar berilgan. Download 388.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling