Reja: Islomning paydo bo‘lishi va keng yoyilishi Islom ta’limoti asoslari. Kalom ilmi. Moturidiylik va ash’ariylik. Islomda imon masalasi. Tayanch


Download 388.94 Kb.
bet7/10
Sana23.01.2023
Hajmi388.94 Kb.
#1111953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu (1)

3. Islomda imon masalasi. Aqida mavzusi to‘rt qismga bo‘linadi: ilohiyot, nubuvvat, kavniyot va sam’iyot.
Ilohiyot iloh va Unga oid masalalar haqida bahs yuritadi. Nubuvvatda vahiy, payg‘ambarlik va ularga tegishli masalalar haqida bahs yuritiladi. Kavniyotda esa, borliqdagi mavjudotlar – inson, farishta, jin va sababiyat qonunlari haqida bahs yuritiladi. Sam’iyot eshitish bilangina sobit bo‘ladigan aqidalar haqida bahs yuritadi. Bular asosan g‘ayb olamiga tegishli masalalar bo‘lgani uchun bu turni «g‘aybiyot» ham deyiladi.
Islom besh asosga qurilgan. Ular: imon, namoz, zakot, ro‘za va haj. Bular islomning sharti – rukni hisoblanadi.
Imon so‘zi ishonmoq, tasdiqlamoq ma’nolarini bildirib, istilohda, kalimai shahodatni aytish, ya’ni «La ilaha illalohu Muhammadun Rasululloh» («Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning rasuli»)ni til bilan aytish va dil bilan tasdiqlashdir. Buni chin dildan aytgan kishi musulmon hisoblanadi.
Hadislarda imonning etti sharti bor ekani qayd etilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. Allohning borligi va birligi, Qur’on va hadislarda bayon qilingan barcha ism va sifatlariga ishonish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytariqlaridan tiyilish.

Tarixda ulamolar Allohning borligi haqida alohida to‘xtalib, dalil keltirmaganlar. Zero u davrlarda Xudoning borligiga barcha ishongan (xudo yo‘q degan tasavvur bo‘lmagan). Ammo zamonamizga kelib Xudoning borligiga ishonmaydiganlar chiqqandan keyin olimlar bu mavzuni ham aqida kitolariga kiritganlar va u aqidaning bosh mavzusiga aylangan. Chunonchi Allohning borligiga imon keltirmagan odamga aqida mavzusini tushuntirishning hojati yo‘q.
Qur’onda «Yoki ular hech narsadan (ya’ni, Yaratuvchisiz) yaralib qolganmilar?! Yoki ular o‘zlari yaratuvchimilar?! Yoki osmonlar va Erni ham ular yaratganmi?! Yo‘q! Ular (baribir) imon keltirmaslar» (Tur, 35- 36), deyilgan va Xudoning borligiga ishonmaydiganlarga dunyo o‘zidan-o‘zi yaralib qolishi mumkin emasligi aytilgan.
Aqida ilmida Allohning yagonaligi masalasi ham alohida ahamiyatga molik sifatida o‘rganiladi. Bu «tavhid» deyiladi. Tavhid lug‘atda biror narsaga birlik va yagonalikni nisbat berishdir. Istilohiy ma’noda Allohga shirk keltirishning turli ko‘rinishlaridan voz kechish, Allohning zotida, sifatida, ishlarida, ismlarida, hukmlarida ham sherigi yo‘q deb, e’tiqod qilishga aytiladi.
Allohning sherigi yo‘qligi borasida Qur’on oyatlari va hadislarda ko‘plab misollar mavjud. Jumladan, «Agar ikkisi (Er va osmon)da Allohdan o‘zga ilohlar bo‘lganida, har ikkisi buzilib ketgan bo‘lur edi. Bas, Arsh egasi bo‘lmish Alloh ular sifatlayotgan (sheriklardan) pokdir» (Anbiyo, 22), «Alloh farzand tutgan emas va U bilan birga biror iloh ham bo‘lgan emasdir. Aks holda, har bir iloh o‘zi yaratgan narsa bilan (kibrga) ketib, bir-biridan ustun bo‘lib olur edi (natijada Eru osmon buzilib ketgan bo‘lur edi). Alloh ular vasf etayotgan narsadan pokdir» (Mu’minun, 91) oyatlarini keltirish mumkin. Bu oyatlarda Allohning sherigi bo‘lganida koinotdagi nizom buzilib ketishi ko‘rsatilmoqda. Alloh o‘zi yaratgan narsalarni o‘zi tadbirini qiladi.
Islom dinida Allohga ishongan kishi uning ismi va sifatlariga ham imon keltirish lozim. Qur’nda «Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o‘sha (ism)lar bilan atangiz!» (A’rof, 180), «Uning go‘zal ismlari bordir» (Hashr, 24) deyilgan. Bu ism va sifatlar orqali Alloh haqida bilimlarga ega bo‘linadi. Barcha ulamolarning fikriga ko‘ra Alloh ismlarini o‘rganishdan maqsad Unga loyiq bo‘lmagan sifatlarni bermaslik. Shuningdek, «Allohning to‘qson to‘qqizta ismi bor» ekani haqidagi hadisni muhaddislar rivoyat qilganlar.
Olimlardan imom Abu Hanifa o‘zining «al-Fiqh al-akbar» asarida Alloh haqida shunday degan: «U o‘zi yaratgan narsalardan birortasiga o‘xshamas.
Unga ham biror narsa o‘xshash emas. O‘zining zotiy va fe’liy sifatlari bilan azaldan bor bo‘lgan va abadiy bor bo‘lur. Zotiy sifatlari – hayot, qudrat, ilm, kalom, eshitish, ko‘rish, iroda. Fe’liy sifatlari – xalq etish, yasash va boshqa shu mazmunga dalolat qiluvchi sifatlar. U o‘zining barcha ism va sifatlari bilan birgalikda doim bo‘lgan va abadiy bo‘lajak. Unga biror ism yoki sifat keyin qo‘shilib qolgan emas».
Boshqa o‘rinda: «Qur’onda O‘zi zikr etganidek, Allohning qo‘li, yuzi, nafsi (O‘zi) bor deb bilamiz. Bular Uning sifatlaridan, lekin qanday, qanaqa deyilmas. Hatto, qo‘li-qudrati yoki ne’mati ham deb ta’rif etilmas. Aks holda uning bir sifatini yo‘qqa chiqarilgan bo‘lur. Bu esa qadariylar va mo‘taziliylar so‘zidir. Biz aytamizki, qo‘li o‘ziga xos, kayfiyatsiz sifatdir. Shuningdek, Uning g‘azabi va rizosi ham o‘ziga xos kayfiyatsiz sifatlaridandir», deyilgan.
Islom ta’limotiga ko‘ra, Allohning ismi va sifatlarini boshqa biror maxluqotga o‘xshatish mumkin emas. Uning holati, kayfiyati, surati haqida bahs qilinmaydi, ya’ni Alloh ko‘radi, eshitadi, biroq biz insonlar va boshqa maxluqotlar kabi emas, balki u haqda bahs qilish bid’at hisoblanadi.
Allohning buyrug‘ini bajarish va qaytariqlaridan qaytish ham imonning bir bo‘lagi. Chunonchi islom ta’limotida Allohning buyruqlarini bajarish insonga oxiratda jannatga tushishiga olib keladi. Aksincha, uning qaytargan narsalaridan qaytmasa do‘zaxda azoblaydi deb bilinadi.

  1. Musulmon odam farishtalarga ham ishonishi lozim. Farishtani arab tilida malak, ko‘pligi maloika deyiladi. Ularga ishonmagan musulmon hisoblanmaydi. Qur’onda, «(Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi» (Baqara, 285) deyilganidan farishtalarga ishonish imonning asoslaridan hisoblanadi.

Farishtalar nurdan yaratilgan, nurning tezligi o‘ta kuchli bo‘lganidan ham farishtalar ko‘zga ko‘rinmaydi. Farishtalarning sonini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi, ular Allohning buyrug‘idan chiqmay doimo uning aytganini bajaradigan xos bandalar hisoblanadi. Ular Allohning barcha maxluqotlaridagi elchilar deyish mumkin. Xudoning xuzuridan ishni olamga olib tushib, o‘shaning tadbirini qiladilar. Ularning jinsi yo‘q. Xohlagan qiyofaga kira oladilar. Oyatda «Biz unga ruhimiz (ya’ni Jabroil)ni yubordik. Bas, u (Maryamga) chin odam bo‘lib ko‘rindi» (Maryam, 17).
Qur’on va sunnatda farishtalar muayyan vazifalari borligi haqida ham ma’lumot berilgan. Masalan, tog‘larga, yomg‘irga, bulutga, quyoshga, oyga, ekinga va hatto ona qornidagi bachadonga vakil qilingan farishtalar sinfi bor. Shu bilan birga insonga vakil qilingan farishtalar odamning ishlarini yozib
boradilar. Oxirat ishlariga ham vakil qilingan farishtalar mavjud: o‘limga, qabrdagi savol-javobga, jannatga, do‘zaxga va hokazo. Masalan,

Download 388.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling