Reja: Issiqlik almashish apparatlari


Issiqlik almashish apparatlarda tо‘g‘ri, qarama-qarshi va ayqash oqimlar


Download 158.5 Kb.
bet3/5
Sana23.03.2023
Hajmi158.5 Kb.
#1289137
1   2   3   4   5
Issiqlik almashish apparatlarda tо‘g‘ri, qarama-qarshi va ayqash oqimlar
Rekuperativ issiqlik almashtirgichlar quvurlar tizimini tashkil etib, bu quvurlar ichida bir issiqlik tashuvchi, tashqarisida esa boshqa issiqlik tashuvchi xarakatlanadi. Agar issiqlik tashuvchilarning oqim yо‘nalishi parallel va bir tomonga bо‘lsa, bunday xarakat turiga tо‘g‘ri oqimli deyiladi (1, a - rasm). Agar issiqlik tashuvchilar parallel, lekin teskari yо‘nalishda oqib о‘tsa, bunday xarakat turi qarama-qarshi oqimli deyiladi (1, b - rasm). Agar issiqlik tashuvchilar perpendikulyar yо‘nalishlarda harakatlansa, bunday harakat turi ayqash oqimli bо‘ladi (1, b-rasm). Oddiy harakat turlaridan tashqari murakkab harakat turlaridan ham foydalaniladi, ya’ni bir vaqtda tо‘g‘ri va qarama-qarshi oqimli (1, g-rasm), kо‘p takrorniy ayqash oqimli (1, d-rasm).

1-rasm. Rekuperativ issiqlik almashtirgichlarda issiqlik tashuvchilarning harakat turlari: A-tо‘g‘ri, B-qarama-qarshi, V-qaynash, G-bir vaqtda tо‘g‘ri va qarama-qarshi,
D-kо‘p takroriy ayqash oqimli.
Issiqlik almashturgichning uzunligi bо‘yicha issiqlik tashuvchilarni temperatura о‘zgarish tavsifi harakat turi va issiqlik tashuvchilarni issiqlik sig‘imlar S1 va S2 nisbatini massali sarfi bilan aniqlanadi. (7) tenglamadan kо‘rinadiki, qaysi issiqlik tashuvchining suv ekvivalenti kichik bо‘lsa, uning temperaturasi t eng kо‘p о‘zgaradi. 2-rasmda ke5ltirilgan grafiklar shuni kо‘rsatadiki, qarama-qarshioqimlarda sovuq issiqlik tashuvchining oxirgi t2k temperaturasi issiq issiqlik tashuvchining oxirgi t1k temperaturasidan katta bо‘lishi mumkin (2, b-rasm), tо‘g‘ri oqimlarda esa t2k har doim t1k dan kichik bо‘ladi (2, a-rasm ). Qarama-qarshi oqimda о‘rtacha temperaturaviy qisuv tо‘g‘ri oqimlikka qaraganda yuqori bо‘ladi (2, b-rasm). Shuning uchun qarama-qarshi oqimli issiqlik almashtirgichlar tо‘g‘ri oqimliklarga nisbatan ancha ixcham bо‘ladi.

2-rasm. Tо‘g‘ri (A) va qarama-qarshi (B) oqimli harakatda issiqlik
tashuvchilarning temperatura о‘zgarishi

Download 158.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling