3.Befarqlik egri chizig’i Befarqlik egri chizig‘i – iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, foydali tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi. Befarqlik egri chizig‘i iste’molchi uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Demak, chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo‘ladi. Iste’mol tovarlarining turli xil assortimenti Turli xil tovarlar to‘plami | | Kiyim turlarining miqdori | A | 20 | 30 | B | 10 | 55 | C | 40 | 20 | D | 30 | 45 | E | 10 | 20 | F | 10 | 45 | Befarqlik egri chizig‘i turli guruhdagi tovarlar va xizmatlarga nisbatan shaxsiy afzal ko‘rish darajasini tasvirlab beradi. Ammo afzal ko‘rishning o‘zi iste’molchi xatti-xarakatini to‘liq tushuntirib bermaydi. Iste’molchining individual tanloviga byudjetning chegaralanganligi ham ta’sir etadi, chunki bu turli tovarlar va xizmatlarning narxiga ko‘ra kishilarning iste’molini cheklab qo‘yadi. Byudjet chegarasi – ma’lum qiymatdagi tovar miqdorini xarid qilish uchun umumiy xarajatlarning daromadga teng bo‘lishini ko‘rsatadi. Byudjet chegarasi iste’molchi uchun qaysi tovarlar guruhi ko‘proq nafliroq ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |