2) tanlangan iste’mol tovarlari to‘plami eng ma’qul ko‘rilgan kombinatsiyada bo‘lishi lozim. 3-chizma
V A
S I3 3 ta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan. I3 – eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – o‘rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – V; I2 da – A; I3 da – S nuqtalar. V nuqta oqilona emas, chunki A nuqta unga nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi; S nuqta eng ko‘p ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi. A nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining byudjet chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi. Demak, naflilik subyektning tovar iste’molidan olgan qoniqishini bildiradi. Iqtisodiy tahlilda naflilik iste’molchi tovarlar va xizmatlar to‘plamiga har xil baho bergan paytda uning afzal ko‘rishini tasvirlashda qo‘llaniladi. Naflilik funktsiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi va afzal ko‘rish xususida befarqlik egri chiziq xaritasi bergan ma’lumotning xuddi o‘zini beradi. Naflilikni mutlaq ko‘rsatkichlarda o‘lchashning ahamiyati bo‘lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko‘rsatib berish mumkin emas. Naflilik funktsiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlardan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi.
5.Iste’molchining huquqlari. Qaysi davlatda bo‘lishidan qat’iy nazar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga vakolatli bo‘lgan organlarning asosiy maqsadlari va vazifalari belgilab qo‘yilgan. ste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida samarali siyosatni amalga oshirish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish milliy tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan davlat boshqaruv organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va jamoat tashkilotlarining rivojlanishiga hamda ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning mavjudligiga chambarchas bog‘liq. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish milliy tizimini yaratish davlatning ichki siyosati hisoblanib, ko‘plab omillar, shu jumladan, huquqiy rivojlanish, ijtimoiy-iqtisodiy holat, urf-odatlar va huquqiy madaniyat darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoda iste’molchilarning huquqlarini himoyalashni ta’minlaydigan turli xil tizimlar mavjud, ular bir-biridan hukumat tarkibidaligi va avtonom sub’yekt ekanligi bilan farqlanadi. te’molchilar huquqlarini himoya qilish organlarining jamoat tuzilmasi sifatida faoliyat yuritishi aholining e’tiborini jalb qilish imkonini beradi, iste’molchilar bilan aloqalarni o‘rnatishni ta’minlaydi. Bunday amaliyot iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish siyosatiga bevosita ta’sir qiladigan sharoitlarni yaratishga imkon yaratadi. Biroq, boshqa tomondan, keng vakolatlarga ega davlat organining rasmiy maqomi, unga yuqori nufuz beradi hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida yagona siyosatni amalga oshiradi. Ta’kidlash joizki, aksariyat rivojlangan va rivojlanib borayotgan davlatlarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida yagona siyosat olib borilishida davlat organlarining o‘rni yuqoridir. Davlat organi va vazirlik o‘rtasidagi farq qarorlarni mustaqil va tezkor qabul qilish hamda jamoatchilik bilan ishlash ob’yektivligi va tezkorligini oshirish nuqtai nazaridan muhim bo‘lishi mumkin. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish muassasalari vazirliklar tarkibida bo‘lgan taqdirda ham, ularning faoliyati asta-sekin mustaqil organ sifatida iste’molchilar e’tiborini tortishi mumkin. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tizimining yana bir modeli mavjudki, unda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining barcha sohalarini qamrab oladi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hukumat organlari energetika, telekommunikatsiya va qishloq xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi tarmoq vazirliklarida muayyan vakolatlarga ega bo‘ladi. Ko‘plab davlatlarning konstitutsiyasida iste’molchi huquqlarini davlat tomonidan himoya qilinishini kafolatlangan. Ya’ni, davlat, o‘z fuqarolarini sifatli va xavfsiz tovarlar, xizmatlar va ish joylari bilan ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi belgilangan. Iste’molchilarning huquqiy madaniyati nisbatan past bo‘lgan davlatlarda iste’molchilar huquqini himoya qilish sohasida sud amaliyoti mavjud yetarli darajada emas, bu esa o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat qilgan fuqarolar sonining oshishiga olib keladi. Shu sababli, dastlabki bosqichda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi jamoat tashkilotlari tizimini rivojlanishi uchun davlatning ishtirok etishi muhim. Keyingi bosqichlarda iste’molchilar huquqiy savodxonligi oshib borgani sari, jamoat tashkilotlari sonining ko‘payishi ham kuzatiladi. Xulosa o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy jixatdan barqaror umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo‘lgan, ma’naviy merosni va diniy qadriyatlarni tiklab, inson huquqlarni ustuvor soha darajasiga ko‘tara olayotgan mamlakatlardandir. Shunday ekan,mamlakatimizda aholi o‘rtasida madaniy va ma’rifiy ishlarni keng yo‘lga qo‘yish orqali Davlat dasturini amalga oshirib O‘zbekiston Respublikasi "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda iste’molchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun jamoatchilikni keng jalb etish, ichki iste’mol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘diruvchi tovarlar sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |