Reja: Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlari


Global miqyosda ishsizlikning avj olishi


Download 101.5 Kb.
bet2/2
Sana27.02.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1234357
1   2
Bog'liq
97-mavzu

Global miqyosda ishsizlikning avj olishi
Koronavirus oqibatida karantin rejimining joriy etilishi dunyo aholisining kundalik yashash tarzini keskin oʻzgartirib yubordi. Jumladan, Oxfarm xalqaro xayriya uyushmasi olib borgan tadqiqotlarda maʼlum boʻlishicha, dunyo boʻylab aholining daromadlari 20 foizga qisqarishi mumkin. Shuningdek, ekspertlar qashshoqlar soni 500 mln. kishiga yetishini taxmin qilishmoqda. Bundan tashqari sanoat hamda xizmat koʻrsatish sohasidagi subyektlarning nomaʼlum muddatga yopilishi ishsizlikning oshib ketishiga sabab boʻldi. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2020-yilning ikkinchi yarmida jahonda 195 mln. kishi ishsiz qolishini prognoz qilgan[2]. Hisobotda inqirozdan kichik va oʻrta korxonalar, qishloq xoʻjaligi xodimlari, qochoqlar va mehnat migrantlari eng koʻp zarar koʻrishi aytib oʻtilgan. AQSH Mehnat vazirligi maʼlumotiga koʻra, aprel oyida inqiroz boshlangandan beri ishsizlar soni 22 millionga yetgan[3]. Ayniqsa aviatransport, turizm, chakana savdo, restoranlar tarmogʻi sohasida yuz minglab ishchilar ishdan boʻshatilgan.
Karantin rejimi tufayli inson huquq va erkinliklarining cheklanishi
Mamlakatlar tomonidan karantin hamda oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish tizimidan foydalanish virusni bartaraf qilishning maqbul yoʻli sifatida baholanmoqda. Bu toʻgʻrisida Oʻzbekiston moliya vaziri Timur Ishmetov: «karantin moliyaviy xarajatlar, daromadlarning yoʻqotilishi nuqtayi nazaridan davlatga, hukumatga qanchalik qimmatga tushmasin, lekin shu yoʻl tutilmasa, oqibatdagi xarajatlar undan bir necha bor kattaroq boʻlishi mumkin» – degan fikrlarni bildirib oʻtgan edi.
Aholi orasida bunday tartibning amal qilishi insonlarning huquqlarini maʼlum darajada cheklashi tabiiy. Davlatlar chegaralarining yopilishi, mamlakat ichkarisida shaharlararo qatnovlarning bekor qilinishi, ayrim davlatlarda komendantlik soatining joriy etilishi kabi holatlar shular jumlasidandir. Bir soʻz bilan aytganda, karantin tufayli hukumatlarning aholiga boʻlgan taʼsiri har qachongidan kuchaygan. Ushbu holat obyektiv zarurat tufayli vujudga kelgan boʻlsada, dunyoning bir qator mamlakatlarida noroziliklar ortib bormoqda. Xususan, AQSHning Michigan shtatida fuqarolar joriy etilgan karantinni qoralab namoyishlar oʻtkazishdi.
Koronavirus pandemiyasi dunyoda muhim oʻzgarishlar olib kelayotganligi bugungi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy hayotda oʻz tasdigʻini topmoqda. Shu munosabat bilan insoniyat shartli ravishda dunyoni pandemiyagacha va undan keyingi dunyoga ajratishga majbur boʻlmoqda. Pandemiyadan keyingi dunyo xususida soʻz borar ekan, avvalo, globallashuv jarayonlarining sekinlashuviga, mamlakatlar oʻrtasida integratsiyaning maʼlum maʼnoda cheklanishiga guvoh boʻlamiz. Bu fikrlar tasdigʻi oʻlaroq, Yevropa Ittifoqi mamlakatlararo aloqalarni cheklamoqda. Shengen hududining vaqtinchalik yopilishi pandemiya toʻfonidan soʻng ushbu Ittifoqning ilgarigidek mustahkam boʻlishini xavf ostiga qoʻyadi.
Pandemiya demokratiyaning yuqori darajada boʻlishi, aholining demokratik erkinliklarga haddan ziyod bogʻlanib qolganligi ijobiy tendensiya emasligini Gʻarb mamlakatlari misolida koʻrsatib berdi. Zero, mazkur mintaqada kasallikning keskin oshib ketganligi AQSH hamda Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari karantin rejimini toʻliq taʼminlay olmayotganligida, davlat organlarining aholini nazorat qilishda maʼlum qiyinchiliklarga duch kelayotganligi oqibatidir.Shu tufayli pandemiya bartaraf etilgach hukumatlar, davlat muassasalarining aholiga boʻlgan taʼsiri yana-da kuchayishi jarayoni kuzatiladi. Bu borada Garvard universiteti professori, xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxassis Stefan Voltning fikriga koʻra, epidemiya davrida xalqni himoya qilish uchun koʻrilgan choralar pandemiyadan keyin ham davom etadi va bu narsa davlatlar mavqeyini mustahkamlaydi.
Pandemiyadan keyin dunyo iqtisodiyoti sezilarli oʻzgarishlarni boshdan kechiradi. Mazkur jarayonning qanday ssenariy ostida kechishi borasida turli qarashlar shakllanmoqda. Binobarin, amerikalik taniqli iqtisodchi Nuriyel Rubini oʻz tadqiqotlari orqali epidemiya yirik iqtisodiy va geosiyosiy inqirozga aylanib ketishini taxmin qilmoqda. Uning fikricha, jahon iqtisodiyotida uzoq davom etuvchi “muzlik davri” boshlanadi, proteksionizm kuchayadi. Yirik yarmarkalar, savdo markazlari yopiladi. Tadbirlarning barchasi onlayn oʻtkaziladi, xaridlar asosan internet orqali amalga oshiriladi.

3. Inqiroz davom etayotgan davrida milliy iqtisodiyotning birinchi galdagi vazifalari bozor ishonchini tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta munosabatlari ta’sir hududini qisqartirish va raqobatchilikni rivojlantirishdan iborat. Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yo‘lidan innovatsion yo‘nalishga o‘tkazish samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va biznes o‘rtasidagi aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilanadi.


Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion sarflarni tejash chora - tadbirlari tavsiya etilgan.
Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan kreditlarini so‘ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom ashyo sig‘imini pasaytirishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni amalga oshirish, mahsulotlar va xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qo‘shimcha qiymat sig‘imini oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‘z – o‘zining bandligini ta’minlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda.
Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz ta’siridan chiqgan inqirozgacha bo‘lgan holatni tiklab barqaror rivojlanish trayektoriyasiga o‘tishiga xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar o‘rtasidagi inqirozdan keyingi rivojlanish ssenariyalari munozarali bo‘lib turibdi.
Ayrim olim va mutaxassislar kelgusida iqtisodiyotlarning rivojlanishi to‘g‘risida lotincha L- shaklida ( L- shape), U- shaklida ( U –shape) yoki V –shaklida (V-shape) bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Ushbu harflarning ko‘rinishi yalpi taklif egri chizig‘ining shaklini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda milliy iqtisodiyotlar va jahon iqtisodiyoti oldingi shakliga kirib rivojlanish bosqichiga o‘tadi deganidir.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning o‘sish sur’ati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga ko‘tariladi. Jahon iqtisodiyoti va rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya) iqtisodiyotlari iqtisodiyotining U – shaklda rivojlanadi, Boshqacha qilib aytganda bu iqtisodiyotlarga tiklanishi va rivojlanishi uchun ko‘proq vaqt (bir va bir yarim yil) talab etiladi.
Respublikamiz uchun koronavirus pandemiyasi ta’siridagi iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplash uchun bizningcha bu yil 5 yoki 6 oy talab etiladi va joriy yilda iqtisodiy o‘sish pasayib 1,2 – 1,4 foiz atrofida bo‘lishi va keyingi yili esa qabul qilingan Inqirozga qarshi chora tadbirlarning mahsuli sifatida o‘sish sur’ati 7,0 atrofida va undan yuqori bo‘ladi.
Vaziyatning keskin o‘zgaruvchan bo‘lishini inobatga olib bugungi kunda kutilayotgan makroiqtisodiy vaziyat bo‘yicha nisbatan aniq prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish murakkab bo‘lib qolmoqda.
Hozir koronavirus kirib borgan hech bir davlatga oson tutib boʻlmaydi. Avvalo, aholining jonini omon saqlab qolish zarur. Bu karantin qoidalarini joriy qilish, degani. Yaʼni koʻplab tashkilotu idoralar, korxonayu muassasalar faoliyatini vaqtincha toʻxtatish taqozo etiladi. Aytaylik, daromadining katta qismi sayyohlik sohasi ulushiga toʻgʻri keladigan mamlakatlar pandemiya oqibatida qanchalik tang vaziyatga tushib qoldi ekan? Yirik-yirik zavodlar ishlab chiqarishni taqa-taq toʻxtatgani hisobiga bundan tadbirkorlar ham, aholi ham, davlat ham qanchalik ziyon koʻrayotganini tasavvur qilishning oʻzi ogʻir. Ikkinchidan, kasallikka chalinganlarni davolash, infeksiya yuqtirganlikda gumon qilinganlarni 3-4 mahal oziq-­ovqat, tibbiy nazorat, alohida izolyatsiyalangan turarjoy bilan taʼminlash katta sarf-xarajatlarni talab ­etadi.
O‘zbekistonning "Bir makon-bir yo‘l" davlatlari bilan hamkorligi ulkan va hali to‘la amalga oshirilmagan salohiyatga ega ekanligini ahamiyatga olish darkor. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan transport, innovatsiya va ta’lim sohalaridagi aniq tashabbuslar O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini yangi darajaga ko‘tara oladi va "Bir makon-bir yo‘l" doirasida barqaror iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga to‘siq bo‘lib turgan eng dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha hamkorlikka yo‘naltiradi. O‘zbekiston “Bir makon-bir yo‘l” loyihasini, transport, savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalaridagi tashabbuslarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Hamkorlik doirasida Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.
"Bir makon-bir yo‘l"ga a’zo mamlakatlar bilan sayyohlik sohasida faol hamkorlik O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlarni ochadi. “Bir makon-bir yo‘l”ning 60 mamlakati eng yirik tashqi turist “yetkazib beruvchilar”dir. Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi sayyohlar tomonidan sarflangan pullarning 20 foizidan ko‘prog‘i Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi. Ular 2017 yilda turizmga 250,6 milliard dollar sarflagan. Ekspertlarning qayd etishicha, 2021 yilga kelib jahondagi Xitoy sayyohlarining soni 200 millionga, ularning xarajatlari 429 milliard dollarga yetadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda nafaqat insoniyat hayotiga, balki ayrim davlatlar va umuman dunyo iqtisodiyotiga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Investorlarning vahima sababli aksiyalarini sotib yuborishi oqibatida dunyo bo‘ylab yetakchi bo‘lgan birjalarda yuzaga kelgan inqirozni ekspertlar oxirgi 10 yillikda kuzatilmagan, deb baholashmoqda.
Mazkur vaziyat oddiy “informatsion panika” emas, balki jahon iqtisodiyotiga jiddiy tahdid ekanini dunyodagi yetakchi moliyaviy institutlar, xalqaro tashkilotlar va ayrim davlatlar amalga oshirayotgan harakatlardan ham kuzatish mumkin.
Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling