Reja: Jahon iqtisodiyotida turli moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqirozlarning yuzaga kelish sabablari


«Qo‘ldan berganga qush to‘ymas» yoki…


Download 37.71 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi37.71 Kb.
#246236
1   2
Bog'liq
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA QISHLOQ AHOLISINING DAROMADLARINI KO‘PAYTIRISHDA ENG TEZ NATIJA BERADIGAN OMILLAR.

«Qo‘ldan berganga qush to‘ymas» yoki…


Kambag‘allikni odamlarga pul tarqatib qisqartirib bo‘lmasligi rost. Bunga tadbirkorlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish orqali erishish mumkin. Iqtisodiy taraqqiyot bir tomondan kambag‘allikni kamaytirsa, ikkinchi tomondan kambag‘allikning ko‘payishi iqtisodiy taraqqiyotni pasaytiradi. Odamlarda sog‘liqni saqlash va ta’limdan foydalanish imkoni cheklansa, ular borgan sari qashshoqlashadi, iqtisodiyotda talab kamayadi. O‘z navbatida, iqtisodiyot o‘zining yuqori malakali xodimlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplay olmaydi. Oqibatda o‘sish pasayadi.

Shunga qaramay, koronavirus pandemiyasi avj olgan 2020 yilda aholining barcha qatlamiga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. Hech kim e’tibordan chetda qolmadi. Masalan, 2020 yil boshida har oyda 552 ming oilaga moddiy yordam berilgan bo‘lsa, iyun oyida bu ko‘rsatkich 774 ming, iyul oyida 876 mingtani tashkil etdi. Yil oxiriga borib esa ijtimoiy nafaqa berilgan oilalar soni 1 million 200 mingtaga yetdi.

O‘tgan yili mamlakatda kambag‘allikni kamaytirish borasida bajarilgan ishlarda “temir daftar”lar muhim o‘rin tutdi. Bu tizim ehtiyojmandlarga faqatgina pul yoki oziq-ovqat bilan yordam berishni nazarda tutmaydi. U, birinchi navbatda, kam ta’minlangan aholi qatlamini ishga joylashtirishga qaratilgan. Qisqacha aytganda, “temir daftar”lar pandemiya davrida xalqimizga ko‘rsatilgan katta dastak bo‘ldi.

Prezidentimiz parlamentga Murojaatnomasida ayni shu masala xususida to‘xtalar ekan, “Nima uchun biz “temir daftar”ni joriy etdik? Bundan maqsad — ehtiyojmand aholini to‘g‘ri aniqlash va shu asosda ular bilan manzilli ishlashni tashkil etish. Birinchi navbatda, kambag‘al aholining asosiy ehtiyojlarini kafolatli ta’minlashimiz lozim. Bu masalada xalqaro ekspertlar bilan chuqur tahlil asosidagi hisob-kitoblar yakuniga yetkazilmoqda”, deya alohida ta’kidlab o‘tdi.



Quvonarli jihati, joriy yilda “temir daftar” tizimi yangi bosqichga ko‘tariladi. Ya’ni “Ijtimoiy reyestr”ga qamrab olingan barcha ehtiyojmand oilalarga 30 dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron shaklda ko‘rsatiladi.

Xulosa o‘rnida aytganda, bugungi kunda O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ko‘zlangan ezgu maqsadlarning ro‘yobi esa nafaqat yurtdoshlarimiz turmush farovonligini yuksaltirishga, balki mamlakatimizning jahondagi rivojlangan davlatlar safiga qo‘shilishiga mustahkam zamin yaratadi.
Download 37.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling