Reja: Jahon iqtisodiyotini rivojlanishida sugʼurtaning oʼrni va ahamiyati
Download 20.34 Kb.
|
68- мавзу
5. Direct Line
Imzolangan shartnomalar: £2.6bn Adres:3 Edridge RoadCroydon CR9 1AG Telefon: 02086863313 Tashkil etilgan yili:1985 Asosiy aksiyadorlari: Wholly owned by Royal Bank of Scotland Group Buyuk Britaniyadagi ofislari soni: mamlakat bo’ylab barcha hududiy bo’linmalarida mavjud. 2.Barchaga ma’lumki, Yevropa rivojlangan mamlakatlarida sug’urta sohasi iqtisodiyotning ajralmas sohalaridan biri hisoblanadi. Sug’urta sohasining iqtisodiyotga ko’rsatidigan ijobiy ta’siri katta salmoqqa ega bo’lib, ushbu soha bo’yichaYevropa mamlakatlarida katta tajriba to’plangan. O’zbekiston Respublikasida sug’urta sohasining shakllanish bosqichini kechirayotganligini hisobga olsak, xorij tajribasini o’rganish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlash mumkin. Yevropa mamlakatlarida Germaniya o’ziga xos rivojlangan sug’urta tizimiga egaligi bilan ajralib turadi. Germaniya sug’urta bozori o’ziga xos rivojlanish bosqichlarini bosib o’tib bugungi kunga kelib dunyo yuqori rivojlangan sug’urta tizimiga ega davlat hisoblanadi. Shuning uchun, sug’urta sohasi keng taraqqiy etgan Germaniyaning tajribasini o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir. Germaniya sug’urta bozori nihoyatda yirik sug’urta tashkilotlarining mavjudligi bilan ajralib turadi. Mazkur tashkilotlarning chet davlatlardagi faoliyati ham katta salmoqqa ega. Ma’lumki, XX asrning 90 yillaridan boshlab, Sharqiy Yevropada yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari osha boshladi. Bu Evropa sug’urtalovchilari uchun o’z faoliyatini geografik jihatdan kengaytirishga imkon berdi. Hozirgi kunda Sharqiy va Markaziy Evropada etakchilik qilayotgan nemis sug’urta tashkilotlaridan Allianz, AXA-Colonia, ERGO kabilarni keltirish mumkin. Ular asosan Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Polsha va Boltiq bo’yi mamlakatlarida etakchilik qiladilar. Evropa sug‘urta tizimining, shu jumladan, Germaniya sug‘urta tizimining xarakterli xususiyatlaridan biri aholi turmush tarzi va uning atrof-muhitga ta’siri bilan bog‘liq xavf-xatarni paydo bo‘lishidir. Keyingi 4 yilga mo‘ljallangan istiqbolni bashorat qilish, §arbiy Evropa mamlakatlarida katta yoshdagi aholi qatlamining jadal sur’atlarda ko‘payib borayotganligini ko‘rsatgan. Masalan Germaniyada pensiya yoshidagi fuqarolarni sug‘urtaviy himoyaga olishning yangi turlarini ishlab chiqish ehtiyojini keltirib chiqarmoqda. Ma’lumki, yoshga qarab tibbiy xarajatlar summasi oshib boradi. Sug‘urta bo‘yicha Germaniya Federal idorasining ma’lumotlariga qaraganda, Davlat tibbiy sug‘urtasi dasturi bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish xarajatlari bir yilda 30 yoshli fuqaro uchun 750,0 evroni, 80 yoshli fuqaro uchun esa 350,0 evroni tashkil etadi. Germaniyada sug‘urta faoliyatini boshqarishning hozirgi holatini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, avtotransport vositalarini sug‘urtalashda ham muammolar paydo bo‘lmoqda. Keyingi yillarda Germaniyada avtomashinalarni o‘g‘irlanishi tufayli, nemis sug‘urta tashkilotlari bir yilda o‘rtacha 2,5 mlrd. marka miqdorida zarar ko‘rdilar. Bunday ko‘ngilsiz holatni oldini olish uchun sug‘urta tashkilotlari risklarni tanlash va tarif stavkalarini oshirish usulidan foydalanishdi. Sug‘urta xizmatlariga narx-navoni oshishi, faqat, avtomobil transporti sug‘urtasida emas, balki mol-mulk sug‘urtasida ham kuzatiladi. Germaniya sug‘urtalovchilar ittifoqi shartnomalar bo‘yicha kayta hisob-kitoblar to‘g‘risida sug‘urtalanuvchilarni muntazam xabardor qilib borishni sug‘urta tashkilotlariga tavsiya etdi. 2 Willman G., «The Penguim Guide to Insurance», Harmondsworth, Penguin Books Download 20.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling