Reja: Jahon iqtisodiyotini rivojlanishida sugʼurtaning oʼrni va ahamiyati


Download 20.34 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi20.34 Kb.
#1627288
  1   2   3   4
Bog'liq
68- мавзу


68-MAVZU: JAHON SUGʼURTA BOZORI RIVOJLANISHINING UMUMIY TENDENTSIYALARI


REJA:


1. Jahon iqtisodiyotini rivojlanishida sugʼurtaning oʼrni va ahamiyati.
2. Gʼarbiy Evropa mamlakatlarida sugʼurta sohasini tez surʼatlar bilan taraqqiy etish sabablari.


Tayanch iboralar : Jahon iqtisodiyotini rivojlanishida sugʼurtaning oʼrni va ahamiyati. Jahon sugʼurta bozori taraqqiyotidagi asosiy tendentsiyalar. Xalqaro masshtabda yigʼib olingan sugʼurta mukofotlarini mintaqalararo taqsimlanishi. Shimoliy Аmerika sugʼurta bozori rivojlanishining oʼziga xos xususiyatlari. Gʼarbiy Evropa mamlakatlarida sugʼurta sohasini tez surʼatlar bilan taraqqiy etish sabablari.
1.Sug‘urta kompaniyasi uzoq muddatli sug‘urta shartnomalarini tuzish yo‘li bilan aholidagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larini sug‘urta fondiga jalb etadi. Xuddi shunday, ular korxona va banklar bilan ham mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalar tuzib, katta miqdorda sug‘urta fondini shakllantiradi. o‘z navbatida, sug‘urta kompaniyasi bu fondning mablag‘larini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltiradi.
Bozor munosabatlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari Buyuk Britaniya iqtisodiyotining muhim strategik sohasi hisoblanadi.
Buyuk Britaniya to‘lov balansi strukturasini tahlil qiladigan bo‘lsak, valyuta tushumlarining 50 foizi sug‘urta badallari hisobiga to‘g‘ri kelganligini ko‘ramiz. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari jahonning 43 ta mamlakatda sug‘urta operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Buyuk Britaniyada sug‘urta ishini faol rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir qilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Birinchidan, bu erda tadbirkorlikni erkin yuritish uchun Hukumat yoki qonunchilik tomonidan eng kam nazorat tizimi joriy qilingan. Bu holat, so‘zsiz Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy sug‘urta kompaniyalari uchun ham tadbiq etiladi. Hozirgi paytda, Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida xorijiy mamlakatlarning 150ga yaqin kompaniyalari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirmoqda. Ikkinchidan, jahon miqyosida erishilayotgan tijorat bitimlarining anchagina qismi Angliya hissasiga to‘g‘ri keladi. Agar, tuzilgan bitimlarning ijrosi bo‘yicha e’tirozlar kelib chiqadigan bo‘lsa, sug‘urta kompaniyalari darhol bunga sug‘urta qoplamasini to‘lashadi. Bu, o‘z navbatida, biznesni xalqaro darajada rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Buyuk Britaniyada, hamma uchun qulay bo‘lgan soliqqa tortish tizimi shakllangan. Amaldagi soliqqa tortish tizimi yirik miqdordagi zaxira jamg‘armalarini shakllantirishini va ularni investitsiya qilishni rag‘batlantiradi.
Buyuk Britaniya milliy sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining chet mamlakatlardagi bo‘lim va filiallari orqali xalqaro sug‘urta bozorlarida ishtirok etmoqda. Xorijiy mamlakat sug‘urta kompaniyalarini Buyuk Britaniya bozorlariga intilishi, Londonda xalqaro ahamiyatga molik sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish va transmilliy kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish kabi qiziqishlari bilan bog‘liq. YUqorida qayd etganimizdek, sug‘urta kompaniyalari yig‘gan sug‘urta badallarining katta qismi, ularning chet mamlakatlarda olib borgan operatsiyalari hisobidan shakllanadi. Masalan, “Royyal Inshurens” kompaniyasi sug‘urta badallarining 68,4 foizi tashqi manbalardan kelib tushgan. SHuningdek, “Kommershial YUnion” va “Jeneral eksident” kompaniyalarining 60 foizga yaqin sug‘urta badallari xorijiy mamlakatlardan kelib tushgan. Bu mablag‘larni asosiy qismi AQSH va Kanadadan kelib tushadi1.

Download 20.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling