Reja: Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida
Jamiyat va uning asosiy belgilari
Download 210.56 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Topshiriq Abduqahharov Diyorbek
Jamiyat va uning asosiy belgilari
Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug’ mutafakkirlar e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo bilan bog’lab izohlashdir.Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib birlashishga ko’nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish imkonini bergan.Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shaxar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy,xuquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular moxiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti xisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, maxalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z moxiyatini yo’qotadi. Insonning moddiy extiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini ximoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy extiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, oya, mafkura go’zallik bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl moxiyati moddiy extiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladiMamlakatimizda ma’naviyat masalalariga aloxida e’tibor berilayotganining sababi xam ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayoti kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari bilan uzviy boliq xolda vujudga keldi. Jamiyatning moddiy xayotiga quyidagilar kiradi: -kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlar; -oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqili, kommunikasiya vositalari; -moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish; -ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; -moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar. Jamiyatning ma’naviy xayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to’risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim- tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muxim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-xuquqiy jixatlari xam muximdir. Kishilar tamonidan siyosiy va xuquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muxim axamiyat kasb etadi. Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari qondirilishida mexnat, mulk va mexnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos axamiyatga ega. Mexnatning kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shuullanadigan toifalar, gurux, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga xos o’rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan xissa qo’shadi.Jamiyat xayotiga barqarorlik va beqarorlik xam xos. Xar bir inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj bo’lgani kabi, jamiyat xam o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka extiyoj sezadi.Ijtimoiy tizim - murakkab ichki tuzilishga ega bo'lib, tartibli, bir butun, o'ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi.har qanday ijtimoiy tizim tarkibiy tizimlar, masalan, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, ma'naviy, ijtimoiy turmush, fan va shu kabi sohalarda to alohida olingan insongacha bo'lgan ijtimoiy tizimlar shular jumlasidandir. 2. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi. Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan bog’liq. Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi Yevropa fani va adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk tushunchalar ancha ilgari yuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar o’zlarining dunyolarini o’zgalar dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik davrda sivilizatsiya so’zi bilan belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga varvarlikni qarama-qarshi qo’yganlar. Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o’rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining so’nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo’lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o’giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutgan. Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart- sharoit yaratadi. Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko’p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo’lib, har bir o’ziga xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida urg’u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatini to’laroq anglab etishga xizmat qiladi. Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy-texnik hamda ma’naviy yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan bog’liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyatso’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi. Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-1789 yy) o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan. Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va o’rta asrlarga qarama-qarshi qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida “madaniyatning o’zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi, ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya. Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi. Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar. Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi va XVIII asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug’atidan mustahkam o’rin oldi. Shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. XIX asr boshlaridayoq sivilizatsiyalar to’g’risida ko’plikda fikr yuritila boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni anglatardi. O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa to’la qamrab olgan dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) o’zining “Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan risolasida jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga ko’ra, barcha xalqlar o’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o’tadi: ibtidoiy varvarlik (“xudolar asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”) orqali demokratik respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi. Har bir tsikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin yuqoriroq darajada o’tadi. Vikoning g’oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos bo’lgan. Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida- alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar “asosi” - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi. Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald Shpengler (1880-1936 yy) ning fikricha, “sivilizatsiya” har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir. O.Shpengler “Yevropa quyoshning so’nishi” asarida G’arbiy Yevropa tarixiga xos evropotsentrizm, panlogizm, istorizm, to’g’ri chiziqli progressizm printsiplarini tanqid qildi va madaniy - tarixiy jarayonning aylanma harakati nazariyasini yaratdi. Bu nazariya sivilizatsiyaning tsiklli rivojlanishi, ya’ni takrorlanib turishi haqidagi konsepsiyaga olib keldi. Shpengler ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevroposentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler fikriga ko’ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo’ladi, shundan so’ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo’ladi. Har bir madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. Ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975) sivilizatsiyani yaxlit ijtimoiy tizim sifatida ifodalagan. U o’zining o’n ikki tomlik “Tarixni anglash” asarida keltirgan o’zaro o’rin almashuvchi lokal sivilizatsiyalar konsepsiyasida sivilizatsion taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida chaqiriq va javob nazariyasini ilgari surdi. Toynbining fikricha din har qanday sivilizatsiyaning o’zagi va tayanchidir. Sivilizatsiyalarni bir – biridan farqlash va tasnif qilishda u yoki bu jahon dinlarini asos qilib olinishi bejiz emasdir: musulmon sivilizatsiyasi, xristian sivilizatsiyasi va hokazo. U dastlab 21, keyinchalik 37 ta sivilizatsini sanab o’tib, tarixiy jarayonning to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanishi haqidagi qarashlarga qarshi chiqdi va sivilizatsiyaning bosqichli-tsiklik rivojlanishini ta’kidladi. Toynbi Arab, Xitoy, Shumer, Mayya, Hind, Ellin, G’arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa sivilizatsiyalarni tadqiq etish natijasida “...tabiiy muhitdagi va odamlar tegrasidagi yashash sharoitlarining og’irligi sivilizatsiyaning vujudga kelishiga sabab bo’ladi”, -degan xulosaga keladi. Toynbi sivilizatsiyalarga “evolyutsion tipdagi faol tuzilmalar” sifatida yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o’tgach, sivilizatsiya, odatda, halok bo’ladi va uning o’rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi. Shunday qilib, sivilizatsion taraqqiyot xususida bugungi kunda ham yangidan-yangi g’oyalar yaratilmoqda, yangicha modellar taklif etilmoqda. Bu jarayonda globallashuv ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. 3. “Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari Sharq va G‘arb madaniyatlarining o‘zaro bir-biriga ta’siri. Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratigan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda bu jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi ya’ni, jamiyatdagi bilim, ma’zon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda obyektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi ma’naviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib emas balki ularni yaxlit tasavvur etish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv taraqqiyotining juda ko’p imkoniyatlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o’ziga xos shaklda munosabat bildirgan kishilar hayot faoliyati sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili, komunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi. Madaniyatni ilmiy izohlab uning tarixiy mazmuni va ma’nosi ijtimoiy, tarixiy bilimlar tizimidagi o’rni va mavqeyini asoslab beradi. “Madaniyat’’ atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. ”Madaniyat” va “kultura” atamalari mutaxasislar fikriga ko’ra ayni ma’noni anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik “ma’rifatli bo’lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo’lish” mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha “madaniy” – “shaharlik” dagan ma’noni bildiradi. Agar Amerikalik madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klakxonlarning 1952-yildagi ma’lumotlarga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa so’nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi. Qadimi Rim “madaniyat” - tushunchasi hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g’amxurlik degan ma’noda ham foydalanilgan. Ko’rinib turibdiki ”Madaniyat” tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay qadimdan hozirgi kungacha o’z mohiyatini o’zgartirmagan. -Hozirgi davrdagi madaniyaning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilga va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatining uziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyatning ”Tabiiy” turmush tarzi shaklida yashagan davrda : ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvadorlik va dehqonchilik bilan shug’ullangan vaqtlarida madaniyat to’g’risidagi fikrning tug’ulishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o’z madaniyati bilan “qo’shilib” yashagan. Urf- odatlar, e’tiqodlar hayotning moddiy va ijtimoiy shakillari undan farq qiladi. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo’lishi bilan muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi. Shu asosida madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko’proq mustaqqil bo’lib boradi. Insonning esa madaniyatga tobeliga ortadi. Insoniyat jamiyati doimiy rivojida bo’lib, u o’zgarib takomillasib boradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o’zgacha anglaydilar va qabul qiladilar, o’zlariga xos ravishda tasavvurlari va bilimlarini hosil qiladilar. -Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning keng jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqeylik sifatida madaniyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga singdirib oladi, saqlayda va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi. Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o’rni, jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlariga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon kishilarning hatti-harakati, ya’ni sotsial faoliyati madaniy idiallarini, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarining shaxslar aro va guruhlar aro aloqalari shakli vasifasini ham bajaradi. Ijtimoiy taraqqiyot faoliyati bilan madaniyatning o’zaro munosabatlarida o’zgarishlarga olib keladi. An’anaviy va industrial jamiyatlarida informatsion faoliyat mustaqil sohani tashkil etgan bo’lsa, “kompyuter inqilobi” sharoitida informatsiyalar bilimlar ishlab chiqarilishi, ya’ni texnalogiyalar yaratish alohida turdagi faoliyat sifatida shakillanadi. Informatsiya qimmatbaho tavarga aylanadi. Jamiyat taraqqiyotida tarixiy inertsiya katta ta’sirini hisobga olish kerak. Inertsiyaning ta’sirida insoniyat bajarishi lozim bo’lgan vazifalardan tamoman boshqa narsalar bilan mashg’ul bo’ladi. Chunki jamoa tafakkuri qiyinchiliklari bilan qayta quriladi. Bu hozirgi davrdagi mavjud muammolarga o’xshash bo’lgan to’siqlarni o’tmishda odamlar qanday qilib yengib o’tganlarini o’rgana borib o’tmishga savollar bilan murojaat qilamiz, o’tmish bizga javob qaytaradi va shu bilan o’tmish, hozirgi zamon va kelajak o’rtasida doimiy muloqot bo’lib turadi. Madaniyat kishilarga tana azolari, instinktlar yoki tug’ma iste’dod kabi tabiatdan berilmaydi, har bir individ o’zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak atrofidagi kishilarning, jamiyatning va o’tgan avlodlarning to’plagan tajribalarini o’zlashtiradi. Shaxsning shakillanishi jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki shaxsiy “tabiat”ni ham o’zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, “ikkinchi tabiati”ga aylanadi. 4.Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati. Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri. Qadriyatlar to'g'risidagi fan — «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta'limot ma'nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o'rganadigan va u bilan shug'ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu to'g'rida nihoyatda kam ma'lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to'g'risidagi qarashlarimiz shitob bilan o'zgardi. Sobiq ittifoqning ilgari ulug'langan partiyaviysinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o'tgan o'n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O'zbekistonda qadriyatlarga e'tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — aksiologiyaning ko'pdan ko'p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlarida o'ziga xos o'rin tutmoqtsa. «Moziyga qaytib ish ko'rmoq xayrlidir», — deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «O'tgan kunlar» romanida. Xuddi shunday, «Qadriyat o'zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo'lsa-da, o'rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo'lmaydi. Qadriyatlar mavzuining tarixi. Qadriyatlar mavzuining tarixi, ildizlari va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o'tmishga ega. MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) REJA: 1. Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi. 2. Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari. 3. Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik konsepsiyalari. 4. Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. Download 210.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling