Reja: Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida
Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari
Download 210.56 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Topshiriq Abduqahharov Diyorbek
2. Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari.
Falsafiy antropologiya izlanishlarining bosh mo‘ljali va o‘zagini inson va faqat inson tashkil etadi. SHu ma’noda falsafiy antropologiyani antropotsentristik falsafiy ta’limot deb nomlash mumkin, chunki unda inson atrofida borliqning boshqa barcha muammolari aylanuvchi o‘ziga xos «markaziy o‘q» hisoblanadi. Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi falsafaning tadqiqot markazida inson turishi bilangina emas, balki uning barcha maktablari uchun inson dunyoning markazi hisoblanishi bilan ham belgilanadi. Mazkur yondashuv zamirida antik falsafaning Protagor ta’riflab bergan «Inson hamma narsalar mezonidir», degan tamoyili yotadi. Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi Evropa madaniyati asoslaridan biri sanalgan xristianlik mafkurasidan ham kelib chiqadi. Aynan xristianlik dunyoviy hayot markaziga insonni qo‘yadi, uni Xudo o‘ziga o‘xshatib yaratgan, degan g‘oyani ilgari suradi. Shu nuqtai nazardan xristiancha madaniyat vakilining mentaliteti asosida shakllangan falsafiy antropologiyani sharq falsafiy maktablari bilan taqqoslash o‘rinli bo‘ladi. Shu narsa diqqatga sazovorki, sharq falsafasida inson hech qachon dunyoning markazi hisoblanmaydi, zero, u tabiatning tarkibiy qismi, uning uzviy elementi, Koinotning ko‘p sonli darajalaridan biri sifatida qaraladi. SHarq falsafasida antropotsentrizm yo‘q, umuman olganda, falsafiy antropologiya ham mavjud emas. Bu falsafada inson dunyoning tabiiy bir bo‘lagi, tabiatning ajralmas elementi hisoblanadi. Tabiatning o‘zi esa mukammal bo‘lib, inson unga qarshi turmasligi, balki uning izmiga bo‘ysunishi lozim. SHunday qilib, ko‘pgina faylasuflar tomonidan qo‘yilgan «Inson nima», degan savol Evropa falsafiy antropologiyasi uchun uning falsafiy muammolari majmuini belgilovchi bosh masala hisoblanadi (va u falsafiy tafakkurning boshqa yo‘nalishlaridan ayni shu jihatdan farq qiladi). Falsafiy antropologiya insonning borlig‘i nuqtai nazaridan inson haqidagi ta’limotdir. Inson va uning borlig‘i to‘g‘risidagi mulohazalar muammolarning keng doirasini qamrab oladi. Bularning barchasi antropologizm, ya’ni insonning mohiyati muammolarini izchil o‘rganuvchi tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi – tor ma’nodagi falsafiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling