Reja: Jarayon tushunchasi; Jarayon holati; Jarayonlarni boshqarish bloki; Jarayonlarni boshqarishni rejalashtirish; Jarayonlar ustida amallar. Jarayon tushunchasi Jarayon (process)


Download 336.94 Kb.
bet5/5
Sana17.01.2023
Hajmi336.94 Kb.
#1097773
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu Operatsion tizimlarning jarayonlari boshqaruvi. Rejalashtirish parametrlari, rivojlantirish ko‘rsatkichlari.

Glossariy (asosiy atamalar)
Jarayonlarni boshqarish bloki (Process Control Block – PCB) – jarayonlarni boshqarish uchun OT ishlatadigan tizimli ma’lumotlar strukturasi.
Bajarilishga tayyor (ready) – bajarilishi uchun protsessor resurslarining ajratilishini kutib turgan jarayon holati.
Rejalashtirish – operatsion tizim rejalashtiruvchisi tomonidan protsessor kvant vaqtlarini ketma-ket taqsimlash.
Uzoq muddatli rejalashtiruvchi (topshiriqlarni rejalashtirish) – qaysi jarayonlar tayyor jarayonlar navbatiga joylashtirilishini aniqlovchi OT rejalashtiruvchisi.
Ruxsat berilgan (admitted) - tizimga qabul qilinganidan keyin OT dan oladigan jarayonning holati (barcha jarayonlar navbatiga kiritilgan).
Yakunlangan (terminated) – uni bajaradigan dasturning yakunlanishidagi jarayon holati.
Faollashtirish yozuvi (boshqa nomlar: activation record, stekli qism - stack frame, lokal ma'lumotlar maydoni - local data area) bu jarayonning joriy avlodi (ishga tushirilishi)ning lokal ma'lumotlarini saqlaydigan stekdagi xotira maydoni.
Bajarilayotgan (running) – OT boshqaruvidagi kompyuter tizimi protsessorlarida yoki protsessorda komandalari bajarilayotgan jarayon holati.
Jarayonlarni kaskad usulida yakunlash - ota-jarayoni yakunlanganda yoki yo'q qilinganda qismjarayonlarini avtomatik ravishda yo'q qilish qoidasini rekursiv ravishda qo'llash natijasida jarayonlarni guruhli ravishda yakunlash.
Qisqa muddatli rejalashtiruvchi (protsessorni rejalashtiruvchi) – keyin qaysi jarayon bajarilishi zarurligi va qaysi jarayon protsessorga taqdim etilishini aniqlovchi OT rejalashtiruvchisi.
Yangi (yaratilgan - new) – operatsion tizim tomonidan yaratilgan, lekin hali bajarilishni boshlamagan jarayon holati.
Kutayotgan (waiting) – qandaydir hodisa sodir bo’lishini kutayotgan jarayon holati, masalan, kiritish-chiqarishning tugashini kutish. Kutish holatidagi jarayon protsessorni band qilmaydi.
Kiritish-chiqarishga yo’naltirilgan (I/O-bound) – hisoblashlarga nisbatan kiritish-chiqarishga ko’p vaqt yo’qotadigan jarayonlar.
Protsessorni ishlatishga yo’naltirilgan (CPU-bound) – asosiy vaqtini hisoblashlarga sarflaydigan jarayonlar.
Kiritish-chiqarishni kutayotgan jarayonlar navbati (device queues) – kiritish-chiqarish qurilmalari ishi natijasini kutib turuvchi jarayonlar to’plami (har bir qurilma o’zining navbatini tashkil qiladi).
Tayyor jarayonlar navbati (ready queue) – asosiy xotiradagi barcha bajarilishga tayyor bo'lgan jarayonlar to'plamini o'z ichiga oladi va o’zgartiriladigan navbat.
Topshiriqlar navbati (job queue) – tizimdagi barcha jarayonlar to’plamini saqlaydi..
Kontekstni almashtirish (context switch)– protsessor boshqa jarayonga almashganda, tizim, oldingi jarayoning holatini saqlab qolgan holda, yangi jarayon uchun saqlangan holatni yuklab olishi.
Rejalashtiruvchi (scheduler) - jarayonlarni rejalashtirilgan va tayyor holatdan ishlaydigan holatga o'tkazadigan OS komponentasi.
Chiqarish (diskka) va joylashtirish (xotiraga)ni rejalashtiruvchi – qaysi foydalanuvchi jarayonlari xotiraga yuklanishi yoki diskka chiqarilishi zarurligini aniqlaydigan OT rejalashtiruvchisi.
Boshqaruv oqimi (potok) (control flow) – jarayon tomonidan bajariladigan buyruqlar ketma-ketligi.
Jarayon (process)– bajarilayotgan foydalanuvchi dasuri.
Demon-jarayon- tizimning qayta ishga tushirilishigacha tizimda saqlanib turadigan jarayon.
Ma'lumotlar bo'limi (data section ) - bu operatsion tizim tomonidan jarayonga ajratiladigan, uning global o'zgaruvchilari, massivlari, tuzilmalari, ob'ektlarini saqlash uchun asosiy xotiraning statik (doimiy ravishda ajratilgan, o’zgarmas o'lchamdagi) sohasi.
Stek (stack) – asosiy xotiraning rezident sohasi, jarayonni yaratishda operatsion tizim tomonidan ajratilgan asosiy protsessorning doimiy maydoni, bu jarayon protseduralarining mahalliy ma'lumotlarini, ularning parametrlarini (argumentlarini) va hisob-kitoblarni tashkil qilish uchun zarur bo'lgan o'zaro bog'liq ma'lumotlarni saqlaydi.
Multidasturlash darajasi (koeffitsienti) – vaqt birligida tizimga xizmat ko’rsatuvchi jarayonlar soni.
Buyruqlar hisoblagichi (program counter - PC) – joriy vaqtda bajarilayotgan jarayon buyrug'ining manzili, odatda maxsus apparat tizim registrida saqlanadi.
Mustaqil ishlash uchun savollar
Jarayon nima?
Paketli jarayon nima?
Interfaol jarayon nima?
Jarayon buyrug’i hisoblagichi nima?
Jarayon steki nima?
Jarayon ma’lumotlar bo’limi nima?
Jarayon qanday holatlarda bo’lishi mumkin?
Yangi (yaratilgan) holatini tushuntirib bering.
Tayorgarlik holatini tushuntirib bering.
Bajarilayapti holatini izohlab berin.
Kutish holatini izohlab bering.
Yakunlangan holatini izohlab bering.
Jarayonlarni boshqarish bloki nima va unda qanday ma’lumotlar saqlanadi?
Bir jarayondan boshqasiga o’tish vaqtida jarayonlarni boshqarish bloki qanday qo’llaniladi?
Jarayonlarni boshqarishda OT qanday navbatlardan foydalanadi?
Topshiriqlar navbati nima?
Tayyor jarayonlar navbati nima?
Kiritish-chiqarishga navbat nima?
Rejalashtiruvchi nima?
Uzoq muddatli rejalashtiruvchi qanday funktsiyalarni bajaradi?
Qisqa muddatli rejalashtiruvchi qanday funktsiyalarni bajaradi?
Chiqarish (diskka) va joylashtirish (xotiraga)ni rejalashtiruvchi qanday funktsiyalarni bajaradi?
Qaysi rejalashtiruvchi OTning multidasturlash koeffitsientini aniqlab beradi?
Qanday qilib protsessorda hisoblashlarni bajarish va kirish-chiqarish bo'yicha jarayonlarni sinflash?
Kontekstni almashtirish nima?
Jarayonni hosil qilish qanday amalga oshiriladi?
Jarayonlar daraxti nima?
Ota-jarayon va qism-jarayonlar o’rtasida resurslarni taqsimlashning qanday usullari mavjud?
Ota va qismjarayonlarning bajarilishini qanday ko’rinishlarda tashkil etish mumkin?
Ota va qismjarayonlar qanday adres maydonlarini ishlatadi?
Jarayonni yengilashtirish deganda nimani tushunasiz?
UNIX da jarayonlarni hosil qilish vaqtida qanday tizimli chaqiruv qo’llaniladi?
Qanday va qaysi holatlarda jarayonni yo’q qilish amalga oshiriladi?
Jarayonlarni kaskad usulida yakunlash nima?
Referat uchun mavzular:
Jarayon tushunchasi, jarayonning turlari va uning holati.
Jarayonlarni boshqarish uchun OTning tizimli ma’lumotlar tuzilmasini qo’llash va jarayonlar ustida bajariladigan amallar
Kontekstni almashtirish algoritmining qo’llanilishi.
OTning qisqa muddatli va uzoq muddatli rejalashtiruvchilarining qo’llaniishi
Jarayonlarni yaratish va yakunlash algoritmlarining qo’llanilishi.
OT larda ota-jarayon va qism jarayonlarning hosil qilinishiga yondoshuvlar va ularga resurslarni taqsimlash.
Download 336.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling