Reja:
1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy
faoliyatlarining mazmuni
2. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassisi faoliyati imkoniyatlari.
3. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklarini asoslari
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy
faoliyatlarining mazmuni
Jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat mutaxassisi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va umumta’lim maktablari pedagog jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faoliyatida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish vosita va uslublari uslubiyotini qamrab olgan fan yo‘nalishidir.
Jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat mutaxassisi ta’lim obekti kasb-hunar kollejlari akademik litseylar va umumta’lim maktablari, maktabdan tashqari muassasalarining o‘quvchilari, jismoniy tarbiya jarayoni.
Jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat mutaxassisi psixologik-pedagogik umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq quyidagi faoliyatni olib boradi.
Ta’lim faoliyati: kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar,
umuta’lim maktablari jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat o‘qituvchisi .
Tarbiya faoliyati: maktabdan tashqari muassasalarda ta’lim va tarbiyaviy ishlar olib borish.
Ilmiy tadqiqot faoliyati: ilmiy tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy hodim vazifasini bajarish.
O‘quv uslubiy faoliyat: ta’lim boshqarmasida uslubiy yo‘riqchi vazifasini bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |