Reja: jsst haqida


Download 1.36 Mb.
Sana15.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777439
Bog'liq
Mustaqil ish-WPS Office

Mustaqil ish

  • Bajardi 221-20 Yaxyoqulova.Y
  • Reja:
  • JSST haqida
  • Butun dunyo eksperimental o’zgarishlari
  • Sog’lom ovqatlanish uchun tavsiyalar
  • Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) — xalqaro tibbiy tashkiloti boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning ixtisoslashgan maxsus muassasasi hisoblanadi. 1945-yil fevralda BMT konferensiyasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. 1946-yilda sogʻliqni saqlash boʻyicha New Yorkda oʻtkazilgan Xalqaro konferensiyada BMTga aʼzo 26 ta mamlakat tashkilot ustavini ratifikatsiya qilgach, 7-aprel 1948-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tuzildi.
  • 7-aprel kuni butun dunyoda sihat-salomatlik kuni sifatida nishonlanadi. Tashkilot oʻz oldiga "hamma xalqlarning iloji boricha sogʻ-salomat boʻlishiga erishish"ni maqsad qilib qoʻygan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti kasalliklarga qarshi kurash olib boradi, ularni tugatish tadbirlarini koʻradi; atrof muhit muhofazasi, yuqumli va yuqumsiz (sil, venerik va parazitar kasalliklar, yurak tomir kasalliklari, xavfli oʻsmalar va boshqalar) ga qarshi kurash uchun xalqaro standartlar belgilash, dori moddalar sifati va qoʻshimcha taʼsiri hamda narkotik moddalar ustidan xalqaro nazorat oʻrnatish;
  • tibbiyot fanining eng muhim masalalari (toksikologiya, farmakologiya, atrof muhit gigiyenasi va boshqalar) boʻyicha hamda sogʻliqni saqlash sohasidagi tadqiqotlarni koordinatsiyalash va ularni oʻtkazishga koʻmaklashish ham Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vazifasi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xalqaro karantin sohasida qator tadbirlarni amalga oshiradi: chechak, vabo va boshqa bilan kasallanish xollari toʻgʻrisida mamlakatlarga oʻz vaqtida xabar beradi.
  • Tashkilot tarkibiga 6 regional tashkilot kiradi. Ular har birining oʻz ijroiya organlari va regional byurolari bor. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining oliy organi — Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasini mamlakatlar saylaydi, uning sessiyasi yil sayin chaqirib turiladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining markaziy maʼmuriy organi — Sekretariatga (rasmiy idorasi Shveysariyaning Jenevada joylashgan) general direktor rahbarlik qiladi. Tashkilot mablagʻining asosiy manbai unga aʼzo boʻlgan davlatlardan tushadigan badal pulidir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti jurnallar, byulletenlar, nomuntazam nashrlar chop etadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi binosida faoliyat koʻrsatadi (1995-yildan).[1]
  • Vaholanki, kashandalik oldini olish mumkin bo‘lgan o‘lim holatlarining birinchi sababi. Mutaxassislar XXI asrning birinchi yarmida chekish tufayli yana 450 million odam o‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
  • Buning eng keng tarqalgan sabablari saraton, yurak xuruji, insult va surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklaridir.
  • Qolaversa, sigaretning atrof-muhitga ham ziyoni katta. Ularni ishlab chiqarish va iste’mol qilish yiliga 84 million tonna karbonat angidrid (CO2) hosil bo‘lishiga olib keladi.
  • Shundan kelib chiqib, JSST avvalroq hukumatlarni bunday mahsulotlar realizatsiyasi va reklamasini tartibga solishga chaqirgandi. Kecha tashkilot tomonidan e’lon qilingan yangi bayonotda maktablarda tamaki iste’molini to‘liq taqiqlash va “nikotindan xoli muhit” yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.
  • Dunyoda demografik oʼzgarishlar jarayoni ancha jadallashgan. Masalan, Yevropa qitʼasida kelgusi yili 65 yoshdan oshgan fuqarolar soni 15 yoshgacha boʼlgan bolalar va oʼsmirlar sonidan oshishi prognoz qilinyapti.
  • Oʼz navbatida, pensionerlar safi chorak barobar koʼpayishi kutilmoqda. “Koʼhna qitʼa” aholisining bunday “tez qarishi” keksa avlod vakillari salomatligi bilan bogʼliq yangi tavsiyalar ishlab chiqilishi uchun asos boʼlyapti.
  • Xususan, JSST tomonidan eʼlon qilingan yangi hisobot shu mavzuga taalluqli boʼldi. Unda keltirilishicha, keksalikni sogʼlom va zavqli oʼtkazish uchun, avvalo, osh tuz isteʼmolini kamaytirish hamda transyogʼlar va shakar tanavvulini cheklash kerak.
  • Chunki dunyo boʼyicha katta yoshli aholining har 3 nafardan biri gipertoniyadan aziyat chekmoqda. Bu esa yurak-qon tomir va asab tizimi, buyrak kasalliklari, oshqozon saratoni, semizlik, osteoporozdan aziyat chekuvchi bemorlar soni koʼpayishiga olib kelyapti.

E'tiboringiz uchun rahmat


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling