Reja: Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti va maqsadi


Kasbiy psixologiya rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlari


Download 29.29 Kb.
bet2/4
Sana16.03.2023
Hajmi29.29 Kb.
#1272690
1   2   3   4
Bog'liq
1,,16-variant Referat

2. Kasbiy psixologiya rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlari.

Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o’zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag’ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‟ladi. Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi.


Inson psixikasi moddiy va ma‟naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli yaratuvchi murakkab jarayon bo‟lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg’unligining mahsuli hisoblanadi.
Xo’sh, psixika nima?
Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‟zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‟z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishidir. Psixikada o‟tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan faoliyat va xatti- harakatlarni boshqarishdir1.
Uning namoyon bo‟lish shakllari va ularning o‟zaro bog‟liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayo`l, nutq va diqqat), psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e’tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo‟nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas‟uliyat) da kuzatiladi. Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek, insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining hilma-hil ko‟rinishlarini o‟rganuvchi fan.
Psixologiya yunoncha «psixologos» so‟zidan olingan bo‟lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta‟limot degan ma‟noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‟rniga «psixika» atamasini qo‟llash qabul qilingan. Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma‟noni bildiradi. Lekin
«psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma‟noga, ko‟lamga ega bo‟lib, inson ruhiyatining ham ko‟zga ko‟rinuvchi, ham ko‟zga ko‟rinmas tomonlarini o‟zida aks ettiradi.
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Obyekt - kishilarning diqqatini o‟ziga tortadigan moddiy va ma‟naviy borliq. Predmet - moddiy va ma‟naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o‟rganiladigan masalalar).
Kasbiy psixologiya fani ham ma‟lum bir psixologik qonuniyatlarni o‟rganadi va ularni amalda qo‟llash bo‟yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Psixologik qonuniyat u, yoki bu, ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog‟liqligidan iboratdir. Bunday psixologik qonuniyatlardan biri ma‟lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning takror namoyon bo‟lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish - muayyan psixik hodisani tushunish, oldindan ko‟ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. Shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimlariga fuqarolarning ruhiy faoliyatlari umumiy xususiyatlarini chamalab ko‟rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini belgilashga, ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil qilishda xatoga yo’l qo’ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning individual xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa narsalarni hamisha o‟rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik qonuniyatlar umumiy va jo`z’iy bo‟lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar hamma shaxslarga yoki ko‟pchilikka aloqador bo‟lishi mumkin. Masalan, hamma shaxslarda sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qo’zg’atuvchining kuchiga nisbatan
(o’rtacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida o‟sib boradi.
Juz‟iy qonuniyatlar ba‟zi yoshdagi kasb egalari va ba‟zi toifadagi shaxslarga xos qonuniyatlardir. Masalan, o‟smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik bilan rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o‟smirlarga xos bo‟lgan jo`z’iy qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o‟ylab tashkil qilingan hamda rejali ravishda olib boriladigan tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik murakkab bo‟lishidan qat’iy nazar, ko‟pgina psixologik tekshirishlar mutaxassis uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin.



Download 29.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling