Reja: Katalitik reaktsiyalar va ularning ahamiyati
Download 58 Kb.
|
Kataliz. Gomogen kataliz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan a DABIYOTLAR
FERMENT KATALIZ
Fermentlar biokatalizatorlar bo’lib juda katta aktivlikka ega bo’lishadi, masalan, juda kam miqdorda (10-9 – 10-7 molyar) konsentratsiyali ferment qo’shilganda reaksiya tezligi 1010 marta oshadi. SHu bilan bir qatorda, ularning ahamiyatli xossalaridan biri reaksiyaga kirishayotgan moddaning tuzilishiga nisbatan juda yuqori tanlovchanlik xossasidir, ko’p hollarda, bir ferment bitta ma‘lum moddaning reaksiyaga kirishini tezlashadi, ularning boshqa hosilalarini va gomologlarini tezlatmaydi. Reaksiya ferment katalizatorining maxsus uchastkalaridagi aktiv markazlarda boradi. Fermentlar yuqori molekulali birikmalari oqsillar bo’lib, bir – biri bilan peptid (amid) bog’ bilan bog’langan aminokislotalardan iborat. Aktiv markazlar turli bioorganik moddalarning radikallaridan iborat bo’lib, ularning soni juda ko’p bo’ladi. Ferment kataliz kinetikasi. Ferment katalizda eng sodda sxema, ikki bosqichli sxema deb atalgan mexanizm bo’lib, uning mexanizmi quyidagichadir: E + S Е + Р Bu yerda k – ferment, S – substrat (reaksiyaga kirishuvchi modda) ks – ferment susbstrat kompleksining (ES) dissotsilanish konstantasi k2 – ferment + substrat (ES) kompleksning (birinchi tartib bilan reaksiya parchalanib reaksiya mahsuloti «P» ga) va fermenti qaytadan (Е) ajralib chiqish (regeneratsiya) reaksiyasining muvozanat konstantasi (RS). Fermentlar organizmdan ajratib olinishi mumkin. Organizmda turli qo’shimchalarning bo’lishi fermentlarga katta ta‘sir ko’rsatadi. Ferment aktivligi muhitdagi pH ga ham bog’liq. Fermentativ jarayonlar qishloq xo’jaligida va sanoatda keng qo’llaniladi. Foydalaniladigan aDABIYOTLAR 1. Миценко К.П., Равдел А.А., Пономарева А.М. Практические работы по физической химии. Л.: Химия, 1982, с.182. 2. Шаталов А.Я., Маршаков И.К. Практикум по фи-зической химии. М.: Высшая школа, 1968, с.24. 3. Воробьев Н.К. "Практикум по физической хи-мии", "Химия" М. 1986. 4. Фаянц К., Вюст И. Физико-химический практи-кум. Ленинград, 1931, с 172. (перевод Е.Д.Воловой и др.). 5. Антропов Л.И. Теоретическая электрохимия. М.: Высшая школа, 1965, с.91. 6. Скорчеллетти В.В, Теоретическая электрохимия. Л.: Госхимиздат, 1959, с.57. 7. Дамаскин Б.Б., Петрий О.А. Электрохимия. М.: Высшая школа, 1987. Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling