Reja. Kattaliklar. Kattalikning o‘lchamligi. Kattaliklarning birliklari. Xalqaro birliklar tizimi. Birliklarni va o‘lchamlarni belgilash va yozish qoidalari
Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning hosilaviy birliklari
Download 179 Kb.
|
O\'lchov birliklari
Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning hosilaviy birliklari
SI ning hosilaviy birliklari SI ning kogerent hosilaviy birliklarini hosil qilish qoidalariga muvofiq keltirib chiqariladi. SI ning asosiy birliklaridan foydalanib keltirib chiqarilgan SI ning hosilaviy birliklarining namunalari 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval – Nomlari va belgilari asosiy birliklar nomlaridan va belgilaridan tashkil topgan SI ning hosilaviy birliklar namunalari.
SI ning maxsus nomiga va belgilanishiga ega bo‘lgan hosilaviy birliklari 3-jadvalda ko‘rsatilgan. SI ning elektr va magnit kattaliklarining birliklarini elektromagnit maydoni tenglamalarini ratsionallashtirilgan shakliga muvofiq hosil qilish lozim. Bu tenglamalarga vakuumning magnit doimiyligi μ0 kiradi. Uni aniq qiymati 4π(10-7 H/m yoki 12,566 370 614...-10-7 H/m (aniq). O‘lchovlar va tarozilar XVII Bosh konfernsiyasining - O‘TBK (1983 y.) qarorlariga muvofiq uzunlik birligi - metrni yangi ta’rifi bo‘yicha, tekis elektromagnit to‘lqinlarining vakuumda tarqalish tezligini qiymati s0 - 299792458 m/s (aniq) ga teng deb qabul qilingan. Bu tenglamaga shuningdek qiymati 8,854187817 10-12 F/m teng deb qabul qilingan vakuumning elektrik doimiyligi ε0 kiradi. Elektr birliklari o‘lchamlarining anikligini Djozefson effekti va Xoll kvant effekti asosida oshirish maqsadida O‘lchovlar va tarozilar xalqaro komiteti (O‘TXK) tomonidan 1990 yil 1 yanvaridan boshlab Djozefson konstantasining shartli qiymati Kj-90 = 4,83579(1014 Hz/V (aniq) [O‘TXK 1 - tavsiyasi, 1988 y] va Klitsing konstantasini shartli qiymati Rk-90 = 25812,807 Ω (aniq) [O‘TXK, 2- tavsiyasi, 1988 y] deb kiritildi. Izoh - O‘TXK ning 1 va 2 tavsiyalari elektr yurituvchi kuch birligi volt va elektr qarshilik birligi – Om ta’rifi Xalqaro birliklar tizimida qayta ko‘rib chiqilgan degan ma’noni bildirmaydi. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling