Reja: Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish


Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda


Download 28.06 Kb.
bet4/9
Sana16.04.2023
Hajmi28.06 Kb.
#1361039
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kichik biznes

Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va vazifalarini bajaruvchi, ozaro bog'langan turli boshqaruv organlari va bo'g inlarining majmui tushuniladi.
Boshqaruv tarkibi ishlab chiqarish tarkibi deb ham yuritiladi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. U o'zaro bog langan asosiy, yordamchi hamda xizmat ko'rsatuvchi jarayonlardan iborat bo'lib, bu jarayonlar boMimlar va xodimlar o'rtasida mehnat taqsimotini talab etadi. Shu maqsadda ishlab chiqarish boMimlari va ularga xos boshqaruv apparati tuziladi. Bo'linmalar yig indisi, ularninng tarkibi va o'zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish tarkibini tashkil etadi.
Boshqaruvning maqsadi, vazifasi, obyekti va organlari uning tashkiliy tarkibini belgilab beradi. Tashkiliy tarkiblarni hosil qiladigan boshqaruv organlari boshqaruv bo'gMnlari va boshqaruv bosqichlari shaklida boMadi.
Boshqaruv bo'g'ini boshqaruvning ayrim yoki qator vazifalarini bajaruvchi mustaqil bo'limlardir. Bu boMimlar o'rtasidagi bog lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega boMadi.
Boshqaruv bosqichi ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo'g indir. Masalan:
Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo'gMnining ikkinchisiga, odatda, quyi bo'g inning yuqori bo'g'iniga izchillik bilan bo'ysunishini ko'rsatadi. Bu vertikal bo'yicha boMinishdir.
Barcha bo'gin hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o'zaro bo'ysunish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo'g inining huquq hamda burchlari, ular o'rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil etadi.
Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo'lish mumkin: butun tarmoqni boshqarish; har bir tarmoq tasarrufidagi korxonalarni boshqarish; korxonalar ichidagi bo'limlarni boshqarish va h.k.
4. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkihy tuzilmalari
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvi tashkiliy tuzilmalarining quyidagi turiari mavjud (4.1-rasm).
Har bir tarkibda rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo, vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo'ysunishning turigako'ra,bir-biridanfarqqiladi.
Agar rahbarlik toMaqonli bo'lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo'lsa, u holda bu xildagi aloqa chizi qli rasmiy aloqa deb ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan boMib, quyi organ faoliyatiga doir masalalarga daxldor boMsa, u holda bu xildagi aloqa funksional rasmiy aloqa deb ataladi.
Organlar o'rtasida vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo'lib, ular muvofiqlashtirish, uyg unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Boshqaruv tarkibida rasmiy aloqalar asosiy o'rinni egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhim ahamiyatga ega. Ba’zan ular tashkilotning ishini yo'lga qo'yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Norasmiy aloqalar turlicha bo'lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shug ullanish yoki do'stona munosabatlar kiradi.
Norasmiy aloqalarga ham e’tibor berish kerak. Chunki:
-norasmiy aloqalar rasmiy tarkibning barcha bo'g'inlari bilan bog'langanbo'ladi;
-qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo'ladi va korxonaning barcha ishigata’sir ко'rsatadi;
-norasmiy tizim ko'pgina ko'rsatkichlari bo'yicha korxona faoliyatining samarali tashkil qilinishiga imkon beradi.
Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo'q emas. Ehtiyotkorlik, sezgirlik yo'q bo'lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-uru g'chilik va shunga o'xshash ko'rinishlar paydo bo'lishi mumkin.

Download 28.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling