Reja: Kichik guruhlar psixologiyasi


KICHIK GURUHLARNING KLASSIFIKATSIYASI


Download 65.5 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1591948
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Liderlik nazariyasi

KICHIK GURUHLARNING KLASSIFIKATSIYASI


Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo`lish kabo`l qilingan. Bunday bo`linishni amerikalik olim E. Meyo taklif yotgan edi. Uning fikricha, rasmiy guruh har bir a`zolarining rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va guruhda tutgan o`rnining aniqligi bilan harakterlanadi. Bu guruhlarda asosan,"vertikal"tarzda ro`y berib, guruhning bir yoki bir necha a`zosidan"xokimiyat"bo`lganligi uchun ham, ular boshqalarni boshqarish, ularga buyruk, rasmiy ko`rsatmalar berish huquqiga ega bo`ladilar. Rasmiy guruhga misol qilib har qanday birgalikdagi faoliyat maqsadlari asosida shakllangan jamoalarni - ishlab chiqarish brigadasi, talabalar guruhi, sinf o`quvchilari, pedagogik jamoa va boshqalarni olish mumkin.
Rasmiy guruhlardan farkli ularok, norasmiy guruhlar ham mavjud bo`ladiki, ular asosan stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a`zolarning aniq mavqelari, rollari oldindan belgilangan bo`lmaydi. Ko`pincha norasmiy guruh rasmiy guruh tarkibida tashqil topadi va ularni boshqarish ham oldindan belgilangan bo`lmay, odamlar ichidan u yoki bu shaxsiy sifatlari tufayli ajralib chiqqan a`zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin.
Bundan tashkari, Ijtimoiy psixologiyada referent guruh tushunchasi ham bor. Bu tushuncha fanga birinchi marta amerikalik tadqiqotchi G. Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan edi. U o`z tadqiqotlarida shuni isbot qildiki, ma`lum bo`lishicha, guruh a`zolari uchun shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda shunday shaxslar mavjud bo`lar ekanki, u o`z xatti-harakatlari, fikrlari va yo`nalishlarida usha guruh a`zolariga ergashish, ularni tankidsiz kabo`l qilishga moyil hamda tayor bo`lar ekan. Shunday shaxslar guruhi referent guruh nomini oldi. O`quvchi uchun bunday guruh rolini maktabdagi bir necha ukituvchilar, otasi yoki onasi, yaqin dusti yoki karindoshlaridan kimdir uynashi mumkin. Shunisi harakterliki, shaxs doimo shu guruhga ergashadi, uni kadrlaydi, u bilan muloqotda bo`lishga intiladi. Rus psixologlari bu guruhni odatda shaxs uchun mavjud xakikiy guruh (a`zolik guruhi) tarkibidagi yoki unga karshi bo`lgan guruh sifatida qaraydilar. Nima bo`lganda ham ana shunday guruhning mavjudligi shaxs uchun ahamiyatli bo`lib, uning xulq-atvori uchun etalon hisoblanadi. Tadqiqotchi yoki tarbiyachining vazifasi, ana shu guruhni aniqlay olish va aniqlagandan sung nima uchun aynan shu guruh referent rolini uynaganini bilish muhimdir. Referent guruhga qarab shaxsga baho berish, uning xulq-atvorini bashorat qilish mumkin.

Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling