Reja: Kimyo Sanoatimiz tarixi
Download 189.83 Kb.
|
Презентация1
Xalqaro konferensiyaga 500 ga yaqin ilmiy maqola va ishlanmalar kelib tushdi. Xalqaro eksportlar guruhi tomonidan 450 ga yaqin maqolalar tanlab olinib, chop etildi. Konferensiyaga AQSh, Italiya, Ispaniya, Polsha, Armaniston, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston, Qirg’iziston kabi 30 dan xorijiy davlatdan ilmiy maqolalar kelib tushdi. Bugun o’tkazilayotgan konferensiyada Birlashgan millatlar tashkiloti vakillari, 50 ga yaqin xorijiy mehmonlar jumladan Rossiya, Belorussiya, Italiyadan tashrif buyurgan professorlar, ishlab chiqarish vakillari bevosita ishtirok etishdi. Bundan tashqari Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashkil etilgan Kuzatuv kengashi a’zolari, hamkor tashkilot vakillari, ishlab chiqarish vakillari bevosita va onlayn tarzda ishtirok etishmoqda. Konferensiya davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti kafedralari tomonidan eng so’nggi ilmiy ishlanmalar namoyishi-ko’rgazmasi, Toshkent chinni zavodi, Glass expo, Kvars kabi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ko’rgazmalar tashkil etildi. Xalqaro ilmiy-texnik anjumandan koʻzlangan maqsad silikat materiallari – shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini muhokama qilish, jahon hamjamiyatini Oʻzbekiston shisha sanoati yutuqlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Anjumandan koʻzlangan maqsad ilmiy faoliyatda erishilayotgan salmoqli natijalarni respublika va xorijda ommalashtirish, shisha, kulolchilik va bogʻlovchi moddalar sanoatini yanada rivojlantirishdan iborat. Xalqaro konferensiya jahon va Markaziy Osiyo mamlakatlarida silikat materiallari – shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy ahamiyatli ishlarni hamda sanoatning rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish imkonini beradi.
Download 189.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling