Reja: Kimyoviy reaksiyalarning turlari va oksidlanish darajasi


Download 95.42 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi95.42 Kb.
#1621572
  1   2   3   4
Bog'liq
7 OKSIDLANISH - QAYTARILISH REAKSIYALARI

Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari


Reja:
1. Kimyoviy reaksiyalarning turlari va oksidlanish darajasi


2. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining nazariyasi
3. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining borishiga muhitning ta'siri
4. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tabiatdagi va qishloq ho’jalagidagi ahamiyati

Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari tabiatda keng tarqalgan bo’lib ularga nafas olish, oksidlanish, fotosintez kabi reaksiyalarni olish mumkin.


Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikkiga bo’lish mumkin. Birinchi hil reaksiyalarda jarayonda ishtirok etayotgan moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarmay qoladi. Masalan, neytrallanish reaksiyasi, almashishish, ba’zi parchalanish va birikish reaksiyalarini olish mumkin:
HCl+NaOH=NaCl+H2O MgCO3=MgO+CO2
CaCl2+K2CO3=2KCl+CaCO3↓ SO3+H2O=H2SO4
Ikkinchi hil reaksiyalarda bir yoki bir necha elementlarning oksidlanish darajasi o’zgaradi:
0 +1 -1 +2 -1 0
Zn+2HCl= ZnCl2 + H2
0 +6 +2 +6 +4
Cu + H2SO4 = CuSO4-2 + SO2 + H2O
Yuqoridagi misollarda (neytrallanish, almashinish, parchalanish) elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarmagan edi. Ikkinchi hil reaksiyalarda bo’lsa elementlarning oksidlanish darajasi, masalan Zno dan Zn+2 ga o’zgardi. Cuo dan +2 ga, oltingugurt bo’lsa +6 dan +4 ga o’zgardi.
Elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalarga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oksidlanish darajasi atomning molekuladagi shartli zaryadi bo’lib, u molekula hosil qilishda atom nechta elektron bergani yoki olganini ko’rsatadi. Oksidlanish darajasi umumlashgan elektron juftning elektomanfiyligi kattaroq element atomi tomon siljishi tufayli vujudga keladi. Elektron juftni o’z tomoniga siljitgan element atomi manfiy oksidlanish darajasiga, o’zining elektron juftini berayotgan element atomi esa musbat oksidlanish darajasiga ega bo’ladi. Oksidlanish darajasi musbat, manfiy yoki nolga teng bo’lishi mumkin. Ba’zan kasr oksidlanish darajasiga ega bo’lgan elementlar xam uchraydi.
Barcha oddiy moddalar uchun oksidlanish darajasi nolga teng. P0, Cl20, H20, C0, Al0, Cr0 va hokazo.
Vodorodni birikmalardagi oksidlanish darajasi +1 ga teng. Faqat metal gidridlarida vodorodni oksidlanish darajasi -1 ga teng (K+1H-1,
Ca+2H-12, Al+3H3-1).
Kislorodning oksidlanish darajasi ko’pchilik birikmalarda -2 bo’ladi: H2O-2, PbO2-2, HNO3-2, KMnO4-2 va xokazo. Faqat peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi -1 ga teng: H2O2-1, Na2O2-1, BaO2-1 va boshqalar. Faqat birgina birikma, u xam bo’lsa OF2 da kislorodning oksidlanish darajasi +2 ga teng bo’ladi.
Metallarning oksidlanish darajasi xar doim musbat va odatda son jixatdan metallning valentligiga teng: Na+12SO4, Ca+2(NO3)2, Al+32(SO4)3 va boshqalar.
Agar murakkab modda ikkita elementdan tashkil topgan bo’lsa bu elementlarning oksidlanish darajasi valentlikka teng, lekin u + yoki - ishoraga ega bo’ladi. Masalan, H+Cl-, H2+S-2, S+6O3-2, Mn2+7O7-2 va boshqalar
Murakkab moddani tashkil etgan atomlarning oksidlanish darajalari yig’indisi nolga teng.
Masalan, H2+1S+6O4-2 =+2+6+(-4x2)= +8+(-8)=0; H3PO4 da fosforning oksidlanish darajasi +5; H+1, O-2. Vodorod va kislorodning oksidlanish darajalari yig’ndisidan oksidlanish darajasi noma’lum element topiladi. HMnO4; H+1, O-8; +1-8=+7 +7 marganesning oksidlanish darajasini ko’rsatadi.
Murakkab ionlarda atomlar oksidlanish darajalarining yig’indisi ion zaryadiga teng.
NH4+(–3+4=+1), MnO4-(+7–8=–1), Cr2O72-(+12–14= –2), SO42-(+6–8= –2), PO43-( +5–8= –3) va hokazo.
Bir elementni oksidlanish darajasining qiymati bir nechta bo’lishi mumkin. H2S, S, SO2, SO3, H2SO3, H2SO4 dagi oltingugurtni oksidlanish darajasi -2, 0, +4, +6, +4 va +6 ga teng. Ularni ichida eng kichik oksidlanish darajasiga ega bo’lgan element birikmasi(H2S) qaytaruvchi va eng yukori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan element birikmasi (SO3,H2SO4) oksidlovchi bo’ladi.
NH3, N2, N2O, NO, N2O3,NO2, N2O5, HNO2 va HNO3 birikmalardagi azotning oksidlanish daragasi -3,0,+1,+2,+3,+4,+5, +3 va +5 ga teng. Bu birikmalardan -3 oksidlanish darajasiga ega bo’lgan birikma (NH3) qaytaruvchi va +5 oksidlanish darajasiga ega bo’lgan birikma (HNO3, N2O5) oksidlovchilardir.
Ba’zi bir birikmalar, masalan, Fe3O4 da kislorodning oksidlanish darajasi -2, lekin Fe uchun bunday xisoblash kasr son +8/3 ga teng. Organik birikmalarda xam oksidlanish darajasini topish ancha qiyinroq xisoblanadi. Masalan, CH3COOH da C-3 va C+3 ga teng. CH3CH2-CH2-CH3 birikmada uglerod atomlarining oksidlanish darajasi -3,-2,- 2,-3 ga teng.
1. Kimyoviy reaksiyalarning turlari va oksidlanish darajasi

Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikki turga bo’lish mumkin. Ularning birinchisiga reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o’zgarmaydigan reaksiyalar kiradi. Masalan:
+1 -1 +1 -2 +1 +1 -1 +1 -2 +2 +4 -2 +2 -2 +4 -2 HCl+ NaO H = NaCl+ H2 O; CaC O3 CaO+ C O2
+2 -1 +1 +4 -2 +2+4 -2 +1 -1 +6 -2 +1 -2 +1 +6 -2
СaCl2+ K2 C O3 = CaC O3+2KCl; S O3+ H2 O = H2 S O4
Ko’rinib turibdiki, atomlardan har birining oksidlanish darajasi reaksiyadan oldin ham, keyin ham o’zgarmasdan qolgan.
Ikkinchi turga reaksiyaga kirishayotgan moddalar atomlarining oksidlanish darajasi o’zgaradigan reaksiyalar kiradi. Masalan:
0 0 +5 -2 +2 -2 0 0 +1 -2
4P+ 5O2 = 2P2 O5 ; Cu O+ H2 = Cu+ H2 O
0 +1 -2 +1 +1 -1 +1 +1 -2 +1 -2
Cl2 + 2K O H = K Cl+ K Cl O + H2 O
Shu ma'lumotlar asosida murakkab moddalardagi o’zgaruvchan element atomining oksidlanish darajasini topish mumkin. Masalan: K2Cr2O7 dagi xromni oksidlanish darajasini x bilan belgilab, kaliy( 1), kislorod (-2) ning oksidlanish darajalarini ularning atomlari soninga ko’paytirib tenglama tuzamiz:
+1 x -2
K2 Cr2 O7, (+1)* 2 + x * 2 +(-2)*7 =0; x = +6
2. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining nazariyasi

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari nazariyasini, birinchi marta 1914 yilda S.V. Dain va L.V. Pisavrjevskiy yaratdilar. Ushbu nazariya quyidagilardan iborat:


  1. Download 95.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling