7-sinf Amaliy mashg‘ulotlar
1. Kimyo xonasidagi jihozlar bilan ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishish. (1 soat).
2. Laboratoriya shtativi, spirt lampa, gaz gorelkalari va elektr isitgich bilan ishlash usullari, alanganing tuzilishini o‘rganish . (1 soat).
3. Ifloslangan osh tuzini tozalash. (1 soat).
4.Kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish. (1 soat).
5. Erigan moddaning massa ulushi va molyar konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan eritmalar tayyorlash. (1 soat).
Tuproqning suvli eritmasini tayyorlash va unda ishqor borligini aniqlash. (1 soat).
7. Sulfat kislotaning mis (II)-oksidi va temir (III)-oksidi bilan almashinish reaksiyalarini olib borish va reaksiya tenglamalarini yoza bilish. (1 soat).
8. Noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni umumlashtirish yuzasidan tajribaviy masalalar yechish. (1 soat).
8- sinf Amaliy mashg‘ulotlar.
1. «Galogenlar» mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish (1 soat).
2. «Oltingugurt» mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish (1 soat).
3. Ammiak olish va u bilan tajribalar o‘tkazish.
4. Ammiakning suvdagi eritmasi xossalari bilan tanishish (1soat).
5. Mineral o‘g‘itlarni aniqlash (2 soat)
«Azot» guruhiga mansub elementlar mavzusiga oid tajribaviy masalalar yechish (1 soat).
9- sinf Amaliy mashg‘ulotlar.
1. Tuproqda karbonat kislota tuzlari borligini sifat jihatdan aniqlash (1 soat ).
2. «Ishqoriy metallar» va «Metallar» mavzulari bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish (1 soat ).
3.Kimyo fanini o‘qitish jarayonlarida kimyoviy tajribalarni ko‘rsatishga bo‘lgan talablar
Ko‘rgazmali tajribalar dastavval o‘quvchilar oldindan o‘rganadigan mavzu va voqelik bilan tanish bo‘lmagan va kuzatishga tayyor bo‘lmagan holda o‘tkaziladi. Bunday vaqtda o‘qituvchi o‘rganiladigan mavzuni ko‘rsatibgina qolmay, balki uni kuzatishni tashkil etish va kerakli tomonga yo‘naltirishi ham zarur.
Ko‘rgazmali tajribalarga qo‘yilgan talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |