Reja: Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish sabablari


Dori va kimyoviy moddalar bilan zaharlanish belgilari


Download 70 Kb.
bet3/8
Sana18.10.2023
Hajmi70 Kb.
#1709053
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish

5.Dori va kimyoviy moddalar bilan zaharlanish belgilari.
1.Kimyoviy moddalar (benzin, kerosin, mashina-poyafzal moylari, dori moddalar va hokazolar)ni og`iz orqali qabul qilish tufayli yuzaga kelgan zaharlanishlarda oradan yarim-bir soat o`tgach qorinning yuqori, o`rta sohasida (me`da joylashgan sohada) og`riq, ko`ngil aynish, qusish, bosh aylanish kabi belgilar seziladi.
2.Bundan tashqari qabul qilingan har bir kimyoviy modda yoki dori moddaning o`ziga xos ta`siri bo`lib, shunga xos maxsus belgilar paydo bo`ladi. Masalan:
- tinchlantiruvchi va uxlatuvchi dorilar: elenium, seduksen, lyuminal, barbital, barbamil, galoperidol, nazepam, fenazepam, sibazon, dimedrol, pipolfen, suprastin kabilarni qabul qilgan bo`lsa 30-60 minutdan keyin ko`zi qisila boshlaydi, yurganda gandiraklaydi, boshi aylanadi, yotadi va chuqur uyquga ketadi. Uyqu paytida og`ir koma holati yuzaga kelishi, ya`ni nafasi, yuragi to`xtab qolishi mumkin;
- Gipertoniya kasalligida qon bosimini pasaytirish uchun qo`llanadigan, klofellin, adelfan, raunatin kabi dorilarni qabul qilish natijasida zaharlanganda arterial qon bosimi normadan pastga tushadi, rangi oqaradi, boshi aylanadi, yurak urishi kuchsizlanadi, yurak to`xtab-to`xtab uradi, ya`ni yurakning ekstratsistolik aritmiyasi yuzaga kelishi mumkin;
- Yurak sanchganda qo`llanadigan nitroglitserin, sustak, nitrong dorilari bilan zaharlanganda arterial qon bosimi normadan pastga tushadi, bosh aylanadi, yurak to`xtab-to`xtab uradi (aritmiya yuzaga keladi).
6. Dori moddalardan zaharlanishda tibbiy yordam.
- tez yordam chaqirib, yoki boshqa, to`g`ri kelgan mashinada bemorni shifoxonaning reanimatsiya bo`limiga jo`natish kerak;
- tezlik bilan bemorni shifoxonaga jo`natishning iloji bo`lmasa, ya`ni masofa uzoq bo`lsa yoki mashina bo`lmasa, quyidagicha birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- me`da yuviladi;
- me`dani yuvish zondsiz va zond yordamida bajariladi;
- zondsiz usul, asosan katta yoshli bolalar, o`smirlar, katta odamlarda, va bemorning ahvoli og`ir bo`lmagan hollarda qo`llanadi.Bemorga iliq, qaynagan suv yoki gazsiz mineral suv ichirilib, tilining orqasini barmoq yoki temir qoshiq dastasi bilan bosilib qustiriladi, so`ngra, yana suv ichiriladi. Bu bir necha marta, ya`ni me`dadan toza suv qaytib chiqquncha takrorlanadi;
- me`dani zond yordamida yuvish.Bu usul yosh bolalarda va ahvoli og`ir katta yoshli bemorlarda asosan shifoxonada bajariladi (bemor parvarishi bo`limida bayon qilingan);
- bemorning ahvoli og`ir bo`lsa me`dani yuvishdan oldin yurak-qon tomir ishini yaxshilovchi kofein, kordiamin, kamfora (shularni bittasi) 1-2 ml teri ostiga in`yeksiya qilinadi;
- me`da yuvilgach bemor issiq tushakka yotqiziladi.Shirin choy, yoki shirin kofe ichiriladi.Qo`l-oyoqlariga issiq grelka qo`yiladi;
- me`dadan ichaklarga o`tgan zaharli moddani najas bilan tushirib yuborish uchun bemorga surgi dori ichiriladi:
- magneziy sulfat – yoshga qarab 5-10-20 gramm 100 ml iliq, qaynagan suvga eritib ichiriladi;
- furosemid yoki gipotiazid -0,5-1 tab. ichiriladi;
- tozalovchi klizma qo`yiladi;
- agar nafas to`xtab qolsa, sun`iy nafas beriladi (og`izdan-og`izga, og`izdan- burunga);
- agar yurak to`xtab qolsa, yurak sohasi massaj qilinadi.Massaj paytida adrenalin-0,5-1ml teri ostiga yoki to`g`ridan-to`g`ri yurak muskuliga yuboriladi (ko`krak qafasini chap tomoni, ko`krak bezidan yarim sm ichkarida, 4-5- qovurg`a orasiga igna tik sanchiladi ).

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling