7.Oilada-ro`zg`orda hashorotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanish.
Keyingi yillarda oilada turmush jarayonida qo`llanadigan kimyoviy moddalarning turi ko`payib bormoqda. Ularni xatarsiz joylarda saqlash, ehtiyotkorlik bilan ishlatish tartib-qoidalariga e`tibor bermaslik tufayli zaharlanish, ayniqsa yosh bolalarni zaharlanish holatlari uchrab turadi.
Jumladan, hovlidagi, uydagi hashorotlarni yo`qotish uchun xlorofos, dixlofos, karbofos kabi kimyoviy zaharli moddalar ishlatiladi.Ularni ehtiyotsizlik bilan hashorotlarga purkaganda nafas orqali organizmga kirib zaharlanish holatini yuzaga keltiradi.
Belgilari: bosh aylanadi, ko`ngil ayniydi, ko`rish xiralashadi, ter ajralishi ko`payadi, asab-psixik qo`zg`alish yuzaga keladi. Bu moddalarning hidi, tomchilari og`iz orqali me`da-ichaklarga o`tsa og`izdan, burundan shilimshiq suv oqadi, qusadi, ichi ketadi, bosh og`riydi.To`sh suyagining orqasida, qorinning yuqori sohasida og`riq kuzatiladi.
Zaharlanishning og`ir turida ko`z qorachig`lari kengayadi, yurak urishi sekinlashadi va kuchsizlanadi, muskullar bo`shashadi, arterial qon bosimi normaga nisbatan pasayadi, bemor hushini yo`qotishi, tirishishi, nafas to`xtab qolishi mumkin.
Tibbiy yordam: 1.Tez yordam chaqiriladi.
2.Tez yordam kelguncha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- bemor yotqizilgan xonaning derazasi ochib qo`yiladi;
- yuzlari, og`iz-burni, ko`zlari 2% li soda eritmasi bilan yuviladi (1 osh qoshiq soda 1 litr suvda eritiladi);
- agar kimyoviy moddani bemor yutib yuborgan bo`lsa, me`da 2 % li soda eritmasi bilan yuviladi (bola me`dasi rezina zond yordamida yuviladi. Bu shifoxonada bajariladi);
- agar bemor hushsiz bo`lsa, me`dani shifokor yuvishi kerak;
- me`da yuvilgach, karbolen 4-5 tabletka ichiriladi (bolaga 1-2 tabletka);
- so`ngra, bemor yonbosh qilib yotqiziladi. Qusuq moddasi nafas yo`liga ketmasligi uchun bemor yonida yaqinlari nazorat qilishlari kerak;
- nafas olishi qiyinlashsa yoki sekinlashib to`xtay boshlasa og`iz-burnidagi so`lagi rezina balloncha yordamida so`rib olingach, sun`iy nafas beriladi (og`izdan-og`izga, og`izdan-burunga);
Do'stlaringiz bilan baham: |