Reja: Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish sabablari
Hashorotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan zaharlanishning oldini olish
Download 70 Kb.
|
Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagilarni esda saqlash lozim
- Oilada ishlatiladigan sirka bilan zaharlanish.
Hashorotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan zaharlanishning oldini olish:
1.Yuqorida ko`rsatilgan kimyoviy zaharli moddalar o`zining qutisida germetik yopilgan holda, etiketkasi yopishtirilgan holda maxsus joyda (bolalarni qo`li yetmaydigan joyda) saqlanishi kerak. 2.Bu zaharli moddalarni o`zini idishidan boshqa idishga, shishaga quyish man etiladi. 3.Bu moddalarni boshqa idishlarda eritib, suv qo`shib ishlatish mumkin emas. 4.Bu moddalar bilan xonani dezinfeksiya qilishdan avval hamma buyumlarni, idishlarni, ovqat moddalarni, sabzavotlarni tashqariga chiqarish kerak. 5.Zaharli moddani purkatuvchi odam og`iz-burniga 4 qavatli dokali niqob tutishi, ko`ziga ko`zoynak taqishi kerak. 6.Xonaga dori sepib bo`lingach deraza-eshiklarni ochib, xonaning havosi yangilanishi kerak. 7.Dezinfeksiya tugatilgach kimyoviy modda o`zini qutisida germetik yopilib bolalarning bo`yi yetmaydigan joyga joylashtirilishi kerak. 8.Bu moddani ishlatgan odam ish tugagach kiyimlarini almashtirishi, yuz-qo`lini sovunlab yuvishi lozim. Quyidagilarni esda saqlash lozim: 1.Kechqurun uyqu oldidan yuqoridagi kimyoviy moddalarni ishlatish mumkin emas. 2.Oilada epilepsiya (tirishish), bronxial astma, yurak-qon tomir, nafas a`zolari kasalliklari, nerv-psixik kasalliklar bilan xastalanganlar bo`lsa, xlorofos va boshqalari qo`llanishi man etiladi. Oilada ishlatiladigan sirka bilan zaharlanish. Bu modda oilada ishlatib turiladi. Ammo, ehtiyotsizlik bilan ichib qo`yilsa lablar, og`iz shilliq qavati, til, tomoq, qizilo`ngach, hatto me`da va ichakda kimyoviy kuyish holati yuzaga kelishi mumkin. Kuyish ko`p joyni egallasa shok holati yuzaga keladi. Belgilari. Bemor qo`zg`aladi, notinchlanadi, arterial qon bosimi ko`tariladi, bir oz o`tgach bemor tinchlanib, tormozlanish holati yuzaga keladi, arterial bosim normadan pasayadi, sovuq ter bosadi, qon qusadi. Ayrim hollarda bemor qusgan paytda qusuq moddasiga aralashgan sirka tomoqdan nafas yo`liga o`tib ketishi mumkin.Bunday holatda bemorni ovozi bitib qoladi, yo`taladi, nafasi qiyinlashadi, bo`g`iladi, lablari, yuzlari, bo`yni, barmoqlari, qo`llari ko`karadi, chunki nafas yo`li qisilib qolgani uchun bemor nafas ololmaydi. Sirka bilan zaharlanishning og`ir turida sirka qonga so`rilib, eritrotsitlarni parchalaydi (gemoliz). Buyraklar zararlanib, siydikda qon paydo bo`lishi, siydikning rangi qizaradi. Bemorning ahvoli juda og`ir bo`ladi.Bunday bemorlar tirik qolgan taqdirda ham kuygan qizilo`ngach va me`da chandiqlar natijasida torayib ovqat hazm qilish jarayoni juda og`ir kechadi, nogironga aylanadi, operatsiya qilishga to`g`ri keladi. Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling