Reja: kiri sh


Ona tilini boshqa fanlarga bog`lab o`rgatish


Download 164 Kb.
bet6/14
Sana21.02.2023
Hajmi164 Kb.
#1219315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
17 mavzu

2.1 Ona tilini boshqa fanlarga bog`lab o`rgatish . Bu fan oliy ta’limda o’qitiladigan “Hozirgi o’zbek tili”,
“O’zbek tili tarixi”, “Ona tili ta’limi maqsadi”, “Falsafa”, “Tilshunoslik nazariyasi” fanlari bilan, shuningdek, o’rta umumta’limda o’qitiladigan barcha o’quv predmetlari bilan chambarchas bog’liq. Kursni mukammal o’rganish yuqorida sanab o’tilgan fanlardan nazariy bilimlarga ega bo’lishni talab etadi.
Fanning falsafa bilan aloqadorligi. O’zbek tili o’qitish metodikasi uzluksiz taraqqiy etib boruvchi fandir. Metodik taraqqiyot muayyan rivojlanish bosqichlari orqali amalga oshadi. Har bir bosqich o’zining umumiy maqsadi, bu maqsad bilan bog’liq vazifalar, shu vazifalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar bera oladigan metodologiya va metodlar bilan uzviy aloqadordir.
“O’zbek(ona) tili o’qitish metodikasi” ikki omil asosida taraqqiy etadi.
“O’zbek(ona) tili o’qitish metodikasi” taraqqiyotining birinchi omili uning boshqa (turkiy tillar oilasiga mansub) tillar o’qitish milliy metodikalarining ilmiy ta’siri asosida rivojlanish imkoniyati hisoblanadi. Ushbu jarayon yuz berishining asosiy sababi qarindosh tillarning tuzilishi va kommunikativ vazifalarida umumiylik- xususiylikning mavjudligidir.
“O’zbek(ona) tili o’qitish metodikasi” taraqqiyotining ikkinchi yoki eng muhim, yetakchi yo’li bu uning falsafiy-mantiqiy qonun, kategoriyalar va zamonaviy umumfan tushunchalari negizida rivojlanish tomon borishidir.
Tabiiyki, umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisaviylik, imkoniyatvoqelik, sabab-oqibat, falsafiy-mantiqiy qonun, kategoriyalarni tushunish har biр mutaxassisdan falsafa fanini bilishni taqozo etadi.
Ona tili va adabiyoti o’qituvchilari, avvalo, tilshunoslik asoslarini puxta o’zlashtirgan bo’lmog’i lozim. U tilshunoslik asoslarini puxta o’zlashtirishi uchun esa falsafa fanidan yetarlicha xabardor bo’lmog’i shart. Tilning birliklari, sathlari, lisoniy va nutqiy sistemalar, munosabatlarni o’rgayotganda, avvalo, har bir til birligida, sathda, makrosistema va mikrosistemalarda qarama-qarshi jihatlarning birligi va kurashi, miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi, inkorni inkor qonuniyatining qay tarzda amalga oshayotganligini ongli ravishda kuzata olmog’i talab etiladi. Demak, falsafaning eng umumiy maqomdagi uch qonuni har bir mutaxassisga, sohasidan qat’i nazar, o’rganishning umumiy yo’nalishini, dasturini ko’rsatib beradi. Shu boisdan ham bakalavriat, magistratura va doktoranturada falsafa o’qitiladi. Maqsad bo’lg’usi oliy ma’lumotli mutaxassis, magistr, ilmiy xodimlarni dunyoni o’rganish, tadqiq etish va izohlashda bilish metodologiyasi bilan qurollantirishdir. Demak, har bir fan bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lishni istagan kishi falsafaning asosiy qonun va kategoriyalarini ongli bilishi, ma’lum darajada faylasuf ham bo’lmog’i lozim.
Ushbu o’rinda ona tili va adabiyot o’qituvchilarining, filolog tadqiqotchilardan ko’pchiligining metodologik etalon bo’lgan falsafiy ta’limotga befarqligi, qiziqmasligi, o’z fanining “joni” hisoblanuvchi filosofiyaga xuddi boshqa, begona fandek qarashlari kishini taassufga soladi. Bu mutlaqo noto’g’ri holat. Zero, “O’zbek(ona) tili o’qitish metodikasi” xususiy pedagogik sikldagi fan bo’lib, ijtimoiy fanlar guruhiga mansub. Shu bois “O’zbek(ona) tili o’qitish metodikasi” barcha fanlar singari ijtimoiy fanlarning tadqiq asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog’langan.

Download 164 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling