Reja: Kirill, arab va lotin alifbolarining fonografik yozuvlar oldiga qo‘yilgan talablar bo‘yicha qiyosi


Download 22.89 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi22.89 Kb.
#1743272
Bog'liq
Laziza


Lotin alifbosi va uning funksiyalar
Reja:

1. Kirill, arab va lotin alifbolarining fonografik yozuvlar oldiga qo‘yilgan talablar bo‘yicha qiyosi.


2. Yangi alifboning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. O‘zbek lotin alifbosining o‘zbek tili milliy xususiyatlariga buysundirilgan holda qabul qilinishi.
4. O‘zgarishlar oqibatida erishilgan natijalar.
5. Lotin alifbosining ta’limdagi ahamiyati.

’’Biz lotin alifbosini emas, arab alifbosini tanlashimiz lozim edi’’ deb fikr yurituvchilar ziyolilarimiz orasida, ayniqsa tilimizning, adabiyotimizning, tariximizning o‘tmish bosqichlari bilan shug‘ullanuvchilar orasida hali ham topiladi. Yuqorida lotin alifbosini tanlashimizning ayrim asoslarini ta’kidladik. To‘g‘ri yo‘l to‘tganimiz yana ham ravshan bo‘lishi uchun har uch alifbomizni fonografik yozuvlar oldiga qo‘yiladigan ba’zi talablar bo‘yicha qiyoslash yetarli:
1. Alifbodagi har bir shakl tovush ko‘rsatish uchun hizmat qilishi kerak, tovush ko‘rsatmaydigan shakl bo‘lmagani ma’qul. O‘zbek arab alifbosida sukun alomati tovush ko‘rsatmaydi. O‘zbek kirill alifbosida bunday belgi ikkita (’, ь) va ular o‘zicha tovush ko‘rsatmaydi. Belgi (tutuq belgisi) o‘zbek lotin alifbosida ham bor. Ko‘rinadiki, bu talab jihatidan o‘zbek arab alifbosi va o‘zbek lotin alifbosi o‘zbek kirill alifbosidan ustun.
2. Alifbodan foydalanuvchi tildagi fonemaning o‘z harfi bo‘lishi kerak. O‘zbek arab alifbosida, masalan, o‘zbek tilining unli fonemalari harf bilan ta’minlanmagan. O‘zbek kirill alifbosida bir unli fonamamizga (ot -’’ism’’ so‘zidagi unliga) va bir undosh fonemamizga (juda so‘zidagi birinchi undoshga) alohida harf olinmagan. Shunday holat o‘zbek lotin alifbosida ham mavjud. Shunga karamay, bu talab jihatidan o‘zbek lotin alifbosi va o‘zbek kirill alifbosi o‘zbek arab alifbosidan ustun turadi.
3. Alifboda shu tilda yo‘q fonema uchun harf bo‘lmasligi kerak, harflar faqat shu tilda bor fonemalar uchun olinishi kerak. O‘zbek arab alifbosida barcha islohatlardan keyin ham ikkita arab fonemaning harflari (hoyi xo‘tti, ayn harflari) saqlanib qoldi. O‘zbek kirill alifbosida birgina harf (s) boshqa til fonemasini ko‘rsatishga xizmat qiladi. O‘zbek lotin alifbosida esa bunday harfiy ortiqchalik yo‘q. Demak, bu talab jihatidan o‘zbek lotin alifbosi kolgan ikki alifbomizdan ustun turadi.
4. Alifbodagi har bir harf barcha hollarda ayni bir fonemani ko‘rsatishi lozim. O‘zbek arab alifbosida alif, vov, yo harflari o‘rni bilan unli tovushni va undosh tovushni ko‘rsatish uchun yozilaveradi. O‘zbek kirill alifbosida ikki fonemamiz uchun mahsus harf olinmagani sababli shularni ifodalash boshqa harflar ustiga yuklangan (o, j). O‘zbek lotin alifbosida ham shu holat saqlandi. Shunga qaramay, bu ikki alifbomiz o‘zbek arab alifbosidan ustun.
5. Alifbodagi har bir harf fonemani ko‘rsatishga hizmat qilishi lozim, ikki yonma-yon kelgan fonemani bir harf bilan yozish ayrim noqulayliklar keltirib chiqaradi. O‘zbek kirill alifbosida ye, yo, yu, ya harflari ma’lum ishlatilishida yonma-yon kelgan ikki fonema (ye+unli) shaklida yoziladi. Bunday holat kolgan ikki alifbomizda yo‘q.
6. Alifboda bir fonema ayni bir harf bilan ko‘rsatilishi kerak. O‘rniga qarab ikki boshqa-boshqa harf bilan yozish biroz kiyinchilik tug‘diradi, harfiy ortiqchalik hisoblanadi. O‘zbek arab alifbosida bir unli tovushni so‘zdagi o‘rniga qarab alif harfi va harakat belgisi bilan yoki yo harfi va harakat belgisi bilan yozish kabi hollar mavjud. Bundan tashqari unli fonemalarni ikki usulda — harf bilan yoki harakat belgisi bilan ko‘rsatish juda kuchli. O‘zbek kirill alifbosida birgina harf boshqa-boshqa harf bilan—bo‘g‘in boshida e harfi bilan, bo‘g‘in ichida ye harfi bilan ifodalanadi. O‘zbek lotin alifbosida bunday nuqson yo‘q.
7. Alifbodagi har bir harf o‘zining tagshakli bilan boshqa harflardan aniq farqlanib turishi kerak. O‘zbek arab alifbosida 32 harf 16 tagshakl asosida hosil qilingan, harflar shu tagshakllarning ost yoki ust qismiga nuqtalar qo‘yish yuli bilan farqlangan. Tagshaklning bir xilligi o‘zbek kirill alifbosida ham bor: g – g‘, ye – yo, i – y, k – q, x – h. O‘zbek lotin alifbosida bunday holat o – o‘, g – g‘, harflaridagina mavjud. Xullas, bu talabga ko‘ra ham o‘zbek lotin alifbosi ustun turadi.
8. Harflar shakli yaxlit bo‘lishi lozim. Harfda qandaydir qo‘shimcha qism bo‘lsa, bu qism tagshaklga qo‘shib yozilishi ma’qul. O‘zbek arab alifbosida deyarli uchdan ikki qism harflarda shakl yaxlitligi yo‘q. O‘zbek kirill alifbosidagi yo, y, o‘ harflaridagina ularning qo‘shimcha qismi tagshakldan ayrim yoziladi. O‘zbek lotin alifbosida i, j, o‘, g‘ harflarida tagshakldan ayrim yoziladigan qism mavjud. Keyingi ikki harfda bunday holat alifbomizni kompyuterga moslash zaruriyati bilan voqe bo‘ldi. Shunga qaramay, o‘zbek lotin alifbosi bu talab jihatidan ham o‘zbek arab alifbosidan ustun.
9. Harfni yozganda qo‘l o‘zilmasligi kerak. Alifbolarimizning ijobiy salbiylik darajasi bu jihatdan xuddi yuqoridagicha.
10. Harf dastxatda oldingi va keyingi harflarga qo‘shib yozilishi ma’qul. Bu talabga arab alifbosi javob bermaydi. Arab alifbosi asosidagi yozuvda so‘zning yaxlitligi ko‘rinmaydi, so‘z bilan so‘z orasidagi chegara aniq belgilanmaydi. Bunday holat xatni to‘g‘ri va ravon o‘qishga halaqit beradi. O‘zbek kirill alifbosida va o‘zbek lotin alifbosida bunday salbiy holat yo‘q.
11. Alifboda harfning bosma shakli va yozma shakli bo‘lishi ijobiy xususiyat deb baholanadi. Harflarning bunday shakllari ayniqsa, nashr ishlarida katta yordam beradi. Bu jihatdan o‘zbek lotin alifbosi talabga javob beradi.
12. So‘zning qayerda kelishidan qat’i nazar harfning bir shakli saqlanishi kerak; bu bilan o‘qish va yozishda soddalikka erishiladi. O‘zbek arab alifbosida harflarning deyarli barchasi so‘zning qayerida kelishiga qarab ikki yoki to‘rt shaklda yoziladi. Bunday noqulaylik o‘zbek lotin alifbosida yo‘q.
13. Alifbo nashr ishlari uchun, yozuv mashinkasi uchun kulay bo‘lishi lozim. Arab yozuvi dastxat uchun yaratilgan.bu yozuv asosidagi alifboning eng sodda ko‘rinishi bo‘lmish nash xati ham nashr ishlariga juda noqulay. O‘zbek lotin alifbosi nashr ishlari uchun, yozuv mashinkasi uchun qulay.
14. Alifboda harflarning bosh harfi kichik harf shakli mavjud bo‘lishi kerak. Bosh harf yozuvda juda muhim vazifalarni bajaradi: gapning boshlanishini ko‘rsatadi, xurmat bildirilayotganini ko‘rsatadi. O‘zbek lotin alifbosida va o‘zbek kirill alifbosida bunday imkoniyat bor, o‘zbek arab alifbosida esa bunday imkoniyat umuman yo‘q.
15. Alifbo tinish belgilarni ishlatish uchun qulay bo‘lishi kerak. Matnni to‘g‘ri va tez tushunishda tinish belgilarining ahamiyati juda katta. O‘zbek arab alifbosida tinish belgilarini ishlatish imkoniyati deyarli yo‘q, qolgan ikki alifbomiz esa tinish belgilarini ishlatish uchun qulay.
Yuqoridagilardan ayonki, uch alifbomizdan birortasi ham mukammal emas. Ulardan har biri mukammal alifbo oldiga qo‘yiladigan talablarga turli darajada javob beradi. Sanab o‘tilgan talablarga eng ko‘p darajada javob berish o‘zbek lotin alifbosiga mansub. Xullas, lotin alifbosini tanlashimiz ijtimoiy jihatdan ham, iktisodiy jihatdan ham, til ilmi jihatidan ham to‘g‘ri bo‘ldi.
Lotin alifbosidagi ayrim harflar bir tilning o‘zidan boshqa – boshqa tovushni ko‘rsatish uchun yoziladigan holat ham bor. Masalan, u harfi so‘zning bir o‘rnida y tovushi uchun yozilsa, so‘zning boshqa bir o‘rnida i tovushi uchun yoziladi. Biz bunday holatga yo‘l quymadik.
Ayrim harflarga ikki har xil tovushni ifodalash vazifasi yuklandi. Masalan, j harfi: 1) g‘arb tillaridan olingan jurnal, projektor kabi so‘zlarda va ajdar, mujda kabi sharq tillaridan olingan bir necha so‘zlarda sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi; 1) qolgan so‘zlarda esa portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi: jahon, tijorat kabi. Bu harf ikki tovushdan qay biri uchun yozilganini ajratib olish qiyin bo‘lmaydi.
O‘zbek kirill alifbosidagi yana bir xususiyat ham o‘zbek lotin alifbosiga ko‘chib o‘tdi: o harfi har ikki alifboda ikki har xil tovushni ko‘rstish uchun yoziladi. (G‘arb tillaridan olingan polk kabi so‘zlardagi unlini va ota kabi so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi).
Joriy etilayotgan alifbomizning alohida ta’kidlanadigan xususiyati shuki, ushbu alifbo sirasidagi barcha harflar o‘zbek tilida mavjud tovushlarni ifodalaydi, faqat o‘zga tilga mansub tovushni ifodalaydigan harf yo‘q. Lotin alifbosidagi harflar o‘zbek tilidagi tovushlarni ifodalash uchun yetarli emas. Shu sababli ayrim tovushlarmiz uchun o‘zimiz harf xosil etishimiz zarur bo‘ldi.
Yuqoridagi o‘zgarishlardan keyin alifbomiz 29 harfdan iborat bo‘ldi. Bundan tashqari tutuq belgisi ham mavjud. Ko‘rinadiki, biz lotin alifbosini ko‘r-ko‘rona kabul qilmay, o‘zbek tilining milliy xususiyatlariga buysundirib kabul qildik.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, amalga oshirilgan o‘zgarishlar oqibatida bir kancha ijobiy natijalarga erishdik: alifbomiz ingliz tili asosida ishlab chiqilgan va dunyo mikyosida amal qilayotgan kompyuter sistemasiga moslandi. Bu bilan o‘zbekcha matnni dunyo mikyosida istalgan nuqtaga uzatish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Bo‘lardan kat’i nazar, alifbomizdagi harflarning dasthat uchunkulay bo‘lishiga erishildi, shu bilan birga o‘zbek tilida yo‘q tovushga harf olmadik, o‘zbek tilidagi tovushlarni esa harf bilan ta’minladik.
O‘zbek kirill alifbosidan o‘zbek lotin alifbosiga o‘tishni osonlashtirish uchun bu ikki alifboni kiyoslab o‘rganish zarur.
Harflarni o‘qiy olish boshqa – yu, yoza olish boshqa. Harf o‘qishni o‘rganish harf yozishni o‘rganishdan ko‘ra osonroq Harf o‘qish uchun asosan ko‘zimiz harflarni taniydigan bo‘lishi kerak. Harflarni o‘qiy olsaq, hali to‘liq ma’noda savod chiqargan bo‘lmaymiz. Savodli bo‘lish uchun harflarni yozish ko‘nikmasini ham hosil etishimiz shart.
Quyidagi bayon ma’lumotdan no‘malumga borish asosida amalga oshirildi. Bunda avval bosma harflar, keyin yozma harflar izohlanadi; har biri doirasida avval kichik harflar, keyin bosh harflar tasvirlandi. Har gal lotincha harf qatnashadigan so‘z misol keltirilib, shu so‘zning kirill alifbosida yozilishi ham berib borildi.
Alifbomizdagi harflar guruhlarga ajratib izohlandi, bu guruhlar rim raqamlari bilan belgilanadi.
Bayonda lotincha so‘zi lot qisqartirmasi, kirillcha so‘zi uchun Kir, qisqartirmasi ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Lotin yozuviga asaoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.T.,’’O‘zbekiston’’, 1993-yil (2.09.)


2. Yangi alifbo va imloni o‘rganish dasturi. Tuzuvchi: Y. Abdullayev. T., 1996
3. Raxmatullayev Sh. O‘zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. T.,’’Universitet’’ 2002
4. Rahmatullayev Sh., Xojiyev A. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. T.,1996
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-son Qarori.
Download 22.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling