Reja: kirish 1-bob. Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning tashkiliy huquqiy asoslari


Mahalliy byudjetlar xarajatlari tarkibi va ulardan samarali foydalanish holati tahlili


Download 279.5 Kb.
bet6/7
Sana13.01.2023
Hajmi279.5 Kb.
#1091236
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mahalliy byudjetlar ijrosini ta\'minlashda mahalliy moliya organlari

2.2.Mahalliy byudjetlar xarajatlari tarkibi va ulardan samarali foydalanish holati tahlili

Ma’lumki, respublikamizdagi iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojini mahalliy byudjetlar xarajatlari qismida o‘zining yorqin ifodasini topadi. Mahalliy xokimiyat organlarining asosiy vazifasi shu mintaqadagi iqtisodiy- ijtimoiy rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.


Aytib o‘tish kerakki, alohida mahalliy byudjetlarning xarajatlar tarkibi bir xil bo‘lmaydi va shu mintaqadagi turli darajada bo‘lgan xo‘jalik va idoralarning hajmiga bog’liq bo‘ladi. Shuning uchun viloyat, shahar, tuman boshqaruv organlariga bo‘ysinadigan mahalliy sanoat, turar joy-maishiy xo‘jalik, savdo muassasalarining mahalliy byudjet xarajatlaridagi salmog’i anchagina. Viloyat, shahar, tuman boshqaruv organlariga asosan ijtimoiy-madaniy muassasalar bo‘ysinadi, shundan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjet xarajatlarining 50 foizi ijtimoiy madaniy tadbirlarn moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Mahalliy byudjetlarni xarajatlarnini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasini “Byudjet kodeksida”gi Qonunining 71-moddasiga asosan amalga oshiriladi. Ushbu moddaga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
iqtisodiyot xarajatlari;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan: Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesini;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalarini shakllantirish xarajatlari;
Davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o‘tkazib beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin.
Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:

  • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

  • tumanlar (shaharlar) x alq ta’limi muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;

  • tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash- profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

  • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

  • tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

  • iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

  • veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish

  • stantsiyalarini saqlab turish;

  • shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;

  • uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

  • aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;

  • tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;

  • boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.

Byudjetlar o‘rtasida daromad va xarajatlarning har qanday ko‘rinishdagi taqsimlanishi vertikal va gorizantal nomutonosiblikka olib kelishi mumkin. Quyida biz davlat byudjeti xarajatlari tizimida mahalliy byudjet xarajatlarining tutgan o‘rni tahlilini keltiramiz.
Davlat byudjeti xarajatlari tizimida mahalliy byudjetlarning xarajatlari tizimi asosiy ulushga ega bo‘lib, agar 2012-yilda ularning jami davlat byudjeti xarajatlarida tutgan ulushi 58 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda 57
% ni, 2014 yilda esa 55 % ni tashkil etgan. Davlat byudjeti xarajatlarida mahalliy byudjet xarajatlarining ulushi o‘zgarishini qudagi 8-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish, davlat boshqaruvini markazlashtirishni cheklash hamda bu boradagi vazifalarning bir qismini respublikadan viloyat, tuman darajasiga o‘tkazishga asosiy e’tibor qaratilmoqda, buning natijasida ko‘pgina vakolatlar mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga navbatma-navbat o‘tkazilib borilmoqda.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalashning hozirgi sharoitida mahalliy hokimiyat organlarini o‘z hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy hamda moliyaviy boshqarishdagi rolini oshirish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. Bu zaruriyatning paydo bo‘lishi o‘z navbatida mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy resurslarni izlash va ularni ko‘paytirish muammosini keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek: “Hayotning o‘zi va o‘tgan yillar tajribasi hududlarni kompleks rivojlantirishni va infratuzilma faoliyatini tubdan o‘zgartirishni ta’minlash, tumanlar, shaharlar, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan va istiqbolli vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hokimlik va tarmoqlarni boshqarish organlarining kuch va harakatini aniq muvofiqlashtirish” bugungi kunda nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi kunda mahalliy byudjetni shakllantirish va mahalliy idoralar tomonidan ularni boshqarishda fikrimizcha, bir qator muammolar mavjud. Masalan, mahalliy byudjet daromadlarining asosiy qismi byudjetlararo tartibga solish kanallari orqali, me’yorlari har yili qayta ko‘rib chiqiladigan umudavlat soliqlaridan ajratmalar normativlari asosida shakllantiriladi. Lekin bu normativlar har yili o‘zgarib turuvchi, nobarqarordir. Bu nobarqarorlik soliqlarni taqsimlashni amaldagi tartibiga ko‘ra viloyatlar orasida byudjet daromadlarining kishi boshiga to‘g’ri keladigan hajmi bir-biridan juda katta farq qilishiga olib keladi. Mahalliy byudjet taqchilligini qoplashga ajratiladigan subventsiyalar esa bu tafovutga ta’sir qilayotgani yo‘q. Subventsiyalar ajratishning amaldagi tartibi, fikrimizcha, donor hududlarni o‘z soliq imkoniyatlarini oshirishga rag’batlantirmaydi va subventsiya oluvchilarda ham o‘z daromad va yig’imlarini oshirishga qiziqish uyg’otmaydi.
Yana bir masala, ma’lumki, hozirda byudjetlararo tartibga solish amaliyoti mahalliy byudjetlar daromadlarining asosiy (80%) qismini shakllanishini ta’minlamoqda.



Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling