Reja: Kirish 1


Download 0.96 Mb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1483400
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yengil atletikani o\'qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifasi

maydondagi mashqlar deb ataladi. Yengil atletika beshta: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko‘pkurash bo‘limlaridan iborat.
Yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish (nayza, toshlar va boshqa qurollar)
qadim zamondagi kishilar hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan.
Yengil atletika mashqlaridan yugurish, sakrash va uloqtirish Qadimgi
Gresiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori ularquldorlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligida katta o‘rin egalladi va qabilalar hamda umumgrek diniy bayramlarining muhim qismini tashkil etadigan bo‘ldi. Shu sababli yengil atletika mashqlarining tashkil topishi va rivojlanishi tarixi Qadimgi Gresiyada eramizdan avvalgi 776 yilda o‘tkazilgan I Olimpiya o‘yinlaridan boshlanadi. Birinchi o‘yinlarda atletlar bir stadiya masofaga (192, 27 m), keyin 24 stadiya bo‘lgan masofaga yugurish musobaqalarida ishtirok etganlar.
3.Evropada yengil atletikaning taraqqiyoti
Hozirgi zamon yengil atletika sporti boshqa mamlakatlarga nisbatan
Angliyaga oldinroq kirib keldi. 1837 yili bu yerda 2 km ga yaqin masofaga yugurishda Regbi shahri kolleji o‘quvchilarining daslabki musobaqalari o‘tkazildi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan boshqa shaharlarning kollej o‘quvchilari ham ularning
tashabbusiga qo‘shildilar. Keyin musobaqalar dasturiga qisqa masofaga yugurish,
g‘ovlar osha yugurish va og‘ir narsalarni uloqtirish kiritilgan bo‘lsa, 1851 yildan boshlab musobaqalar dasturiga yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrash turlari kiritildi.
1864 yilda Oksford va Kembrij univerisitetlari o‘rtasida birinchi bor yengil atletika musobaqasi o‘o‘kazilib, keyinchalik u doimiy tus oldi. Musobaqa dasturiga yugurishning olti turi, sakrashning ikki turi kiritilgan edi. Keyinchalik dastur bosqon uloqtirish va yadro itqitish bilan to‘ldirildi.
XX asrning 60-yillarida yengil atletika mashqlari bilan kattalar ham qiziqa boshladilar. Yengil atletika bilan kiborlar sport klublarida shug‘ullana boshladilar. Angliya kiborlari yengil atletika sporti bilan qiziqar edilar-u, lekin yugurish
yo‘lkalarida «oddiy xalq» bilan birga bo‘lishni istamas edilar. Ayniqsa, ular yurish va yugurish bo‘yicha ochiq musobaqalar deb ataladigan musobaqalarda qatnashishga goho muyassar bo‘lib qoladigan «past» tabaqa vakillariga mag‘lub
bo‘lishga yo‘l qo‘ya olmas edilar.
Shu munosabat bilan 1864 yilda Angliya sport klublari «havaskorlik» to‘g‘risida nizom qabul qilib, yugurish yo‘lkalarida kiborlar bilan mehnatkashlarni uchrashmaydigan qilib qo‘ydilar. Shu nizomga asosan jismoniy mehnat vakillari professionallar deb e’lon qilinib, ularning havaskorlar sport klubiga kirishlariga va havaskorlar bilan musobaqalarda qatnashishlariga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ldi.
1865 yilda London atletika klubi tashkil etilib, yengil atletika sport turi keng
ommalashtira boshlandi. Bu klub yengil atletika bo‘yicha mamlakat birinchiliklari o‘tkazar va havaskorlik to‘g‘risidagi nizomga rioya qilinishini nazorat qilib turar edi.
1880 yilda Angliyada Havaskorlar yengil atletika assotsiatsiyasi tuzilib, u Britaniya imperiyasida yengil atletika bo‘yicha oliy organ huquqini oldi. U Angliya, uning dominionlari va koloniyalaridagi barcha burjua yengil atletika
klublarini birlashtirdi. Assotsiatsiya yengil atletika sportiga umumiy rahbarlik qiladi, angliyalik sportchilarni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga tayyorladi.
Fransiyada yengil atletika sport turi sifatida o‘tgan asrning 70-yillarida avvalo harbiy va fuqarolar litseylarida rivojlana boshladi. 80-yildan boshlab litseylarda yugurish bo‘yicha musobaqalar muntazam o‘tkazila boshlandi.AQShda yengil atletikaning ravojlanishi 1868 yilga to‘g‘ri keladi. Shu yili Nyu-Yorkda atletika klubi tashkil etildi. Tez orada universitetlar yengil atletikaning taraqqiyot markazi bo‘lib qoldi. 1874 yilda Garvard universitetida yengil atletika bo‘yicha birinchi musobaqa o‘tkazildi. 80-yillar oxirida AQShda Amerika havaskorlar yengil atletika ittifoqi vujudga keldi.
Germaniyada 1888 yilda Berlindagi kriket va futbol klublari birinchi yengil atletika musobaqalarini tashkil qilgan edi. Mustaqil yengil atletika klublari esa 90-
yillarda paydo bo‘ldi. 1898 yilda Germaniya yengil atletika boshqarmasi tuzildi.
Skandinaviya mamlakatlarida yengil atletika mustaqil sport turi sifatida 1887 yilda Shvesiyada, 1897 yilda Norvegiyada va 1906 yilda Finlyandiyada rasm bo‘la boshladi.
Vengriyada, Polshada, Chexoslovakiyada, Yugoslaviyada va boshqa
Markaziy Yevropa mamlakatlarida yengil atletika sporti o‘tgan asrning 90-yillarida rivojlana boshladi.
Ko‘p mamlakatlarda yengil atletika sport turi sifatida XIX asr oxirlarida qabul qilindi.
Yengil atletika sporti taraqqiyotida Qadimiy Gresiya Olim-piya o‘yinlarining
1896 yilda qayta tiklanishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Keyinchalik Olimpiya o‘yinlari sportning eng muhim turlari, jumladan, yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqalar majmuiga aylandi.
1965 yilgacha Olimpiya o‘yinlari faqat 15 marta o‘tkazilgan bo‘lib, harbiy harakatlar va boshqa sabablar tufayli 1916 yilda Berlinda, 1940 yilda Tokioda,
1944 yilda Xelsinkida mo‘ljallangan Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilmadi.
Olimpiya o‘yinlarida yengil atletika musobaqalari dasturi har doim o‘zgarib
turgan.
1928 yilda Amsterdamdagi IX Olimpiadada birinchi marta ayollar o‘rtasida
yengil atletika musobaqalari o‘tkazildi. Shundan keyin barcha O‘yinlarda ayollar
o‘rtasida musobaqalar o‘tkazib kelinadi.
Hozirgi zamon Olimpiya o‘yinlari birinchi marta 1896 yilda Afinada bo‘lib o‘tgan edi. Yengil atletika musobaqalarida atigi 12 mamlakat vakillari qatnashgan. Bu o‘yinlarda ko‘pchilik atletlarning sport natijalari va mashq bajarish texnikalari past darajada edi.
1912 yilda Stokgolmda (Shvesiya) bo‘lib o‘tgan V Olimpiya o‘yinlari yengil
atletika taraqqiyotida muhim bosqichga aylandi. Yengil atletikaning qator turlarida
ko‘p yillardan beri o‘zgarmay kelayotgan jahon va Olimpiya rekordlari yangilandi.
1912 yilda yengil atletikani rivojlantirishga va xalqaro musobaqalar o‘tkazishga rahbarlik qiluvchi organ – Xalqaro havaskorlar yengil atletika federatsiyasi (IAAF) tashkil qilindi. Federatsiyaning maqsadi federatsiya a’zolari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, ustav va xalqaro musobaqalar o‘tkazish qoidalarini
ishlab chiqishdan iborat edi.
Birinchi jahon urushidan keyin ko‘p mamlakatlarda sport tushkun holatda edi. Shuning uchun ko‘p mamlakatlar 1920 yilda o‘tkazalgan XII Olimpiya o‘yinlarida qatnashmadi.
Bu o‘yinlarda urushga qatnashmagan mamlakatlarning vakil-lari
(amerikaliklar, shvedlar va finlar) tuzukroq natijalarga erishdilar.Birinchi va ikkinchi jahon urushlari o‘rtasidagi qariyb hamma Olimpiadalarda yengil atletikada Amerika Qo‘shma Shtatlarining sportchilari katta muvaffaqiyatlarga erishib keldilar. Fransiya, Angliya, Germaniya, Shvesiya va Finlyandiya yengil atletikachilari ular bilan jiddiygina bellashar, ayrim turlarda esa ulardan yaxshiroq natijalar ham ko‘rsatar edilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin yengil atletika sporti taraqqiyotida anchagina
o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bu davrda hamma mamlakatlarning yengil atletikachilari yutuqlari sezilarli yuksalgan, bu sport turida kuchlar nisbati
o‘zgargan edi. Sobiq Ittifoq boshchiligidagi sotsialistik lager mamlakatlari
sportchilari ayniqsa katta yutuqlarga erishdilar.
Jahon yengil atletikasi taraqqiyotida Xelsinkida o‘tkazilgan XV Olimpiya
o‘yinlaridagi (1952 yil) musobaqalarning ahamiyati katta bo‘ldi. Unda 70 mamlakat ishtirok etdi. Birinchi o‘rinni AQSh yengil atletikachilari oldilar.
Olimpiya musobaqalarida birinchi marta qatnashgan sobiq Ittifoq yengil atletikachilari ular bilan qattiq bellashib, ikkinchi o‘rinni egalladilar. Uchinchi o‘ringa Angliya sportchilari sazovor bo‘ldilar. Chexoslovakiya yengil atletikachilari ancha yaxshi yutuqlarga erish-dilar: E.Zatopek uzoq masofalarga yugurishda uch marta (5000 m, 10000 m va marafon yugurish) g‘alabaga erishdi. D.Zatopkova nayza uloqtirishda jahon rekordini o‘rnatdi. Vengriyalik sportchi I.Chermak bosqon uloqtirishdan yangi jahon va Olimpiya rekordlarini o‘rnatdi.
Melburndagi XVI Olimpiya o‘yinlarida (1956 yil), ob-havo noqulayligiga qaramasdan, yengil atletika sportida, shubhasiz, o‘sish borligi namoyish qilindi. Erkaklar yengil atletikaning 24 turidan 19 tasida, ayollar esa 9 turdan 8 tasida
yangi Olimpiya rekordlari (bundan 4 tasi jahon rekordlari) o‘rnatdilar. Birinchi o‘ringa AQSh yengil atletikachilari, ikkinchi o‘ringa sobiq Ittifoq sportchilari, uchinchi o‘ringa Avstraliya yengil atletikachilari sazovor bo‘ldilar.
Jahon yengil atletika taraqqiyotida Rimda o‘tkazilgan XVII Olimpiya o‘yinlari (1960 yil) eng cho‘qqi nuqta bo‘ldi. Sobiq Ittifoq va AQSh sportchilaridan tashqari, Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi va Ruminiya sportchilari kuchlilar qatoriga o‘tib oldilar. Hindiston va Afrikaning ba’zi mamlakatlaridan kelgan yengil atletikachilar ham yaxshigina yutuqlarga erishdilar. 1960 yilda sobiq Ittifoq sportchilari Yevropa mamlakatlarining yengil atletikachilari AQSh sportchilariga tenglashib
bo‘lmaydigan turlarda (100 m, 200 m va 800 m ga yugurish, balandlikka sakrash)
birinchilikni qo‘lga kiritdilar. Ayollar yengil atletikasida Yevropa sportchi ayollarining amerikalik ayollardan ustunligi yaqqol edi. Rimdagi Olimpiya musobaqalarida amerikalik yengil atletikachilar birinchi marta mag‘lubiyatga uchradilar va ikkinchi o‘rinni egalladilar. Sobiq Ittifoq yengil atletkachilari barchadan o‘zib ketdilar.
Tokiodagi XVIII Olimpiya o‘yinlarida kechgan yengil atletika-chilar musobaqalari yengil atletika tarixida nihoyatda katta voqea bo‘ldi. Musobaqalar barcha qit’alar yengil atletikachilarining mahorati yuqori darajada o‘sganligini namoyish qildi. 11 ta jahon rekordi o‘rnatildi va 70 dan ortiq Olimpiya rekordlari yangilandi. Ko‘p davlatlarning milliy yutuqlari jadvaliga 20 dan ortiq tuzatishlar kiritildi.
Yevropa mamlakatlarida yengil atletikani ommalashtirish va rivojlantirish, musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish maqsadida Osiyo atletika assotsiatsiyasi (OAA) tuzildi. Bugungi kunda u 42 davlatni birlashtirib turibdi.
Osiyo va jahon Kuboklari qiziqarli o‘tishi sababli musobaqalarga qiziqish juda katta.
Butun dunyo yengil atletikachilari uchun Osiyo va jahon chempionatlarini
o‘tkazib borish katta ahamiyatga ega.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling