Reja: kirish aqshning moliya tizimi va uning tarkibi aqshning davlat budjeti, daromad va xarajatlar tavsifi. Shtatlar va moliyaviy boshkaruv organlarining moliyasi. Xulosa Adabiyotlar. Kirish


Download 74.8 Kb.
bet1/6
Sana27.10.2023
Hajmi74.8 Kb.
#1726924
  1   2   3   4   5   6

Rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy tizimdagi islohatlar
Reja:
1 Kirish
2 AQSHning moliya tizimi va uning tarkibi.
3 AQSHning davlat budjeti, daromad va xarajatlar tavsifi.
4 Shtatlar va moliyaviy boshkaruv organlarining moliyasi.
5 Xulosa
6 Adabiyotlar.
Kirish
Ma’lumki, rivojlangan «katta yettilik» davlatlar (hozirgi kunda ushbu davlatlar guruhiga Rossiya Federatsiyasini qo’shilishi bilan «katta sakkizlik» davlatlar dеgan so’zlar ham jahon iqtisodiyotida ishlatilmoqda) iqtisodiyotini rivojlanishi asosan tabiiy resurslardan qanday foydalanishlik darajasiga va Shuningdek uzoq yillarga mo’ljallangan zamonaviy ilmiyteхnikaviy taraqqiyotdagi o’zgarishlarga bog’liqdir. Shuning uchun ham bu mamlakatlar iqtisodiyotida tabiiy resurslardan tejamli foydalaniladi, ishlab chiqarishda esa energetika quvvati pasayishiga yo’l qo’yilmaydi. Masalan, AQSh ishlab chiqarishida asosan kam harajat qilish evaziga yalpi ishlab chiqarilayotgan mahsulot 1900-1990 yillar davomida 8-9 baravarga, qishloq хo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish esa 4-5 baravarga ortgan edi.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi qanchalik yuqori bo’lmasin narх-navoning ko’tarilishi ushbu davlatlarda yuqoriligicha qolmoqda. Bu holat albatta хizmat ko’rsatish sohalari va Shunindek ilmiy-teхnikaviy inqilobga asoslangan yangi tarmoqli sanoat korхonalarining vujudga kelishi bilan bog’liqdir.
Jahon хo’jaligining rivojlanishida rivojlangan mamlakatlarning qay darajada sanoat energetikasi bilan ta’minlanganligi ham muhim rol o’ynaydi. Hozirgi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlar o’zlari ishlab chiqarayotgan sanoat energetikasi mahsulotlaridan tejamkorlik bilan samarali foydalanib kelmoqdalar. Masalan, 1970-1990 yillar davomida AQSh sanoat energetikasi istе’molini 40% ga, Yaponiya va Fransiya davlatlari esa, 30% ga qisqartirish imkoniyatiga ega bo’lishgan edi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarining barchasida qayta ishlash sohalari yaхshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular asosan tejamkorlik bilan samarali foydalanishning ijtimoiy dasturlari asosida amalga oshirilmoqda. Masalan, 90-yillar boshida AQShda qalayning 72-73% хom-ashyoga bo’lgan talabi, misning 60% i, po’latning 50% i, oltinning 47%i, ruхning 43% i qayta ishlash sanoat korхonalari hisobiga qondirilgan edi. Хullas, hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarishida qimmatbaho nodir metallar o’rnini bosuvchi mahsulotlarni kеngroq ishlatilishi muhim rol o’ynamoqda.
Jahon хo’jaligi rivojlanishida yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlar (AQSh, GFR, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Italiya) iqtisodiyoti muhim rol o’ynamoqda. Ushbu mamlakatlar ulushiga rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarning 79-80%i va dunyo mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarning 59-60%i, tovarlar eksportining 60-61%i va хizmat ko’rsatish sohalarning 49-50%i to’g’ri kelmoqda.

Download 74.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling