Reja: Kirish Asosiy qisim Axborot – marketingning poydevoridir. Axborot tizimi Axborot turlari va ularni turkumlash. Axborotlarni to‘plash uslublari Marketing axborotlarining asosiy elementlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Axborot turlari va ularni turkumlash
Download 34.99 Kb.
|
Marketing DJanabayev Samandar
2. Axborot turlari va ularni turkumlash
Marketing tadqiqotlarini muvaffaqiyatli olib borish uchun birlamchi va ikkilamchi marketing axborotlarining optimal mosligi talab qilinadi. Marketolog tadqiqotchi X.Meffert axborot manbalarini tanlash matritsa- sini taklif etdi. Bu matritsada ichki va tashqi axborotlarni tadqiqot obyektiga qarab qo‘llanish chastotasi berilgan va ular ikki turga bo‘linadi: - birlamchi axborotlar; - ikkilamchi axborotlar. Iqtisodiy amaliyotda qo‘llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin: Ikkilamchi axborot – bu tadqiq etilayotgan muammo bilan bog‘liq bo‘lmagan, avval boshqa maqsadlarda to‘plangan ma’lumotlar.Uni kabinet tadqiqotlari, deb nomlangan ichki va tashqi manbalardan olinadi. Ikkilamchi axborotlar ichki manbalar, ya’ni mavjud axborotlar bo‘lib, ular firma faoliyatiga tegishli statistik ma’lumotlar, tovar aylanmasi, sotuv hajmi, import, eksport hajmi, reklamaga xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi, moddiy-texnika bazasi quvvati, asosiy fondlar, budjet hisobotlari, tashkilotning savdo xodimlari yuborgan ma’lumotlar, iste’molchilar reklamatsiyalari sharxi, ishlab chiqarish rejalari va boshqalardan iborat bo‘ladi. Bu axborotlar ichki ikkilamchi axborot- larga kiradi. Tashqi ikkilamchi axborotlar esa quyidagi tashqi manbalardan olinadi: – xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, rasmiy statistika, maxsus adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, ilmiy tadqiqotlar, davriy matbuot, milliy va xalqaro rasmiy nashr manbalari (jurnallar, statistik to‘plamlar, byulletenlar, Davlat organlari nashrlari, vazirliklar yillik hisobotlari, hokimiyat va boshqa ma’muriy organlarning rasmiy ma’lu- motlari, savdo-sanoat palatasi nashrlari va statistik ma’lumotlari, yillik statistik to‘plamlar, tarmoq firmalari va qo‘shma korxonalar axborotlari, maxsus kitoblar, jurnal va gazeta ma’lumotlari, ilmiy-tadqiqot inistitutlari, loyiha institutlari xalqaro simpoziumlar materiallari asosidagi nashrlar, narxlar ro‘yxati (price list), kataloglar va bukletlar, internet resurslarining mazmuni tahlilidan olingan va h.k. ma’lumotlar hisoblanadi. Tashqi axborotlarni rasmiy chop etilgan, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan va sindikativ ma’lumotlar, deb ataluvchi keng omma foydalana olmaydigan va ayrim tashkilotlar tomonidan chop etiladigan turlarga bo‘lish mumkin. Bunday axborot pulga sotib olinadi. Masalan, axborot-maslahat tashkiloti har oyda ma’lum bir tarmoq mahsuloti uchun bozor holatini baholab beradi. Bu axborotlarning qanchalik muhim ekanligini to‘g‘ri tanlash, turli maqsadga yo‘naltirilgan axborotlar aniq bir masalani hal etishga xizmat qilsa va undan kutilgan maqsadga erishilsa tegishli axborotni olish lozim. Ikkilamchi axborot afzalliklariga materiallarga tez va oson erishish, ularning nisbatan arzonligi, bir necha axborot manbalaridan birini tanlash imkoniyatini kiritish mumkin. Ammo ikkilamchi axborotlar kamchiliklarini ham aytib o‘tish lozim: ular eskirib qolgan, yetarli darajada ishonchli va to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Ikkilamchi tadqiqotlarning afzalliklari quyidagilardan iborat: - birlamchi axborotlarni dala tadqiqotlari o‘tkazib yig‘ishga qaraganda kabinet tadqiqotlari uchun sarf- xarajatlar ko‘p marta kam. - ikkilamchi tadqiqotlar ko‘pincha firmaning ichki holatini tadqiq qilish uchun zarur bo‘lib, bu holda birlamchi axborotlarga ehtiyoj bo‘lmaydi; -birlamchi tadqiqotda yechilmagan masalalar va bevosita firma faoliyatiga tegishli xulosalar kabinet tadqiqotlari bilan amalga oshiriladi. Agar ikkilamchi axborotning tahlili uning yetarli emasligidan guvohlik bersa, birlamchi axborotlarni yig‘ish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Tajriba ko‘pchilik marketing tadqiqotlari birlamchi ma’lumotlarni izlash bilan olib borilishini ko‘rsatadi. Birlamchi axborot – bu aniq bir marketing muammosini hal qilish uchun maxsus olingan ma’lumotlar hisoblanadi. Download 34.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling