Reja: Kirish Asosiy qisim
Download 111.63 Kb.
|
Abu Ali ibn Sino
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa………………………………………………………34 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati………………………35 Kirish
Reja: Kirish……………………………………………………….3 Asosiy qisim:………………………………………………..5 Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ijodi…………………………..5 Asarlari va Tabiiy fanlardagi faoliyati…………………………17 Abu Ali ibn sinoning falsafiy qarashlari……………………….26 Xulosa………………………………………………………34 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati………………………35 Kirish Avitsenna serqirra tabbiyot xodimi, fizik, faylasuf, matematik, astronom, kimyogar va musiqashunos. Bugungi kunda ham dolbzarligini yo‘qotmagan “Davolash kitobi” va “Kanun at-tib” kabi mshhur tibbiyot asarlari muallifi. “Tibbiyot fani qonun-qoidalari” mashhur ensiklopediyasi ko‘p asrlar davomida tibbiyot bo‘yicha qo‘llanma bo‘lib, Rim, Yunon, Hindiston va O‘rta Osiyo shifokorlarining tajribasi va nuqtai nazarini o‘z ichiga olgan. Ibn Sino fan tarixidagi buyuk shaxslardandir. G‘arb dunyosida uni Islomiy Sharqining buyuk allomasi deb hisoblashgan. Ibn Sinoning “Qonun at-Tibb” asari eng mashhur asarlaridan biri. Undan yunan, rim va fors tibbiyot san’ati namunalari o‘rin olgan. Kitob ko‘p qismlarga bo‘lingan. Ulardan eng asosiylari 5 kitob: Umumiy qarashlar (tibbiyot nazariyasi); Dorilarning alifbo tartibidagi ro‘yxati; Maxsus a’zolarga tegishli kasalliklar (patologiya va davolash); Barcha a’zolar bo‘yicha tarqaluvchi kasalliklar (jarrohlik va umumiy kasalliklar); Dorilarni tayyorlash. “Tib qonunlari”da parhezning muhimligi, salomatlikka tabiiy sharoit va atrof muhitni ta’siri haqida so‘z yuritiladi. Keyingi o‘rinlarda ko‘z anatomiyasi va turli ko‘z kasalliklari (katarakta kabi) hamda suv va tuproq orqali tarqaladigan kasalliklar haqida so‘z boradi. “Tib Qonunlari”da 760 xildagi dorivorlar ro‘yxati va ularning ta’sir doirasi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ibn Sino his qilish va insonning jismoniy holati o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini, hamda musiqani bemorga ijobiy ta’sirini aniqlagan. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida buyuk mutafakkirning hayoti, ijodi va faoliyatini to‘la tadqiq etish, uning asarlaridagi ezgu g‘oyalarni yosh avlod ongiga singdirish, ularni boy tariximizga ehtirom ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buxorodagi Afshona qishlog‘ida afsonaviy muzey tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 2000-yilda Ibn Sino jamoat fondi tashkil etilgani, ulug‘ bobomiz kindik qoni to‘kilgan makon – Buxoroda turli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilayotgani mashhur allomaning hayoti, faoliyati, ilmiy merosini o‘rganish, uning bizga noma’lum bo‘lgan asarlarini izlab topish va tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahonning turli kutubxonalarida Ibn Sino asarlarining qoʻlyozmalari saqlanadi, shu jumladan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qoʻlyozmasi mavjud. Yevropa olimlari Ye. Bishmann, Yu. Rus-ka Karra de Vo, X. Korbin, Kruz Xernandez, L. Garde, A. M. Guashon, X. Ley, P. Morividj, J. Saliba hamda arab, turk va eron olimlari M. U. Najotiy, A. N. Nodir, J. Sh. Qanavotiy, Said Nafisiy, Yahyo Maxdaviy, Umar Farrux, E. Ihsonoʻgʻlu, F. Rahmon, M. Muso, H. Gʻaraba, M. Shohvardiy va boshqa Ibn Sino ijodini oʻrganishga maʼlum hissa qoʻshdilar. Rossiyalik olimlardan Ye. E. Bertels, A. Ya. Borisov, I. S. Braginskiy, S. I. Grigoryan, B. A. Petrov, B. A. Rozenfeld, V. N. Ternovskiy, A. V. Sagadeyev, M. M. Rojanskaya, Tojikiston olimlaridan S. Ayniy, M. Dinorshoyev, T. Mardonov, N. Rahmatullayev, A. Bahovuddinov, Yu. Nuraliyev bu yoʻnalishning rivojlanishiga xizmat qildilar. Oʻzbekistonda Ibn Sino asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar S. Mirzayev, A. Murodov, A. Rasulov, U. I. Karimov, Yu. N. Zavadovskiy, A. A. Semyonov, M. A. Salye, P. G. Boʻlgakov, Sh. Shoislomov, E. Talabov, H. Hikmatullayevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. T. N. Qori-Niyoziy, I. M. Moʻminov, M. M. Xayrullayev, M. N. Boltayev, A. Axmedov, G. P. Matviyevskaya, V. K. Jumayev, N. Majidov, O. F. Fayzullayev, M. B. Baratovning monografiya va maqolalarida Ibn Sino ijodining turli qirralari tadqiq etilgan. Rus antropologi M. M. Gerasimov, bir necha tarixiy shaxslar qatori, Ibn Sinoning ham kalla suyagi asosida haykalportretini yaratgan. Download 111.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling