Reja: kirish asosiy qisim
Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari
Download 131.32 Kb.
|
KATTA GURUHIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH
Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
Ikki yoshli bola qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlashi mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobliyatlari yo'q, qo'l harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta'sir qilish bilan bog'liqdir. Birinchi kichik guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar: Rasm chizish jarayoniga natija beruvchi jamoat ishi deb qiziqishni uyg'otish. Rasm chizish materiallari - «qalam, bo'yoqlap» va ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish. Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tushunishni o'rgatish. To'g'ri va egri chiziqlarni hamda tomonlari berk shakllarni chizish prinsiplarini o'rgatish. Bu guruhning dasturi keyingi guruhlarning dasturidan bosqichma-bosqich murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg'uloti qog'oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o'yinchoqlardan bolalarga ma'lum bo'lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog'oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo bo'ldi. Qalamning ochilgan uchi qog'ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa iz qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog'ozda uning izlari ko'rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog'oz yirtilib ketishi mumkin. Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko'rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni uyg'otadi. Bulardan tashqari, oddiy texnik ko'nikmalarni qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish, bo'yoqni mo'yqalamning uchiga olishni bilish kabilarni o'rgatishni dastur o'z ichiga olgan. Ikkinchi - kichik guruhda rasm chizishni o'rgatish. Bu guruh bolalar (3 yoshli bolalar) psixologik jihatdan rivojlanadi, tajribalari ancha o'sadi. Tarbiyachi bu yoshdagi bolalar bilan rasm bo'yicha mashg'ulot olib borganda, bolalarning rasmga nisbatan qiziqishlarini orttiradi. Bu guruhda bolalarni rasm ishining sifati emas, balki ish jarayoni qiziqtiradi. Rasm bo'yicha barcha guruh bolalari tarbiyachining og'zaki ko'rsatmalarini tinglashga, tarbiyachining ko'rsatib bergan usullarini bajarishga o'rganib boradilar. Bu yoshdagi bolalar rasm faoliyatida tezda o'yin faoliyatiga o'tish bilan ajralib turadi. Masalan, doirachalar chizib, uning ichini qalam bilan urib chiqib, uni qush don cho'qiyapti, deb ifodalaydi. Bunda yosh bolalarning rang tanlash malakasi shakllanadi. Bolaning diqqatini ularga yoqqan ranglar tortadi. Bolalar tasviriy jarayonida so'z bilan ifodalashga o'rganadilar. Rasmda rasvirlay olmagan voqealarni so'z bilan to'ldiradi. Bolalarda mustaqillik, faolli o'sadi. Tarbiyachi bolalarga mashg'ulotda olgan bilim va ko'nikmalardan mustaqil foydalanish imkoniyatini tug'diradi. Agarda 1-kichik guruhda bolalarni nimaningdir tasviriga o'rgatilsa, 2-kichik guruhda bolalarni narsalarning tasviriy usullariga o'rgatib boriladi. Bolalar turli shakldagi predmetlarning tasviriga o’rgatiladi, doira, to'g'ri to'itburchak, uchburchak va turli yo'nalishdagi chiziqlarto'plarnidan iborat narsalarni chizadilar. Predmetlarning shaklini to'g'ri tasvirlashga o'rgatish uchun bolalarning qo'llarini shakliy harakat qilishga o'rgatish lozim. Bolalarga predmet shakli bilan qo'lning shakliy harakatlari o'rtasidagi bog'liqlikni o'rgatish lozim. Tarbiyachi predmetni tasvirlashga o'rgatishdan oldin, uni mashg'ulot oldidan ko'rib chiqadi (ya'ni kuzatish olib boradi). Bolalar jon-u dili bilan turli rangdagi koptoklar, sharlar va archa o'yinchoqlarini tasvirlaydilar. To'g'ri to'itburchak shaklining tasviriga bolalar bu guruhda qiynaladilar, shuning uchun bu shakl yilning 2-yarmida beriladi. Bolalar archa, daraxt, tursa yiqilmas qo'g'irchoq, aravachani tasvirlaydi. Qizil, sariq, ko'k, yashil, qora, oq ranglarni bilishga o’rgatiladi. Shuningdek, rang aralashtirishlarni (pushti, havo rang va zarg'aldoq, jigarrang) tavsiya etish mumkin. Bu guruh bolalardan ranglarni to'g'ri atash va tasvirlash aniq talab etilmaydi, ammo tarbiyachi asta-sekin predmetlar rang-tusining real tasviriga o'rgatib borishi kerak. Masalan, ko'm-ko'k o'tlar o’smoqda, o'tlarda sap-sariq jo'jalar o'tlab yurishibdi va hokazo. Bu guruhda bolalar rasmi mazmun jihatidan juda kambag'al bo'ladi, ya'ni ishlar mazmuni asosan so'zda ifodalaniladi. Masalan, mashina chizib, so'z bilan mazmun beradi. Masalan, bu mashina yurib ketdi yoki yuk olib kelyapti kabi. Mashg'ulot davomida bolalar bir turdagi predmetlarni bir necha marta tasvirlashni o'rganadilar. Bu esa bolalarni texnik ko'nikmalarini mustahkamlaydi. Rasm davomida ishni tezda tugatgan bolalarga tarbiyachi rasm mazmunini kengaytirish maqsadida yangi vazifalar berishi mumkin. Masalan, o't ustida yurgan jo'jalar yonida don yoki turli chuvalchanglarni solishni tavsiya etish mumkin va bu bilan bolalar chizgan ishlarini mazmunan boyitib borish va bolalarni ham shunga o'rgatib borish lozim. Download 131.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling