Reja: Kirish Asosiy qism Barqarolashish siyosati nima? Mamlakatda iqtisodiy barqarolikka erishish O`zbekistonda barqaror o`sish tushunchasi va uni amalga oshirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
O`zbekistonning Makroiqtisodiy ko`rsatkichlari(2017-2022)
Download 34.19 Kb.
|
akhmedov shohjahon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 888,34 trln so‘mga yetdi
- YAIM 80,38 mlrd dollarni tashkil etdi
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Internet saytlari
O`zbekistonning Makroiqtisodiy ko`rsatkichlari(2017-2022)
Xulosa O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1993-yil 7-mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida nutq so‘zlarkan «Mustaqil davlat boshqa davlatlardan ayri tarzda iqtisodiy hur bo‘lishi uchun o‘z puliga o‘zining milliy valyutasiga ega bo‘lmog‘i kerak. …Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir»-degan edi. 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining pul birligi-so‘m muomalaga kiritildi. Shu kundan boshlab respublіkamiz hududidagi yagona qonuniy to‘lov vositasi sifatida u barcha turdagi to‘lovlar uchun shuningdek bankdagi hisob varaqalariga kiritish uchun qabul qilinishi shart bo‘lib qoldi. Shundan keyin milliy valyuta qadrini oshirish uchun katta ishlar qilindi. Natijada 1995-1996 - yillarda pul qadrsizlanishi sur’atlari ancha qisqargan. Umuman mamlakatda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishning korxonalar va tarmoqlarning moliyaviy ahvoli mustahkamlanishining aholini va mamlakat iste’mol bozorini muhofaza qilishning muhim omili bo‘ldi. Mamlakatimizda bank tizimini rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish kabi murakkab jarayonlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida, inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturining o‘z vaqtida puxta ishlab qabul qilinishi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash hukumatning eng ustuvor vazifalaridan biri sanaladi, shuning uchun uning mohiyati va xususiyatlarini o'rganish iqtisodiyotning inqirozdan keyingi rivojlanish bosqichida dolzarb bo'lmoqda. So'nggi yillarda O'zbekistonning jahon mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining tobora kengayib borishi, rivojlangan mamlakatlar ko'magida milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha dasturlarning amalga oshirayotganligi, mahsulot va xizmatlar eksporti va importi hajmining muttasil o'sib borishi mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismiga aylanib borayotganligidan dalolat beradi. Demak, global inqirozning jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi hisoblangan O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatmasligi mumkin emas. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda investitsiyalarning o'sish sur'atlari alohida ahamiyat kasb etadi, chunki investitsiya sur'atlarining o'sishi natijasida ishlab chiqarishning texnik va texnologik ta'minoti yaxshilanadi, yangi ishlab chiqarish turlari o'zlashtiriladi, iqtisodiy o'sish sur'atlari faollashadi.Keyingi o'n yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga 150072,2 mlrd. so'm miqdoridagi kapital qo'yilmalar o'zlashtirilgan. yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda $7,5 mlrd.lik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i Bahrom Xudoyberdiyev malum qildi. Natijada, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari 11,5%ga bajarilgan. Xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar $6,6 mlrd, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari $941 mln.ni tashkil qilgan. O‘zbekistonda 2022 yilda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 888,34 trln so‘mga yetdi, deb xabar berdi prezident huzuridagi Statistika agentligi. 2021 yil darajasiga nisbatan real o‘sish sur’ati 5,7 foizni tashkil etdi. YAIMda sanoat mahsulotlarining ulushi 484,7 trln so‘mga (+5,2 foiz), xizmatlar ko‘rsatish — 343,3 trln so‘mga (+8,5 foiz), mahsulotlarga sof soliqlar — 60,3 trln so‘mgacha oshdi. O‘rtacha kurs bo‘yicha AQSh dollarida hisoblanganda nominal YAIM 80,38 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 11,18 mlrd dollarga ko‘p. Aholi jon boshiga YAIM real ko‘rinishda 3,5 foizga — 21,15 mln so‘mdan 24,91 mln so‘mga (2254,9 dollar) o‘sdi. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 5,3 foizga, 2020 yilda pandemiya yilida esa 0,1 foizga o‘sish qayd etilgan. Va albatta bu statistic malumotlarning barchasida o`sishni ko`rishimiz mumkin, bu esa mamlakatimizning iqtisodiy barqarorlikka erishishyotganiga yaqqol misol bo`la oladi desak ham xato bo`lmaydi. Bu borada O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga bosqichna – bosqich o`tishi ham belgilangan. Foydalanilgan adabiyotlar: Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. T.:2018 Shodmonov. Sh., Mamaraximov Iqtisodiyot nazariyasi. T.:2016 Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot. A.E.Ishmuhammedov, Z.A.Djumaev, Q.X.Jumayev. Toshkent 2006 Internet saytlari 1…http://fayllar.org/ 2…http://arxiv.uz/ 3….http://ziyonet.uz/ru Download 34.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling