Reja: kirish asosiy qism bog‘langan qo‘shma gaplarning formal -sintaktik talqini. Qo‘shma gaplarning formal-funksional talqini. Jahon tilshunosligida qo’shma gaplar talqini. Xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish


Download 82.17 Kb.
bet1/6
Sana19.12.2022
Hajmi82.17 Kb.
#1032518
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5246749898677691508



REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Bog‘langan qo‘shma gaplarning formal -sintaktik talqini.
2. Qo‘shma gaplarning formal-funksional talqini.
3. Jahon tilshunosligida qo’shma gaplar talqini.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Turli vositalar yordami bilan o'zaro birikib, intonasiya va mazmun jihatidan bir butunlik xosil qilgan bir necha sodda gap qo'shma gap deb ataladi.
Qo'shma gap qismlari bo'lgan sodda gaplarning o'zaro birikishi yordamchi so'zlar (bog'lovchilar, ko'makchilar, yuklamalar) bog'lovchi vazifasidagi so'zlar, turli qo'shimchalar intonasiya orqali bo'ladi.barcha hollarda qashma gap intonasiya jihatidan bir butunlikni tashkil etadi. Masalan: Daraxtlarning tanalariga hayot suvi yugurdi-da, ko'm-ko'k barglar mavj ura boshladi. (SH.R).
Yomg'ir tindi, ammo jo'yaklarda suv hali ham jildiramoqda edi. (S.N). Chollarning mehnati unum bermasa ham, maslahati unum beradi-ku! (I.R). Oltin olovda bilinadi, odam-mehnatda (maqol). Bu qo'shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o'zaro turlicha birikkan. Ular simantik, grammatik, intonasiya aloqalari har xildir. 1-2 qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar o'zaro teng aloqaga kirib, -da yuklamasi, ammo teng bog'lovchisi yordamida birikkan; simantik jihatdan mustaqillikka ega; kesimlari esa tuslangan fe'l bilan ifodalangan. 3-qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar bu xususiyatga ega emas. Ular o'zaro tobe bog'lovch yoki tobe bog'lovchisi vazifasidagi so'z, turli qo'shimchalar orqali bog'langan.
Ularning biri shaklan va mazmunan nisbiy mustaqillikka ega bo'lib, ikkinchisi bunga ergashib, mazmunini izohlab, to'ldirib, aniqlab kelayotir; kesimlari shart fe'li bilan ifodalangan. Gap intonasiyasi ham tobelanish ko'rsatmoqda. 4-qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o'zaro birikishiyana boshqachadir. Bularda bog'lovchi yoki bog'lovchi vazifasidagi vositalar yo'q. Ular o'zaro intonasiya orqali bog'langan.
Intonasiya qo'shma gapning boshqa tiplarida ham ishtirok etadi. Lekin tip qo'shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog'lashda asosiy rolni bog'lovchi va bog'lovchi vazifasidagi vositalar bajarib, intonasiya esa unda yordamchi vazifasida keladi.

Download 82.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling