Class — Yaratiladigan obyektning modeli (shabloni). Obyektrlar class lar asosida yaratiladi.
Vorislik — Mavjud bo’lgan klassning butun yoki qisman funksionalligi asosida yangi klass yaratish.
Polimorfizm — Bir interfeys, ammo turli xilda qurilishi. Javada polimorfizm metodlarni overload va override qilish orqali amalga oshiriladi.
Inkapsulatsiya — Metodlar va ma’lumotlarni bir butun qilib bog’lash.
Abstraktsiya — Obyektning ichki realizatsiyasini yashirib faqat uning funksionalini ko’rsatish. Javada abstraktsiya interfeyslar va abstrakt class lar bilan amalga oshiriladi.
Class (Sinf)
JAVA da sinf - bu maxsus turlar bo‘lib, o‘zida maydon, usullar va xossalarni mujassamlashtiradi. Sinf murakkab struktura bo‘lib, ma’lumotlar ta’riflaridan tashqari, protsedura va funksiyalar ta’riflarini o‘z ichiga oladi.
Sinf ta'rifi sodda shakli:
bu yerda:
sinf_tipi –class xizmatchi so'zi;
sinf_nomi – identifikator;
sinf_komponentlari_ro'yxati – sinfga tegishli ma'lumotlar va funksiyalar ta'rifi;
Metod – bu ob'ektlar ustida bajariladigan amallarni aniqlovchi sinf usuli;
Ma'lumotlar – bu ob'ekt strukturasini xosil qiluvchi maydon.
Sinf ob'ekti (sinf nusxasi) ni ta'riflash uchun quyidagi konstruksiyadan foydalaniladi:
Ob'ekt orqali maydonlarga va usullarga quyidagicha murojat qilish mumkin:
< ob'ekt_nomi >. ;
< ob'ekt_nomi >. ;
Konstruktor
Konstruktor - bu sinf ob'ektlarini avtomatik initsializatsiya qilish uchun ishlatiladigan maxsus komponentali funksiya.
Konstruktorlar ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
()
{}
Bu komponentaning nomi sinf nomi bilan bir xil bo’lishi lozim.
Dasturchi tomonidan ko'rsatilmagan xolda ham new operator yordamida sinf ob'ekti yaratilganda yoki xotirada joylashganda konstruktor avtomatik ravishda chaqiriladi.
Konstruktor ob'ekt uchun xotirada joy ajratadi va ma'lumotlar – sinf a'zolarini initsializatsiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |