Reja: Kirish. Asosiy qism: Obyektga yo’naltirilgan dasturlash asoslari Sinf va obyekt tushunchalari, ularning yaratilishi Metodlar(Funksiyalar) O’zgaruchilar, konstantalar Konstruktor, this ko’rsatkichi


Python (1980, Gvido van Rossum, Gollandiya) C++


Download 181.25 Kb.
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi181.25 Kb.
#219507
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Kirish. Asosiy qism Obyektga yo’naltirilgan dasturlash as

Python (1980, Gvido van Rossum, Gollandiya)

  • C++ (1985, Born Straustrup, Bell Labs laboratoriyasi, AQSh)

    • Greys Hopper 1951 yilda birinchi A-O nomli kompilyatorni yaratdi. Undan keyin B-O kompilyatori ishlab childi va unda 30 ga yaqin inglizcha so’zlardan foydalanilgan.

    • Dasturlashni rivojlantirish yo’lida “ENIAK” EHM yaratuvchilaridan biri Jon Mouchli 1949 yilda yuqori darajali dasturlash tillariga asos bo’la oladigan Short Code tizimini ishlab chiqqan uni rivojlantirgan.

    • Object Pascal, Delphi (1986, Larri Teslera, Apple Computer firmasi)

    • PERL (1987, Xerox PARC tadqiqot markazi, AQSh)

    • Ruby (1995, Yukixiro Matsumoto, Yaponiya),

    • Visual Basic.NET (VB.NET – 2002, Microsoft)

    • Java (1991-1995, Jeyms Gosling, Sun Microsytems, AQSh)

    • C# (1998-2001, Andres Heylsberg (Anders Hejlsberg), Microsoft)

    Mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlash asoslari.

    Obyektga yo’naltirilgan dasturlash yoki OYD – dasturlarni haqiqiy hayotiylikka asoslangan holdagi dasturlash usulidir. OYD ning protsedurali dasturlash tillari (masalan, Pascal, Basic, Fortran) dan asosiy farqi shundaki, OYD asosan obyektlarga asoslangan holda ishlasa,  protsedurali dasturlash tillari asosan funksiyalarga asoslangan bo’ladi, ya’ni bu usuldagi dasturlashda har bitta buyruqlar qadamma-qadam bajarilib boriladi.

    Class– OYDning markazi hisoblanadi va u har xil kodlar, ma’lumotlar va shu ma’lumotlar qay tarzda o’zgarishini ifodalovchi hususiyatlar saqlanadi. Boshqacharoq qilib aytadigan bo’lsak hayotiy obyektlarning qanday faoliyat yuritishi, nimalardan iborat ekanligi, qanday hususiyatlarga ega ekanligini tavsiflovchi kichik bir hujjat sifatida qarash ham mumkin.

    Class o’z ichiga o’zgaruvchilar va metodlar(funksiyalar) hamda qiymati o’zgarmaydigan konstantalarni oladi. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, har bitta klass bitta o’zgaruvchi tipi bo’lib ham hizmat qiladi. Xuddi Integer, String yoki boshqa tiplar kabi har bir class ham ma’lum bir tip sifatida qaralishi mumkin.

    Obyekt– bu class bilan farqli tushuncha xisoblanadi. Obyekt biz yozgan klassimizdagi har xil qoidalarga bo’ysunadigan ma’lumot bo’lib, u tezkor xotirada saqlanadi, class esa qattiq diskda saqlanadi. Har bir yasalgan obyekt tezkor xotiraning ma’lum bir yacheykalariga joylashadi.

    Misol, ko’p qavatli binoni tezkor xotira deb qarasak, unda istiqomat qiluvchi insonlarni obyektlar deb qarashimiz mumkin. Agar biz insonning hususiyatlari, bajaradigan ishlari haqidagi bilimlarni qog’ozga tushursak bu qoralamani klass deb qaralishi mumkin, garchi u texnik usulda yozilmagan bo’lsa ham. Biz ana o’sha qoralamani klassimizda kompyuter tushunadigan tilga keltiramiz.




    Download 181.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling