Unix operatsion tizimi
Download 0.74 Mb.
|
Unix operatsion tizimi
Unix operatsion tizimiREJA:
UNIX (talaffuzi: yuniks; UNIX — The Open Group kompaniyasining roʻyxatdan oʻtgan savdo belgisidir) — portativ, koʻp vazifali va koʻp foydalanuvchili operatsion tizimlar oilasi boʻlib, ular 1970-yillarda Ken Tompson, Dennis Richi va boshqalar tomonidan Bell labaratoriyasi (Bell Labs)da ishlab chiqilgan original AT&T Unix loyihasi gʻoyalariga asoslangan. Unix turkumiga kiruvchi operatsion tizimlar modulli konstruksiya bilan ajralib turadi, bunda har bir vazifa alohida yordamchi dastur tomonidan bajariladi, oʻzaro aloqa yagona fayl tizimi orqali amalga oshiriladi va utilitlar bilan ishlash uchun buyruqlar satri qoʻllaniladi. Unix gʻoyasi kompyuter operatsion tizimlarining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Unix tizimlari hozirda tarixiy eng muhim operatsion tizimlardan biri sifatida tan olingan. Unix boshqa muhim xususiyatlarga ega:
Hozirgi vaqtda Unix tizimlari asosan serverlar, shuningdek, turli qurilmalar, jumladan smartfonlar uchun oʻrnatilgan tizimlar orasida keng tarqalgan. Unix tizimlari superkompyuterlarda ham qoʻllanilmoqda, xususan, Linux TOP500 superkompyuterlarida 100 foiz Unix tizimida ishlamoqda. Ish stantsiyalari va uyda foydalanish uchun operatsion tizimlar orasida Unix va Unixʼsimon operatsion tizimlar Microsoft Windowsʼdan keyin ikkinchi (Mac OS), uchinchi (GNU/Linux)dan keyingi oʻrinlarda turadi Unixʼsimon tizimlarning boshqa operatsion tizimlardan asosiy farqi shundaki, ular dastlab koʻp foydalanuvchili, koʻp vazifali tizim hisoblanishidadir. Unixʼda koʻp odamlar bir vaqtning oʻzida har biri oʻz terminali (vazifalarni bajarish uchun buyruqlar berish vositasi)da ishlashi mumkin, shu bilan birga ularning har biri ushbu kompyuterning resurslaridan foydalanadigan koʻplab turli xil hisoblash jarayonlarini amalga oshirishi mumkin. xulosaXulosa qilib aytish mumkinki, UNIX operatsion tizimlari barqarorligi, xavfsizligi va moslashuvchanligi tufayli turli sohalarda keng qo'llaniladi. Ular juda ishonchli va xavfsiz bo'lib, ularni muhim ilovalar uchun ideal qiladi. Kuchli buyruq qatori interfeysi va moslashuvchanligi bilan ular ishlab chiquvchilar va tizim ma'murlari orasida mashhurdir.Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling