Reja: Kirish Asosiy qism Qishloq xojaligi kooperatsiyasi haqida


monopoliyasiga olib kelishining oldini oladi


Download 17.41 Kb.
bet3/5
Sana03.05.2023
Hajmi17.41 Kb.
#1423845
1   2   3   4   5
Bog'liq
kooperatsiya haqida va vazifalari

monopoliyasiga olib kelishining oldini oladi.
Bugungi kundagi iqtisodiyotning globallashuvi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxining o’sishi agrar sohada kooperatsiya xususiyatlarining rivojlanishiga olib keladi:
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi - bu tadbirkorlik sub'ektlarini birlashtirish jarayoni bo'lib, ishtirokchilarga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kontsentratsiyalash afzalliklaridan foydalanishga imkon beradi. Istalgan natijaga erishish (masalan, naslchilik, sut ishlab chiqarish korxonalari) imkoniyatlari mavjud. Bu yerda kooperatsya shunisi bilan xarakterlidirki bunda yagona ishlab chiqarish jarayonining alohida bo'g'inlari o'rtasidagi barqaror ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalar muhim hisoblanadi.
kooperativ o’z shaklini boshqa shakllardan ajratib turadigan tadbirkorlik faoliyatini va belgilarni korxonaning tashkiliy va ishlab chiqarish-biznes jihatlari bilan bog'liq holda ko’rishimiz mumkin. kooperativ deb belgilasak uning birinchi belgisi - umumiy mulk kooperatsiyaning asosini tashkil etadi. Kooperativda korxonaning mulki va nazorati kimning qo'lida bo’lsa xizmatlaridan va natijasidan o’shalar foydalanadi. Tadbirkorlik faoliyatining boshqa shakllarida bunday munosabatlar mavjud emas. Bu shuni anglatadiki, kooperativ korxonaning asosiy maqsadi maksimal darajada foydani oshirish va uning barcha ishtirokchilarining manfaatlarini qondirishga intiladi.
Haqiqiy kooperativ korxonaning ikkinchi belgisi xo'jalik operatsiyalarining tannarxga yondashuv bilan amalga oshirilishi va undan ortiq qismi daromadning a'zolari tomoniga qaytarilishidir.
O‘zbekiston Respublikasida kooperatsiya fuqarolar va yuridik shaxslarning iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatining turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkchilikning jamoa shakliga asoslangan ixtiyoriy birlashmalari (kooperativlari) majmuidan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar kooperativlarda ishlashi va ularga a’zo bo‘lishi mumkin emas. Barcha turdagi kooperativlar va ularning xo‘jalik uyushmalarini tuzishning, ular faoliyatining, ularni qayta tuzish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari ushbu Qonun, “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.



Download 17.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling