Reja: Kirish asosiy qism Zomin o‘rmon xo‘jaligi tavsifi Zomin o‘rmon xo‘jaligik joylashgan hududining tabiiy geografik sharoiti Maxsus qism 1


Download 26.41 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi26.41 Kb.
#1314566
Bog'liq
mmmmmmmmmmmmmmm


Reja: Kirish 3 Asosiy qism 1. Zomin o‘rmon xo‘jaligi tavsifi 5 2. Zomin o‘rmon xo‘jaligik joylashgan hududining tabiiy geografik sharoiti 7 Maxsus qism 1. Xo‘jalikda mehnatni tashkil etish va mehnatga haq to‘lash tartiblari 10 2. Xo‘jalikda o‘rmon barpo etish ishlari 13 3. O‗rmonni muhofaza qilish bo‗yicha amalga oshirilgan tadbirlar 20 4. O‘rmondan qo‘shimcha foydalanish sohalarini baholash 23 5. Amaliyot davrida bajarilgan ishlar 26 Xulosa 29 Foydalanilgan adabiyotlar 32 Ilovalar 33 3 KIRISH Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng mavjud yer maydonlaridan unumli va oqilona foydalanishga kata eʼtibor qaratdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (55-modda) da va ―Oʻrmon toʻgʻrisida‖ gi qonunda yuqoridagi masalalarning hozirgi holati, hamda uni bartaraf etish haqida alohida toʻxtalib oʻtilgan. Ushbu qonunda oʻrmonlarni muhofaza qilish, ximoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning maxsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish soxasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Respublikamiz hududlaridagi mavjud o‗rmonlar tabiatning eng bebaho boyliklaridan biridir. Ular atrof-muhitni sog‗lomlashtirish, inson yashash sharoitini yaxshilash yer va suv boyliklarini muhofaza qilish ularni saqlash, atmosfera havosini tozalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga o‗rmonlar xalq ho‗jaligida muhim rol o‗ynaydi. Xalq ho‗jaligining turli sohalarini o‗rmon hom ashyosisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Aholini yog‗och va qog‗oz kabi xalq iste‘mol mollari bilan ta‘minlashda o‗rmonlar o‗rnini xech bir soha bosa olmaydi. О‗zbekistonRespublikasining 2018 yilqabulqilinganyangitahrirdagi ―О‗rmontо‗g‗risida‖gi qonunida о‗rmonli maydonlarni kо‗paytirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Ma‘lumkiо‗rmonlar – tabiiy majmuabо‗lib, tog‗vatog‗oldihududlaridajarliklarpaydobо‗lishivasuvtanqisligimuammo siniyechishda, sel va boshqa yog‗inlar natijasida yuzaga keladigan tuproq yemirilishiga qarshi kurashda, chо‗l hududlarida qum 4 kо‗chishining oldini olishda, dasht va yaylovlar holatini yaxshilashda, sug‗oriladigan maydonlardagi qishloq xо‗jaligi ekinlari hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga egadir. Shuningdek о‗rmonzorlar toza suv saqlovchi, tuproq va havodagi namlikni mо‗tadillashtirib turuvchi, shifobaxshmevalar, oziq – ovqat hamda dorivor о‗simliklarning bitmas – tuganmas manbaidir. О‗zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 mayda qabul qilgan. ―О‗zbekiston Respublikasi о‗rmon xо‗jaligi davlat qо‗mitasi faoliyatini tashkil etish tо‗g‗risida‖ PQ-2966-son qarori sohaning moddiy-texnika bazasi jismonan va ma‘nan eskirgani va yetarli darajada modernizatsiya qilinmayotgani, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning grantlarini sohaga jalb qilish ishlarining sustligi, ushbu tarmoqda yuqori malakali mutaxassislar yetishmasligi, о‗rmon qonunchiligidagi ayrim me‘yorlarning amaliy ahamiyati va ularni amalga oshirish mexanizmi yо‗qligi soha faoliyatini rivojlantirish, о‗rmonlarni kо‗paytirish, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 5 1.1 ZOMIN O’RMON XO’JALIGI TAVSIFI Davlat O‘rmon Xo‘jaligi 1969-yil JizzaxViloyat DavlatO‘rmon xo‘jaligidan ajralib aohida shakllana boshlagan. Xozirgi kunda Sangzor bilan qo‘shib xisoblaganda umumiy yer maydoni 67000 gektarni tashkil qiladi. O‘rmon Xo‘jaligida 6 ta bo‘lim mavjud. Bo‘limdlarda 28 nafar o‘rmonchi faoliyat olib boradi. Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligi joylashgan o‘rniga ko‘ra Marguzar tog‘ tizmasidan Sangzor bilan Turkiston tog‘ tizmasida esa Oqtosh bilan chegaradosh hisoblanadi. Ushbu o‘rmon xo‘jaligining xozirgi kundagi  direktor  bosh o‘rmonchi  o‘rmon kadastri Umumiy yer maydoni 01.01.2020yil holatiga ko‘ra:  68425 gektarni tashkil qiladi; shu jumladan,  o‘rmon bilan qoplangan yerlar 16678.6 gektar;  madaniy o‘rmonzorlar 3586.8 gektar;  tutashmagan o‘rmonzorlar 718.5gektar;  ko‘chatxonalar 9 gektar;  siyrak o‘rmonzorlar 18584 gektar;  tabiiy ofat tufayli nobud bo‘lgan maydon 0 gektar;  sog‘lomlashtirish uchun va reja asosida kesilgan 0 gektar; 6  taqir yerlar 9404.5 gektar;  xaydaladigan yerlar 538 gektar; shu jumladan,  lalmi 538ga yaylovlar20640.6 gektar;  suv o‘rinlari 49.3 gektar;  bog‘ va uzumzorlar 224.9 gektar;  yo‘llar o‘rni 20 gektar;  axoli yashash joylari gektar;  botqoqliklar 0 gektar;  qumliklar 0 gektar;  ijtimoiy binolar 7 gektar;  boshqa yerlar 1377.4 gektar; 01.01.2021yil holatiga ko‘ra esa biroz o‘zgarish sezilgan. Umumiy yer maydon 500 gektarga qisqargan. Shunga ko‘ra, Umumiy yer maydon67925 gektar; o‘rmon bilan qoplangan yerlar 16950.6 gektar; Shu jumladan, madaniy o‘rmonzorlar 3997.8 gektar; tutashmagan o‘rmonzorlar 718.5 gektar; ko‘chatxonalar 9 gektar; siyrak o‘rmonlar 18584 gektar; 7 1.2 ZOMIN O’RMON XO’JALIGIK JOYLASHGAN HUDUDINING TABIIY GEOGRAFIK SHAROITI Milliy parkning iqlimi keskin kontinental bo‗lib, fasllarning almashishlari yaqqol seziladi. Bahorda o‗rmonlar yam-yashil. Yomg‗irning ko‗p qismi aprel, oktyabr va yanvar oylariga to‗g‗ri keladi. Iyul va avgust oylarida harorat +32 darajagacha ko‗tariladi, yanvarda esa -30 gacha pasayishi mumkin. Haroratning keskin o‗zgarishi tufayli qo‗riqxonada sovuqqa chidamli daraxtlar va butalar ko‗p o‗sadi. Flora vakillari orasida efir moyli, meva va reza mevali, sarg‗ish kabi shifobaxsh xususiyatlarga ega dorivor o‗simliklar uchraydi. Zomin chakalakzorlari bo‗ylab yurib, siz na‘matak, yalpiz, hashaki no‗xot, tarxun, piyoz, chinnigullar, do‗lana, yorongul va boshqa ko‗p narsalarni terib olishingiz mumkin. Bu bogʻ hududida asosan Sangzor va Zominsuv daryosi havzalari joylashgan. Umuman bogning gidrografik tarmoqlari unchalik qalin emas. Xalq bogʻining umumiy iqlimi kontinental va qurgʻoqchil. Bogʻhududida Sangzor —1307 m, Koʻlsoy — 2100 m, Guralash — 2260 m va Shahriston — 3200 m meteorologik st-yalari joylashgan. Togʻoldi yerlarida yillik yogʻin miqdori 353 mm, baland togʻlarda 348 mm, oʻrta togʻlarda esa 405 mm ga teng , ularning 50—6 bahor fasliga toʻgʻri keladi. Havoning yillik oʻrtacha nisbiy namligi 30— 35% tashkil qiladi, oʻrtacha yillik harorat koʻrsatkichi 21,7°—26,3° ga teng . 8 Koʻlsoy, Shaxriston punktlarida iyun oyining oʻrtacha harorati 21,9°— 9,9° ga teng. Bogʻda toʻq kulrang, och jigarrang , archa oʻrmonzor tuproqlari, yuqori togʻ yaylov, oʻtloqi-botqoqi, oʻtloqi tup-roqlar turlari uchraydi. Oʻsimliklar dunyosi dasht, archa oʻrmonzorlari, togʻ kserofitlari va subalp poyaslaridan iborat. Archazorlar bogʻ maydonining 55% tashkil qilib, 2000 — 3000 m balandliklarda joylashgan. Bu yerda archaning zarafshon (qora archa), sovur-archa va turkiston archalari turlari tarqalgan. Bogʻ mintaqalarida 400 yoshli va undan katta archalarni uchratish mum-kin. Ayniqsa bogʻ hududida dorivor oʻsimliklarning 30 dan ortiq turi, lolalarning koʻpligi, mevali butalarning keng tarqalishi eʼtiborga sazovor.Umumiy oʻsimliklar turlari soni 100 dan ortiq. Bogʻda daraxtlarning 8, butalarning 15 va oʻt-oʻlanlarning 220 dan koʻproq turlari uchraydi. Hayvonot dunyosi bogʻning landshaftiga qarab moslashgan, ammo ularning tarqalishida alohida chegara yoʻq. Pastki togʻ landshaftlarida (400—2000 m) tulki, quyon, choʻl boʻrisi, boʻrsiq, turkiston sassiq kuzani; oʻrta togʻ landshaftlarida oq tirnokli ayiq, yovvoyi toʻngʻiz, tulki, quyon, boʻri, baland togʻlarda ayiq, toʻngʻiz, oʻrta osiyo togʻ echkisi, Seversev qoʻyi, oq suvsar, si-lovsin; uy sichqoni, oʻrmon sichqoni, archazor sichqoni, olmaxon; qushlardan — chugʻurchuq, burgut, mayna, sava, koʻk qargʻa, zagʻizgʻon, sariq chumchuq, bul-bul, chugʻurchuq, burgut, ular, qirgʻiy, ukki, saʼva, loyxoʻrak, kabutar bor. Zominsuv va Sangzor irmoqlari boʻlgan soylarda marinka va shoh baliqlar koʻp; 9 ilonlardan sariq ilon, suv iloni, chipor ilon, qalqontum-shuq ilon, turkiston agamasi va suv baqalari uchraydi. Yomg‘ir asosan bahorda ko‘p miqdorda kuzda esa kamroq miqdorda yog‘adi. Yozda o‘rtacha harorat 28-30 C ni tashkil qilsa qishda o‘rtacha harorat 8-12 C qishda kechasi harorat -25 C gacha pasayadi. Qishda qor 20-60 sm gacha yog‘ishi kuzatiladi. Suvga to‘yingan katta daryo yo‘qligi sababli aholi asosan qor va yomg‘ir suvlaridan unumli foydalanishga harakat qilishadi. Fauna va flora dunyosiga keladigan bo‘lsak turli tuman hayvonlar va o‘simlik xar xil turdagi daraxtlar uchraydi shulardan daraxtlar bilan tanishib chiqamiz. Milliy parkda pastdan yuqoriga qarab borganda daraxtlarning bo‘yi pasayib yaproqbarglilar o‘rnini ninabargli daraxtlar egallay boshlaydi. Tog‘ning pastki qismida olma, yong‘oq, nok, chinor, shaftoli, behi kabi daraxtlar o‘sadi. Tog‘ning o‘rta qismida esa qisman yong‘oq do‘lana, tol, terak, bodom, butalardan uchqat, shilvi, irg‘ay kabilar o‘sadi. Yuqori qismida esa archa turlari ayrim past bo‘yli buta turlari va mavsumiy o‘t o‘simliklar o‘sadi. 10 2.1 XO’JALIKDA MEHNATNI TASHKIL ETISH VA MEHNATGA HAQ TO’LASH TARTIBLARI O’rmon xo’jaligida mehnatni tashkil etish nazariya va amaliyotga asoslangan holda korxonada ish jarayoni unsurlarini uyushtirish tartibi va tamoyillari. O‗rmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish. О‗rmon tuzish loyihalari davlat ekspertizasidan о‗tkaziladi hamda davlat о‗rmon xо‗jaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. О‗rmon tuzish loyihalari о‗rmon, qо‗riqxona va ovchilik xо‗jaliklari yuritish, о‗rmondan foydalanishni amalga oshirish, joriy va istiqbolga mо‗ljallangan rejalashtirish ishlarini olib borish uchun asosiy normativ-texnik hujjatdir. О‗rmon tuzish hamma о‗rmonlarda yagona tizim bо‗yicha О‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xо‗jaligi vazirligi huzuridagi о‗rmon xо‗jaligi bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda о‗tkaziladi. ―О‗rmonloyiha‖ davlat korxonasi tomonidan har yili davlat byudjeti mablag‗lari hisobidan 3-4 ta о‗rmon xо‗jaliklarida о‗rmon tuzish ishlari amalaga oshiriladi. О‗rmon tuzish ishlari О‗rmon xо‗jaligmi bosh boshqarmasining 2012 yil 7 maydagi 48-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―О‗rmon tuzish loyiha-qidiruv ishlarini bajarish tartibi‖ga asosan olib boriladi. 11 О‗zbekiston Respublikasi ―О‗rmon tо‗g‗risida‖gi qonunining 17- moddasida О‗rmonlarning davlat hisobi о‗rmon tuzish loyihalari asosida davlat о‗rmon xо‗jaligi organlari tomonidan, о‗rmon tuzish о‗tkazilmagan joylarda esa davlat о‗rmon fondini hisobga olish va tekshirish materiallari asosida olib borilishi belgilangan. О‗rmonlarning davlat hisobi davlat byudjeti mablag‗lari hisobidan yagona tizim bо‗yicha, О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olib borilishi belgilab qо‗yilgan. О‗rmonlarni davlat hisobi ishlari о‗rmon xо‗jaliklari tomonidan har yilning 1 yanvar holatiga amalga oshiriladi vaО‗rmon xо‗jaligi bosh boshqarmasiga taqdim etib boriladi. О‗zbekiston Respublikasi ―О‗rmon tо‗g‗risida‖gi qonunining 18- moddasida Davlat о‗rmon kadastri О‗rmonlarning tabiiy, xо‗jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, davlat о‗rmon fondi uchastkalarining sifat tavsiflari hamda ularning о‗rmondan foydalanuvchilar о‗rtasidagi taqsimoti tо‗g‗risidagi ma‘lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat ekanligi, Davlat о‗rmon kadastri manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni о‗rmonga oid munosabatlarni tartibga solish, о‗rmonlarni muhofaza qilish, qо‗riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy kо‗paytirish maqsadida о‗rmon tо‗g‗risidagi ma‘lumotlar bilan ta‘minlash uchun mо‗ljallanganligi, Davlat о‗rmon kadastri davlat о‗rmon xо‗jaligi organlari tomonidan davlat byudjeti mablag‗lari 12 hisobidan yagona tizim bо‗yicha, О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda olib borilishi kо‗rsatilgan. Davlat о‗rmon kadastri ishlari о‗rmon xо‗jaliklari tomonidan har yilning 1 yanvar holatiga amalga oshiriladi va О‗rmon xо‗jaligi bosh boshqarmasiga taqdim etib boriladi. О‗rmon xо‗jaligi bosh boshqarmasi Davlat о‗rmon kadastri bо‗limi tomonidan umumlashtirilib, О‗zbekiston Respublikasi ―Yergeodezkadastr‖ davlat qо‗mitasining Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladi. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Mehnatni tashkil etishning va moddiy resurslardan oqilona foydalanish, mahsulot ishlab chiqarishni va uning sifatini oshirish; sanitariyagigiyena va ruhiyfiziologik vazifalariga ishchixodimlar sogʻligʻini muhofaza etish, mehnat sharoitlarini belgilangan standart va meʼyorlarga mosligini taʼminlash; ijtimoiy vazifalariga mehnatning mazmuni, uning ijodiyligini, kishilarning maʼnaviy kamol to-pishini rivojlantirish, ularning ijtimoiy muhofazasini tashkil etish; tashkiliy vazifalariga har bir ish joyini tashkil etishda ergo-nomik talablarga muvofiklikni taʼminlash kiradi. 13 2.2 XO’JALIKDA O’RMON BARPO ETISH ISHLARI Daraxt va butalardan iborat о‗rmonzorlar kо‗chatzorlarda о‗stirilgan urug‗kо‗chat va kо‗chatlardan yoki о‗rmonzorlar barpo etish uchun ajratilgan maydonlarga urug‗ ekish yо‗li bilan barpo etiladi. О‗rmonzordagi daraxtlar turining tarkibi va о‗rmon sifatini yaxshilash mevali о‗rmonlar hosildorligini oshirishda о‗rmon barpo etish ishlarini irsiy xususiyatlari yaxshi, ekish sifati yuqori bо‗lgan daraxt va buta urug‗lari bilan ta‘minlash katta ahamiyatga ega. Daraxtlarning asosiy xususiyatlari (shoxshabbalarining shakli, о‗sish quvvati, kasallik va hashoratlarga chidamliligi, hosildorligi va boshqalar) urug‗larning genetic kodida mujassamlanadigan о‗zgaruvchanlik bilan aniqlanadi. О‗rmon barpo etish ishlari uchun belgilangan urug‗larga yuqori darajadagi talablar qо‗yiladi. Bu urug‗ о‗sishining boshlang‗ich davrida ulardagi ozuqa moddalar hisobiga о‗simliklar о‗sib chiqishi bilan moslangandir. Davlat standartlari bilan ekiladigan urug‗larga quyidagi talablar qо‗yiladi: urug‗lar tozaligi -85-95% (bularga qumda ekiladigan daraxt va buta turlari kirmaydi), qora saksovul va qayrag‗och - 55%, 60- 65% va ularning unuvchanlik darajasi 60-90%. Ildizi yaxshi rivojlangan yirik, baquvvat kо‗chatyetishtirish uchun kо‗chatzorda urug‗kо‗chatlarni ekib о‗stiribolinadigan kо‗chat (sajenets) bо‗limi bо‗ladi. Bu bо‗limda о‗rmonbarpo etish, himoya о‗rmonzorlari yaratish vakо‗kalamzorlashtirish ishlari uchun kо‗chat yetishtiriladi. 14 Bukо‗chatlardan о‗rmon barpo etishda foydalanish istiqbollihisoblanadi.Yirik kо‗chatlardan foydalanib barpo etilgansun‘iy о‗rmonzorlarni yetishtirish muddati kо‗chatzordagiparvarishlash ishlari hisobiga qisqaradi.Kо‗chatzorda yirikkо‗chatlarni yetishtirish agrotexnikasidagi texnik jarayonlarnimexanizatsiyalashtirish sun‘iy о‗rmonzorlarni birinchiyillarida parvarishlashdagi ish jarayonlarinimexanizatsiyalashtirishga nisbatan yengil va kam sarfharajatlibо‗ladi.Yuqori agrotexnik ishlov berib yetishtirilgan kо‗chatlardoimiy о‗sish joyiga kо‗chirib о‗tkazilganda yaxshi tutib qoladiva о‗sib rivojlanadi. Urug‗kо‗chatlarga nisbatan kо‗chatga tutibqolishi uchun kam vaqt talab qilinadi, qisqa vaqt ichida о‗sib rivojlanish fazasiga о‗tadi, hamda begona va yovvoyiо‗simliklarga qarshilik kо‗rsatib о‗sadi. Kо‗chatlardan foydalanib barpo etilgan о‗rmonlarningafzalligi ularning urug‗kо‗chatlarga nisbatan yaxshi rivojlanganligidadir.О‗simlikning yer ustki qismi bilan ildizsistemasining hamda assimilyatsiya apparati va oziqlantiruvchi ildizlarning optimal nisbatiga ega bо‗lganligidir.Kо‗chat yetishtirish uchun belgilangan maydonga nimjonurug‗kо‗chatlar kо‗chirib о‗tkaziladi. Ildizi qisman qirqilgandankeyin regeneratsiya bо‗lishi natijasida ularning ildizsistemasini bir xil yoshdagi urug‗kо‗chatlarga nisbatantarmoqlanib ixcham shakllanishiga olib keladi.Bu kо‗chirib,doimiy joyga о‗tkazilganda yaxshi tutib qolishini ta‘minlaydi. 15 Kо‗chatzorda kо‗chatlarni о‗stirish doimiyligi ularnikelajakda foydalanish maqsadi bilan belgilanadi.О‗rmonbarpo etish uchun kо‗chatlar 2-4 yil davomida о‗stiriladi,kо‗kalam-zorlashtirish maqsadida foydalanish uchun esadaraxtlar kо‗chati 6-12 yil, butalar kо‗chati 2-3 yil о‗stiriladi. Kо‗chatlarni о‗stirish davomida ularning oziqlanishmaydonini kengaytirib borish bilan uch marotabagacha kо‗chiribо‗tkaziladi. Bu maqsadda birinchi, ikkinchi va uchinchi dalalartashkil etiladi. Birinchi dalaga 1-2 yoshli urug‗kо‗chatlar 0,9x0,3m sxemada kо‗chat qilinadi. Ikkinchi dalaga 3-4 yoshli kо‗chatlar1x1 m yoki 1,5x1,5 m sxemada kо‗chirib о‗tkaziladi. Uchinchi dalagaesa 6-8 yoshli kо‗chatlar 3x2 m sxemada о‗tkazilib parvarishlanadi. Dalalarga о‗tkazilishidan oldin kо‗chat materiallarisaralanadi, shikastlangan ildizlar qirqiladi. Sernamtuproqli hududlar uchun ildiz sistema 15-25 sm gacha, namliktanqis bо‗lgan xududlar uchun 20-30 sm gacha qisqartirilibqirqiladi.qirqilgan ildizlar chirindi yoki torf bilantuproqning suvli eritmasiga botiriladi. Bu eritmagageteroausin yoki boshqa о‗stiruvchi moddalar qо‗shilishi mumkin. Kо‗chat yetishtiriladigan dalalardagi tuproq urug‗kо‗chatyetishtirish bо‗limidagiga nisbatan chuqur ishlanadi, almashlabekish dalalardagi tuproqqa ishlov berish sistemasi esaurug‗kо‗chat yetishtirish bо‗limidagi kabi qо‗llaniladi. Kо‗chat о‗stirish dalalarida tuproqqa ishlov berishchuqurligi о‗stiriladigan kо‗chatning ildiz sistemasiningkattaligiga bog‗liq. Birinchi 16 daladagi asosiy haydash, о‗rmon vaо‗rmon chо‗l mintaqalarida 30-35 sm, dasht mintaqalarida esa 35-40 sm chuqurlikda bajariladi. Ikkinchi dalada mos holda 35-40sm va 40-50 sm, uchinchi dalada esa 45-50 sm va 55-60 smchuqurlikda ishlanadi. Haydash chuqurligi qanday bо‗lishidanqat‘iy nazar tuproqning 20-30 sm qatlamiga о‗g‗it beriladi,ya‘ni kо‗chat ildizlarining asosiy qismi joylashgan tuproqhajmi о‗g‗itlanadi. Tuproqqa ekish oldidan ishlov berish urug‗kо‗chat yokikо‗chatni о‗tkazish chuqurligida qatlamni ag‗darmasdanbajariladi. Birinchi dalada urug‗kо‗chat yoki ildiz olganqalamchalarni о‗tqazish uchun tuproq 25- 30 sm chuqurlikda PLN-4-35(ag‗dargich) yordamida yumshatiladi, keyin boronalanadi. Ikkinchi va uchinchi dalalarda kо‗chat о‗tkazish uchun tuproq 45- 50sm chuqurlikda ag‗dargichsiz plantajli plug yordamida yumshatishbilan birga boronalanadi. Bulardan tashqari tuproqqa ekishdanoldin ishlov berishlar joyni tekislash va frezalar (FP-2,FPSH1,3) yordamida yumshatish ishlarini о‗z ichiga oladi. Kо‗chatо‗stirish dalalariga yaproqbargli daraxt turlarining kо‗chatlaribahorda va kuzda, ignabarglilar odatda bahorda о‗tkaziladi. Bahorda о‗tqazilganda barg chiqarmasdan oldin, kuzda esa burglartо‗kilgandan keyin о‗tkaziladi.О‗tkazish muddatlaribelgilangan iqlim sharoitidan va о‗simlikning biologicxususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. 17 Daraxt va butalarning kо‗chatlarini dalalarda tartibliaralashtirilgan holatda joylashtirib о‗stirish mumkin. Bu yerdauzoq muddat 4-12 yil davomida о‗stiriladigan daraxtkо‗chatining qatorlar oralig‗i 2,1-3,0 m masofadajoylashtirilib о‗stiriladi. Ularning qator oralariga 2-3 yilо‗stiriladigan buta turining kо‗chati о‗tkaziladi.Natijadadaraxt turi kо‗chatini о‗stirishning bir rotatsiyasi davomidabuta kо‗chati ikki va undan ortiq rotatsiyani о‗taydi. Butalarkо‗chatlarini bir necha marotaba qazib olinishi oqibatidaasosiy daraxt turi kо‗chatining ildizchalari qirqiladi vatarmoqlanib shakllanadi. Kо‗chat о‗stirish dalalarida kо‗chatlarni о‗rmon barpo etishmaqsadida о‗stirish uchun kо‗chatlarni quyidagi sxemadajoylashtiradilar: -bir yillik kо‗chatlar uchun 0,6-0,7 m x 0,2 m; -ikki yillik urug‗kо‗chatlar uchun 0,3 x 0,3 m; -butalar va qalamchalash bо‗limi uchun 0,6-0,12 m. Kо‗chat о‗stirish dalalariga kо‗chatlar SSHN-3 kо‗chat о‗tqazish mashinalari yoki LPA agregati yordamida о‗tkaziladi. Kо‗chatо‗tqazish bilan birga ariq olish uchun SSHN-3 mashinasiniqо‗shimcha tarzda soshnik о‗rnatiladi. Ekish oldidan urug‗kо‗chatlar saralanadi.О‗tkazish uchunajratilgan kо‗chatlarning singan va shikastlangan ildizlaribog‗ qaychisi yordamida kesiladi. 18 Urug‗kо‗chatning ildiz sistemasiekish chuqurligidan katta bо‗lgan holda ular qisqartiriladi.Ildiz uzunligi 25 sm dan kam bо‗lmasligi kerak.Ildizlarо‗tkazishdan oldin chirindining suvli eritmasiga botiriladi.О‗simlik yaxshi tutib qolishi va о‗sib rivojlanishi uchunchirindi eritmani geteroauksinning 0,002% li eritmasidatayyorlanadi. Urug‗kо‗chat о‗tqazilgandan keyin uning ildizlarijoylashgan tuproq zichlashtiriladi. Urug‗kо‗chatlar ildiz bо‗ynituproq keyinchalik zichlashishini hisobga olib tuproq yuzasidan2- 3 sm chuqurlikda joylashtiriladi. Yaproq bargli daraxtlarning urug‗kо‗chatlarini о‗tkazishbilan birga shox-shabbalari qisqartirilib qirqiladi.Yer ustkiqismini sovuq urgan holda ular shtambidan qirqiladi.О‗tqazilgan о‗simlik yuqori darajada tutib qolishigaerishish uchun kо‗chatlarni о‗tkazish davrida ildizning quribqolishini oldini olish, ildiz sistemasi tо‗g‗ri joylashtirilibatrofidagi tuproqlarning zichlash, ekish chuqurligiga amalqilinishi zarur.Dalalarga ekilgan kо‗chatlarni parvarishlash ishlarisug‗orishni, tuproqni vaqtivaqti bilan yumshatishni, yovvoyiо‗tlardan tozalashni, qо‗shimcha oziqlantirishni, shtamb vashoxlarni shakllantirishni, hamda kasallik vazararkunandalarga qarshi kurashishni о‗z ichiga oladi.Urug‗kо‗chatlar о‗tqazilishi bilan sug‗oriladi.О‗zbekistonningissiq iqlim sharoitida sug‗orishga katta ahamiyat beriladi. Kо‗chatning ildiz sistemasi egallagan chuqurlikkacha tuproqni zaxlatadigan birinchi sug‗orish kо‗chatning suvga bо‗lgan talabini qondirish bilan birga ildiz sistemasi atrofidagituproqlarning 19 zichlashishini ta‘minlaydi.Ushbu davrdatuproqda namlikning yetishmasligi kо‗chatlarning nobudbо‗lishiga olib keladi.Bir yoshli kо‗chat dalalarini о‗sish davrida 8-10 marotaba;aprel oyida bir-ikki, may, iyun va iyul oylarida ikkimarotabadan, avgust oyida bir-ikki marotaba sug‗oriladi.Ikki yoshli kо‗chat dalalarini о‗sish davrida besholtimarotaba, uchinchi-tо‗rtinchi yillari tо‗rt-besh marotabasug‗oriladi. Har bir sug‗orishdan ikki-uch kun keyin qator oralariyumshatiladi va yovvoyi о‗tlardan tozalanadi.qatordagi qо‗chatlaratrofi qо‗l mehnati bilan о‗sish davrida uch-tо‗rt marotabayumshatiladi. Kо‗chatlar yaxshi tutib olgandan keyin qо‗shimcha oziqlantiriladi. Vegetatsiya davridagi intensiv о‗sish vaqtida kо‗chatlar ikki-uch marotaba qо‗shimcha oziqlantiriladi. Qо‗shimcha oziqlantirish meyori kо‗chatlarning unga bо‗lgan ehtiyojidan, tuproqdagi oziq moddalar tarkibidagi hamda tuproqqa berilgan asosiy о‗g‗it miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. 20 2.3 O‘RMONNI MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN TADBIRLAR Zomin va Baxmalda tabiatni muhofaza qilish uchun maxsus prokuratura tashkil etiladi. Bosh prokuratura tizimida Zomin va Baxmal tabiatini muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‗yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi. Bosh prokuratura tizimida 8 nafar xodimdan iborat bo‗lgan Zomin tabiatini muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‗yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning «Jizzax viloyatida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosini ta‘minlashning ko‗shimcha chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi қарорида ko‗rsatib o‗tilgan. Qarorga ko‗ra, ixtisoslashtirilgan prokuratura xodimlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi hamda O‗rmon xo‗jaligi davlat qo‗mitasidan 4 nafardan xodimni qisqartirish hisobiga shakllantiriladi. Ixtisoslashtirilgan prokuraturaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:  Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari hududlarida tabiatni muhofaza qilish, sog‗lomlashtirish va rekreatsiya 21 maqsadlariga mo‗ljallangan yerlar, o‗rmon va suv fondi yerlari, shu jumladan Zomin milliy tabiat bog‗i va Zomin davlat qo‗riqxonasi yerlaridan oqilona foydalanish hamda bunday yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ustidan doimiy nazorat o‗rnatish;  tumanlar hududidagi tabiatni muhofaza qilish, sog‗lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‗ljallangan yerlarning o‗zboshimchalik bilan egallab olinishi hamda ularda noqonuniy qurilmalar qurilishining oldini olish bo‗yicha doimiy choralar ko‗rib borish;  tumanlar hududidagi o‗rmon va suv fondi yerlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan doimiy monitoring olib borish;  tumanlar hududida tabiatni, yer osti boyliklarini, o‗simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan qat‘iy prokuror nazrotini o‗rnatish;  «Zomin» turistik-rekreatsiya zonasi hududiningg ekoturizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi turizm yo‗nalishlarini tashkil etish, turistlar oqimini yanada ko‗paytirish bo‗yicha belgilangan vazifalarning ijro etilishiga ko‗maklashish;  sohada qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish choralarini ko‗rish. Ixtisoslashtirilgan prokuratura Zomin tuman hududida joylashadi. 22 Eslatib o‗tamiz, avvalroq «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi tashkil etish bo‗yicha prezident farmoni imzolangan edi. Unga ko‗ra, turistik zona hududida «Suffa platosi. 2400» xalqaro umummavsumiy kurorti va «O‗riklisoy» turizm majmuasi tashkil etilishi belgilangan. 23 2.4 O’RMONDAN QO’SHIMCHA FOYDALANISH SOHALARINI BAHOLASH Davlat oʻrmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin. Oʻrmondan foydalanish uchun haq toʻlanadi. Toʻlovlar miqdori va ularni undirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Oʻrmondan foydalanish doimiy va vaqtinchalik boʻlishi mumkin. Oʻrmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berib qoʻyilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻrmondan doimiy foydalanuvchilardir. Oʻrmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoqmuddatli — oʻn yilgacha boʻlishi mumkin. Oʻrmondan foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, davlatoʻrmonxoʻjaligiorganlaritomonidanyokiularvakolatbergankorxonal ar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan beriladi. Oʻrmondan foydalanishga maxsus ruxsatnoma — daraxt kesish yoki oʻrmon chiptasi asosida yoʻl qoʻyiladi. Oʻrmondan foydalanuvchilar davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan oʻrmondan foydalanishning maxsus ruxsatnomalarda nazarda tutilgan turlaridangina foydalanishga haqlidir. Oʻrmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat: daraxtzorlar va butazorlarni kesish; 24 oʻrmondan qoʻshimcha foydalanish (pichanoʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar dorivor xomashyosini tayyorlash (yigʻish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash (yigʻish); davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ovchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish; davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish. Qonun hujjatlarida oʻrmondan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin. О‗rmon fondi yerlaridan yaylov sifatida foydalanish pichan tayyorlash, asalarichilikni rivojlantirish, ovchilik servisini va ekoturizmni tashkil etish, noruda qazilmalar olish, chorvachilik va parrandachilikni yо‗lga qо‗yish mumkin. О‗rmonning barcha yog‗och bо‗lmagan qо‗shimcha mahsulotlari о‗rmon ne‘matlari hisoblanadi va ularni ishlab chiqarilishi kam xarajat yoki butunlay xarajatsiz amalga oshadi. Demak о‗rmon boyliklari xalq xо‗jaligini turli sohalarini xom ashyo mahsulotlar bilan ta‘minlashda ahamiyati balanddir, shu sababli ham О‗zbekiston Respblikasi о‗rmon fondida yog‗ochsiz о‗rmon mahsulotlari sektorini rivojlantirishga alohida e‘tibor berilmoqdaRespublikamizda о‗rmon resurslarini baholash bо‗yicha о‗tkazilgan dastlabki hisob-kitoblar о‗rmon fondi yerlaridan yiliga 2 25 million AQSH dollari miqdorida turli qо‗shimcha mahslotlar olish imkoniyatlari mavjudligini kо‗rsatdi: ular asosan qishloq xо‗jaligi mahsulotlari, mevalar, dorivor va ajoyib ifor beruvchi о‗simliklar, asal, yong‗oq va pichandir. 26 2.5 AMALIYOT DAVRIDA BAJARILGAN ISHLAR Amaliyotning birinchi kuni biz O‘rmon xo‘jaligi bilan tanishdik.Bo‘limlarini o‘rganib chiqdik. Rahbariyat va xodimlar bo‘limida tanishuvlar bo‘ldi. Bundan tashqari texnika xavfsizligi, o‘rmon xodimlari uchun mehnat muhofazasi yong‘inga qarshi kurash va ularni oldini olish chora tadbirlari va mehnat muhofaza qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik qonun-qoidalari bilan tanishdik. Keyingi kunlarda xo‘jalikdagi hujjatlar bilsan ishlashni o‘rgandik.Bunda o‘rmonchi xodimlarga razryad bo‘yicha mehnatga haqi to‘lash tizimini o‘rgandik. O‘rmon barpo etishda maydon tanlash, maydon belgilash, daraxt va buta turlarini tanlash, qazib kelish va ekish, parvarishlash , agrotexnik tadbirlar, o‘g‘itlash va zararkunandalarga qarshi kurashishni o‘rgandik. Amaliyot mobaynida bajarilgan ishlar o‘rnida shuni aytish mumkinki: Xo‘jalikda 4x4 sxemada 10 ming tup olma va 7 ming tup nok ko‘chatlarini ekish bo‘ldi. Bizga berilgan maydonga amaliyot rahbarim boshchiligida o‘rmonchi va ishchilar bilan birgalikda bordik. Bunda bizga qo‘shimcha ishchi kuchi hamda texnika vositalari kerak bo‘ldi. Ko‘chatlarni tashib keltirdik va vaqtincha ko‘mib qo‘ydik. Qo‘l kuchi bilan ko‘chatlarni 27 ekdik. Ko‘chatlarni ekib bo‘lgandan so‘ng har bir qatorga ariq olindi va sug‘orildi. Birinchi sug‘orishdan keyin ko‘chatning qovjiragan hamda texnik jarohatlangan qismlari qirqib chiqildi.Keying kunda ko‘chatlar oqlandi. Qatorlariga tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Turli xil mineral og‘itlarni eritish hamdasuv orqali ko‘chatlarga yuborish uchun hovuzlar tashkil qilindi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o‘rmon xo‘jaligida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar quyidagilardan iborat: Birinchi navbatda o‘rmon xo‘jaligida qizil kitobga kiritilganhayvonlar vao‘simlikdunyosini ovlanishi va kesilishiga hozirgidanda ma‘suliyat bilan yondashish va ularni muhofaza qilish kerak. O‘rmon xo‘jaligida imkoniyatlar juda keng undan chorva mollarini boqishda, ovchilikda, baliqchilikda, dehqonchilik va qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida be ixtiyor beqiyos xissasi sezilmasdan qolmaydi. Misol uchun yog‘ochsozlik salmoqlidir.Bundan tashqari o‘rmon xo‘jaligida dorivor o‘simliklar yetishtirishda ham keng foydalaniladi.Misol uchun tog‘ qiyaliklarida o‘sadigan bir yillik o‘simliklardan lola va ravoch asosan bahorda o‘sib rivojlanib so‘ng quriydi. Mana shu o‘simliklarning o‘sish areali kichrayshiga ham asosiy sabab inson omilihisoblanadi. Har xil kasalliklarga deya ularni 28 tomirlari bilan kovlab olish natijasida ularning o‘sish areali tog‘ning yuqori qismiga qarab chekina borgan. Ba‘zi hududlarda esa faqatgina odm yurib bo‘lmaydigan qiyaliklarda o‘sadi xolos.Bunday o‘simliklar yo‘qolib ketishi dorivor o‘simliklar kamayishi bilan birga floramiz xilma xilligining pasayishiga olib keladi. 29 XULOSA О‘rmon xо‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida mustaqil fikrlovchi, ijodiy faoliyatga tayyor, respublikaning ilmiy texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini ta‗minlashga qodir, yuksak ma‗naviy va madaniy sifatlarga ega, jahon andozalari talablariga mos, soha bо‘yicha yechimini kutayotgan masalaning mohiyatini bayon etishi va tahlil qilishi, texnikaviy-iqtisodiy talablarni ifodalashi, topshiriqni yechish talqinlarini kо‘rib chiqish va oqilona yо‘lni belgilash, tanlangan yо‘lni hisob-kitob texnologik va iqtisodiy yechimini berishi, topshiriqning yechish natijalari bо‘yicha xulosa chiqarish va tavsiyalar berishi hamda о‘rmonchilikning tegishli sohasiga ularni tadbiq etish imkonini belgilaydigan raqobatbardosh kadrlar bо‘lib yetishishi talab qilinadi. Yuqorida qayd etilganlarni e‗tiborga olgan holda biz bitiruv ishi oldi amaliyotini o‘tadik. Kelajakda О‘rmon xо‘jaligida daraxtzorlarni yetishtirishning zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish; yaproq va nina bargli kо‘chatlar yetishtiradigan kо‘chatzorlar tashkil etishni rejalashtirish, о‘rmon xо‘jaligi tarmoqlarining va umuman xо‘jalikning iqtisodini tashkil etishni, о‘rmon xо‘jaligini rejalashtirishni о‘zlashtirish, о‘rmon xо‘jaligida ishlab chiqarish tizimini tahlil etish, mehnat muhofazasini va о‘simlik, hayvonot, aholining ommaviy zararlanishidan himoya qilish vositalarini 30 о‘rganish uchun ularni bilimli va yuqori malakali mutaxassislar qilib tayyorlanishini о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan. Bitiruv ishi oldi amaliyoti о‘quv jarayonining tarkibiy qismi bо‘lib, uning maqsadi biz universitetda olgan nazariy bilimlarini ilg‘or о‘rmon xо‘jaliklarida bо‘ladigan ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdik. Olib borilgan ishlarimizdan quyidagi xulosalarni aytishimiz mumkin.  O‗rmonlar – keng ma‗noda toza suv saqlovchi, tuproq va havodagi namlikni mu‗tadillashatiribt uruvchi, yog‗och, ikkilamchi mahsulotlar, mevalar, dorivor va ozuqao ‗simliklar beruvchi manba.  O‗rmonzorlar hayvonot va o‗simlik dunyosini saqlash va ularni ko‗paytirishda muhim omil xisoblanadi.  Iqlim o‗zgarishlarni mo‗tadillashtirishda, tog‗larda jarliklarni paydo bo‗lishi xavfini oldini olishdi.  Suv tanqisligi muammosini yechishda, selni mudxish oqibatlarini bartaraf qilishda, tuproq eroziyaga qarshi kurashishda, cho‗l xududlarida qumlarni ko‗chishini to‗xtatishda, shamol eroziyasini oldini olishda, tuproqning meliorativ holatini (sho‗rlanish, cho‗llanishga va h.) yaxshilashda, Shuningdek yaylovlar maxsuldorligini oshirishda hamda qishloq xo‗jaligi yerlarida ixota o‗rmonlarini roli katta axamiyatga ega. 31  Eng muhimi, ekologik vaziyatni yaxshilash va uning salbiy oqibatlarini oldini olish, tabiatni asrab-avaylash bugungi kunda o‗rmon xo‗jaliklarining asosiy vazifasi bo‗lib hisoblanadi. 32
Download 26.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling