Reja: Kirish Avtomatik boshqarishning ishlash prinsiplari va avtomatik tizim modeli


Avtomatik rostlash sistemalariga qo’yiladigan talablar


Download 290.39 Kb.
bet6/7
Sana14.10.2023
Hajmi290.39 Kb.
#1701646
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AVTOMATLASHTRISH 2-MAVZU;

Avtomatik rostlash sistemalariga qo’yiladigan talablar.
Tashqi tasir etuvchi kuchlar ta’sirida muvozanatini yo’qotadigan, bu ta’sirlar bartaraf qilingandan so’ng o’zini boshlang’ich muvozanat holatiga qaytadigan sistemalar turg’un sistemalar deyiladi. Buning aksi esa turg’unlashmagan sistema hisoblanadi. Avtomatik rostlash sistemalarining vazifalariga ko’ra sistemalar turg’un bo’lishi talab etiladi. Bu o’z navbatida stabillash dasturli va ko’zatish sistemalariga ham tegishlidir. Ayrim hollarda sistemaning rostlanuvchi kattalikini berilgan qiymatga nisbatan chetga chiqish amplitudasi kichik bo’lgan so’nmas tebranishlar hosil qilsa, qoidadan chetga chiqishga yo’l qo’yiladi. Tashqi ta’sirlar natijasidagi avtomatik rostlash sistemasining harakteri rostlashning sifatini aniqlaydi. Rostlashning sifati va vaqti, rostlashning dinamik va statik xatosi o’tish jarayonining so’nish darajasi ko’rsatkichlariga asoslanadi. Statik xato - rostlanuvchi kattalik va uning berilgan qiymati orasidagi farqhisoblanib jarayonni tugagandan keyingi qolgan xatodir. Dinamik xato - o’tish jarayonidagi rostlanuvchi kattalikning berilgan boshlang’ich qiymatidan maksimal chetga chiqish. So’nish darajasi - tebranish jarayonlarining intensiv holatini ifodaladovchi ko’rsatkich hisoblanadi va o’tish jarayonidagi uchinchi yarim davr amplitudasining birinchi yarim davr amplitudasiga bo’lgan nisbatiga teng. O’tish jarayonini tez tugashi, dinamik va statik xatolarning kichik bo’lishi, o’tish jarayonining sifatini Yuqori bo’lishini ta’minlaydi.Tizimlarga qo’yiladigan talablar har bir konkret holatda texnologik jarayon va ishlab chiqarishning hususiyatlariga mos holda shakllanadi. Shuningdek, sistema o’tish jarayonining sifati va shakli, asosan, rostlanuvchi ob’ekt va avtomat rostlagichning xossalariga bog’liq.
Xulosa:
Fan vatexnikani so’ngi yillarda uzluksiz rivojlvnib borishi ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotlarni turi tez-tez o’zgarishi, ishlab chiqarish ob’ektlari almashinib, yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish muddatlarini qisqarishiga olib kelmoqda. Bu o’z navbatida avtomatlashtirilgan texnologik va yordamchi jihozlarni hamda ularning boshqarish tizimlarini loyixalash va hisoblash usullarini rivojlantirishni talab etadi. Yalpi va seriyali ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan 12 mashinalar tizimini yaratish va ularni korxonalarga tatbiq etish murakkab va mehnatni ko’p talab qiladigan masala hisoblanadi.
Innovasion g’oyalar va texnologiyalarni takomilashtirish hamda yaratish bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda fan-texnika, balki butun jamiyat taraqqiyotini avtomatlashtirishsiz tasavvur qilish qiyin, chunki avtomatlashtirilgan texnologiyalar qo’llanilmaydigan biror-bir sohani topish juda qiyin.
Hozirgi kunda mashinasozlik korxonalarining jadal sur’atlarda ishlashini va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni dunyo bozorida raqobatlasha olishini ta’minlash maqsadida texnologik usullarning samaradorligi, jihozlarning ishonchliligi va ularning aniqligini oshirish hamda keng ko’lamda avtomatlashtirish muhim ahamiyatga ega.

Download 290.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling