Reja: Kirish Avtomatik boshqarishning ishlash prinsiplari va avtomatik tizim modeli


Bir o’lchamli va ko’p o’lchamli avtomatik tizimlar


Download 290.39 Kb.
bet4/7
Sana14.10.2023
Hajmi290.39 Kb.
#1701646
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AVTOMATLASHTRISH 2-MAVZU;

Bir o’lchamli va ko’p o’lchamli avtomatik tizimlar
Tizimlar oddiy va murakkab turlarga bo’linadi. Murakkab boshqaruv tizimlarining normal ishlashini ta’minlash uchun tizimni tashkil etuvchi har bir elemendarningholatini nazorat kilib turish maqsadga muvofikdir. Tizim elementlarining holatlarini nazorat qiladigan va zarur xollarda ularning nosozliklari tug’risida ma’lumot signali beradigan o’lchovvositalari nazorat elementlari hisoblanadi. Bu o’z navbatida avtomatik boshqaruv tizimining sifatdi va ishonchli ishlashini ta’minlaydi. Odatda boshqaruv ob’ektida va boshqaruv tizimi elementlarida turli harakatlantiruchi kuchlar mavjud bo’ladi. Tashqi harakatlantiruvchi kuchlarni kirish o’zgaruvchilari, kirish funksiyalari yoki kirish signallari deyiladi. Ko’pincha boshqaruvvazifalari haqida ma’lumot beruvchi turli o’lchov asboblarining signallari avtomatik boshqaruv tizimida kirish o’zgaruvchisi bo’lib keladi. O’lchov asboblarining haqiqiy signallari doim xatoliklar va chetga chiqishlar haqida ma’lumot beradi. Bitta kirish va bitta chiqish yo’liga ega bo’lgantizimlar odatda bir o’lchovli tizim deyiladi. Bir necha kirish va chiqish yo’llariga ega bo’lgantizimlar esa ko’p o’lchovli tizimhisoblanadi vao’lchovli tizimlar bitta kirish va bir nechta chiqish yo’llariga ega bo’ladilar yoki teskarisi. Shunday tizimlar ham uchraydiki, ularda kirish signallari ma’lum liniyalar bo’ylab, yuzaga yoki maydonga uzluksiz taqsimlanib turadi va ularning parametrlari taqsimlangan tizim deyiladi. Bundan keyin biz tizim deganda avtomatik tizimni nazarda tutamiz. Yuqorida aytilgan muloxazalardan EHM larning zamonaviy avtomatikadagi roli yaqqol ko’rinadi. Murakkab boshqaruvtizimlarini, ayniksa ko’p sonli ob’ektlarni yoki turli murakkab jarayonlarni boshqarishga mo’ljallangan boshqaruvtizimlarini tezkor hisoblash mashinalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda avtomatikaning taraqqiyotiniboshqarish tizimini texnik vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Umuman olganda tizimlar chiziqli va chiziqli bo’lmagan turlarga bo’linadi. chiziqli tenglamalarda yoziladigan tizimlarga chiziqli tizimlar deyiladi, aks holda tizim chiziqli bo’lmagan tizim deyiladi. Tizim tarkibida atiga bittagina chiziqli bo’lmagan, ya’ni chiziqli tenglamada ifodalanmaydigan zvenoning bo’lishi tizimning chiziqli bo’lmasligiga olib keladi. Barcha chiziqli bo’lmagan avtomatik boshqaruv tizimilarni hisoblash uchun biror-bir umumiy qonuniyatga ega bo’lmagan usul mavjud emas. Faqat juda oddiy va quyi darajadagi chiziqli bo’lmaganavtomatik boshqaruv tizimilarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan ba’zi usullar mavjud. Agar tizimga kiradigan kattalik X ning qiymatlar diapozonini cheklamaydigan bo’lsak unda barcha real avtomatik boshqaruv tizimilar chiziqli bo’lmagan avtomatik boshqaruv tizimiga aylanadiva chiziqli bo’lmagan tizimlarni yechimini topishning murakkablashtiradi hamda tizimni iloji boricha soddalashtirishni talab qiladi. Bu o’z navbatida chiziqli bo’lmagan tizimlarni chiziqlashtirishga olib keladi.

Download 290.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling