5-MARUZA
AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMLAR TUZILMASI VA TASNIFLANISHI. TIZIMLAR BО‘G‘INLARINING TENGLAMALARI VA ULARNI CHIZIQLASHTIRISH. AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMLARNING ANDOZAVIY BО‘G‘INLARI VA ULARNING TAVSIFLARI. APERIODIK BО‘G‘IN
REJA:
1. Avtomatik boshqarish tizimlarining tuzilmasi
2. Avtomatik boshqarish tizimlarining tasniflanishi
3. Tizimlar bо‘g‘inlarining tenglamalari va ularni chiziqlashtirishda umumiy xolatlar
4. Bo‘g‘inlarni matematik ta’riflash
5. Bo‘g‘inning nochiziqli tenglamasini chiziqlashtirish
6. Avtomatik boshqarish tizimlarning andozaviy bо‘g‘inlari va ularning tavsiflarida umumiy xolatlar
7. Pozitsion, differensiyalovchi va integrallovchi bo‘g‘inlar
8. Aperiodik (inersion) bo‘g‘inlar
Tayanch so‘z va iboralar
ABT tuzilmasi, boshqariladigan ob’ekt, sezgir element, ijrochi element, topshiriq beruvchi element, oraliq element, taqqoslash elementi, stabillash tizimi, dasturiy boshqarish tizimi, kuzatuvchi tizim, Tizimlarning bo‘g‘inlar tenglamasi va ularni chiziqlashtirish, umumiy xolatlar, bo‘g‘inlarni matematik ta’riflash, bo‘g‘inning nochiziqli tenglamasini chiziqlashtirish, Aperiodik (inersion) bo‘g‘inlar, Tebranuvchi bo‘g‘inlar, Integrallanuvchi va differensiallanuvchi bo‘g‘inlar, uzatish funksiyalar,vaqtli va chastotaviy tavsiflar, bo‘g‘inlar sxemasini amalga oshirish
1.Avtomatik boshqarish tizimlarining
tuzilmasi
ABT ga kiruvchi barcha avtomatika elementlarining xilma-xilligi boshqarish tizimida ularning funksional vazifalari bo‘yicha bir nechta turga bo‘linishi mumkin, ular quyida keltirilgan. 1-rasmda ABT og‘ish bo‘yicha boshqarishni tuzilmaviy sxemasi keltirilgan. Sxemada OU-boshqariladigan ob’ekt, ChE-sezgir element yoki o‘lchash qurilmasi, IE-ijrochi element (qurilma), ZE-topshiriq beruvchi element, boshqariluvchi koordinatalarni kattaligini beruvchi funksiyani amalga oshiruvchi, PE-oraliq element, sezgir elementning signalini o‘zgartiruvchi yoki kuchaytirish uchun xizmat qiluvchi, ES-taqqoslash elementi, topshiriq beruvchi element orqali aniqlab, ob’ekt xolatini (o‘zgaruvchan boshqariluvchi) u va talab etilgan xolatni taqqoslashni amalga oshiradi.
Taqqoslash elementi summator xisoblanadi va sektorli aylana bilan belgilanadi. Sektor, unga «+» belgisi bilan yig‘indi qiymat keltiriladi, shtrixlanmagan;sektor, unga «-» belgisi bilan yig‘indi qiymat keltiriladi, shtrixlangan.
Qayd etilgan qurilmalardan tashqari avtomatik boshqarish tizimida, tizimning xususiyatlarini yaxshilashga mo‘ljallangan, tuzatish kirituvchi qurilmalar qo‘llanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |